Xamsat ul mutahayyirin


Download 191 Kb.
bet6/13
Sana24.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1227405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
navoiyshuns shpagalka

DEVONI FONIY”
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da yozilishicha, Navoiyning dastlabki mashqlari fors tilida bo‘lgan: “Bu xoksorga sabovat avoilidakim, og‘iz huqqasidin biror gavhar zohir bo‘la boshlar, ul gavharlar hanuz nazm silkiga kirmaydur erdikim, zamir daryosidin nazm silkiga tortilg‘on gavharlar tab' g‘avvosi sa'y bila og‘iz sohiliga kela boshlamoq ko‘rguzub erdi. Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi”. Bu mayl va ishtiyoq Navoiyning umri oxirigacha davom etdi, natijada 554 g‘azal, 1 musaddas, 1 tarkibband – marsiya, 64 qit'a, 72 ruboiy, 16 ta'rix, 266 muammo, 9 lug‘z va 10 qasidadan iborat bo‘lgan devon bizgacha yetib keldi.
“Devoni Foniy” o‘z tuzilishiga ko‘ra “Xazoyin ul-maoniy” tarkibidagi devonlardan bir necha xususiyatlari bilan farq qiladi:
“Xazoyin ul-maoniy” lirik asarlar kulliyoti tarkibidagi devonlar umrning to‘rt fasliga muvofiq nomlangan bo‘lib, she'rlarda muayyan tarzdagi xronologiya ko‘zga tashlanadi. “Devoni Foniy”dan esa, she'rlarning xronologiyasi haqida ma'lumot topish dushvor;
“Xazoyin ul-maoniy” mufassal debocha bilan boshlanib, unda shoir o‘z ijodiy laboratoriyasi, devonning tuzilishi va tarkibi haqida ma'lumot beradi. “Devoni Foniy”ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida esa debocha yo‘q;
“Badoye’ ul-bidoya”ning debochasida keltirilishicha, turkiy tildagi devonlarda an'anadagi arabcha 28 harfga qo‘shimcha ravishda fors va o‘zbek tillariga xos bo‘lgan “chim”, “je”, “gof” va “lom-alif” harflari bilan tugaydigan g‘azallar ham o‘rin olgan. “Devoni Foniy”da esa, bu holat kuzatilmaydi;
“Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlarda har bir harf turkumidagi g‘azallarning boshlanishida hamd, na't, mav'iza yo irfon mavzusidagi she'rlar joy olgan. “Devoni Foniy”da esa, bu tartibga rioya qilinmagan (faqat “alif”, “te”, “jim”, “kof” harfidagi turkum g‘azallar bundan mustasno);
“Devoni Foniy” turkiy devonlarga qaraganda janrlar xilma-xilligi kamroq. “Xazoyin ul-maoniy” tarkibiga 16 janrdagi she'rlar kirgan bo‘lsa, “Devoni Foniy”da shoir 9 ta janrda qalam tebratadi. Bulardan ta'rix janri “Xazoyin ul-maoniy” tarkibida uchramaydi.

“Devoni Foniy”dagi g‘azallar ning asosiy qismini tatabbu'lar tashkil etadi. Tatabbu' arabcha so‘z bo‘lib, biror narsaning izidan borish; tadqiq va tahlil; izdoshlik qilish kabi ma'nolarni anglatadi. Adabiy istiloh sifatida biror shoir she'ridan ta'sirlanib, undagi vazn, qofiya, radif va obrazlar tizimini saqlagan holda yaratilgan asarga nisbatan qo‘llaniladi. Sharq she'riyatida oldingi yoki zamondosh shoirlar she'riga javob aytish, muayyan she'riy “qolip”da texnik mahorat va ijodkorlik iqtidorini namoyish etish go‘zal an'analardan hisoblanadi.


“Devoni Foniy”da tavr asosida yaratilgan bir turkum g‘azallar ham bor. Tavr arabcha so‘z bo‘lib, “biror narsa atrofida aylanish”, “tarz”, “yo‘sin”, “uslub” ma'nolarini anglatadi. Tatabbu'dan farqli o‘laroq, tavrda vazn, qofiya yo radif mezon qilib olinmaydi, balki o‘zga shoir qo‘llagan uslubda yangicha talqindagi timsollar va badiiy tasvir vositalaridan foydalanish talab qilinadi. “Devoni Foniy”da faqat to‘rt shoir – Sa'diy Sheroziy (2 g‘azal), Amir Xusrav Dehlaviy (11 g‘azal), Hofiz Sheroziy (20 g‘azal) va Abdurahmon Jomiy (8 g‘azal) tavridagi g‘azallarni uchratamiz.
O‘ziga xos uslubda, mustaqil yozilgan g‘azallar Foniy devonida “Muxtara'” yoki “Ixtiro'” nomi bilan belgilangan. Shulardan “sharob” radifli ikkita g‘azalning boshqalarga o‘xshamaydigan bir jihati bor: bularda Foniy o‘zining muxtara' g‘azaliga o‘zi javobiya g‘azal yaratgan. Birinchi g‘azalning matla'i quyidagicha:
Ba subh toibam az mehnati xumori sharob,
Vale ba shomi digar doram intizori sharob.
(Mazmuni: Sharob xumorining azobidan tong payti sharobdan tavba qilaman,
Lekin kech kirgach, yana sharobga muntazirman.) “Devoni Foniy” g‘azallari aruz tizimining rang-barang vaznlarida yaratilgan. Birgina “alif” harfi bilan tugallaydigan g‘azallar turkumida hazaj (18 g‘azal), ramal (11 g‘azal), muzori' (5 g‘azal), mujtass (5 g‘azal), sari' (2 g‘azal), rajaz (2 g‘azal), munsarih (2 g‘azal) bahrlarining turli vaznlarini uchratishimiz mumkin. Forsiy she'riyat tabiatiga hazaj bahrining o‘lchovlari ko‘proq mos tushganligi sababli, Foniy g‘azallarida ham bu vazn yetakchilik qiladi. Turkiy g‘azal yozishda Navoiy imkoni boricha aruz vaznlarining turli-tumanligini ta'minlash, g‘azalchilikning vazn imkoniyatlarini yanada kengaytirishni maqsad qilgan bo‘lsa, forsiy she'riyatda bu masala ungacha hal etilgani bois imkoni boricha o‘ynoqi, latif va o‘qilishi ravon bo‘lgan vaznlardan foydalanadi.
Devonda keltirilgan marsiya-tarkibband shoirning ustozi va piri Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, she'rga “Marsiyai hazrati Maxdum” deb nom qo‘yilgan. Navoiy ustozi vafotiga bir yil to‘lganda uning qabri ustiga katta maqbara qurdirib, marosim uyushtiradi va ushbu voqea munosabati bilan marsiya yozadi. Marosimda mazkur marsiyani o‘sha davrning mashhur olimlaridan biri Husayn Voiz Koshifiy o‘qib beradi. Bu haqda Abulvose' Nizomiyning “Maqomoti Mavlaviy Jomiy” asarida ma'lumot keltiriladi. Marsiya 7 bandli bo‘lib, har bir band 10 baytni o‘zi ichiga oladi (jami 140 misra). Bu marsiya “Xamsat ul-mutahayyirin”ning xotimasiga ham kiritilgan. “Devoni Foniy”da qit'a janri ham alohida o‘rin egallaydi. Devonda jami 64 qit'a mavjud bo‘lib, shundan 44 tasi 2 baytli, 13 tasi 3 baytli, 5 tasi 4 baytli va 2 tasi 5 baytli qit'alardir. Qit'alarda shoirning ma'naviy-axloqiy qarashlari, shaxsiy kuzatishlari bilan bir qatorda she'r va shoirlik haqidagi fikrlari ham o‘z ifodasini topgan.
Devonda ta'rix janriga oid she'rlar ham mavjud bo‘lib, ularning soni 16 ta. Ta'rix bu muayyan voqea-hodisa yoki inson hayoti bilan bog‘liq biror sanani ochiq aytilmay, arab alifbosidagi harflar vositasi, ya'ni abjad usuli asosida ko‘rsatishdir. She'rshunoslik ilmida ta'rixga alohida she'riy janr sifatida ham, badiiy san'at sifatida ham qarash mavjud. Bu ikkala qarash ham muayyan asosga ega. Agar ta'rix usuli katta hajmdagi asarlar: dostonlar, manzumalar tarkibida va ko‘pincha asarlarning oxirida kelsa, bu alohida janr bo‘lmasdan, badiiy san'at ham .
ILK DEVON”
Alisher Navoiy bolalik yillaridanoq badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlagan. “Uch yosh bila to‘rt yoshning orasida” forsigo‘y adib Qosim Anvorning baytini yod o‘qib, yig‘ilganlarni hayratda qoldirgan (“Majolis-un nafois”) Alisher 15 yoshlarida “malik ul-kalom” Lutfiyning tahsiniga sazovor bo‘ladi. Adabiyot ixlosmandlari undan devon tuzishni iltimos qilganlarida, u g‘oyat kamtarlik yuzasidan devon tuzish uchun hali vaqt erta deb hisoblaydi. Shunda shoirning muxlislari 1465–66 yillarda uning she'rlarini to‘plab, devon tuzadilar va bu devon o‘z davrida “xattotlar sultoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta'liq xatida ko‘chiriladi. Navoiyning o‘zi “Badoye’ ul-bidoya”ga yozgan debochasida “…ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug‘roq, o‘ksukrakkim o‘zlari jam' qilib erdilar, bag‘oyat mashhur bo‘lub erdi”, – deb yozadi. Devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlangan bo‘lib; 391 g‘azal, 41 ruboiy, 1 mustazod, 1 muxammas – jami 434 she'rdan tashkil topgan.
Devonga shoirning 1466-yildan avval yozilgan asarlari kirgani uchun undagi she'rlarning yozilish sanasi nisbatan aniq deb hisoblash mumkin, shu sababli bu devon shoirning o‘spirinlik va yigitlik davridagi ijodi va tarjimai holi haqida muayyan tasavvur beruvchi manba sifatida yuksak qiymatga ega. Devondagi she'rlarning asosiy qismini g‘azallar tashkil etadi. G‘azallar 28 arab harflari bilan tugallanuvchi qofiya hamda radiflar asosida tuzilgan. “Ilk devon” musulmon Sharqida mavjud an'anaga muvofiq hamd g‘azal bilan ibtido topadi.
Iloho, podshoho, kirdigoro,
Sanga ochug‘ nihonu oshkoro, –
matla'si bilan boshlanuvchi ushbu g‘azal shoirning dastlabki rasmiy devonlaridan o‘rin olmagan bo‘lsa-da, “Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoni “G‘aroyib us-sig‘ar”ga kiritilgan. Devondagi g‘azallarni kuzatar ekanmiz, bugungi kunda xalq orasida mashhur bo‘lgan quyidagi g‘azallar ham aynan shoir ijodining ilk davrida yaratilganligiga guvoh bo‘lamiz:Devonga uchinchi janr sifatida kiritilgan bitta muxammas yaratilish xuusiyatiga ko‘ra taxmis shaklida bo‘lib, Mavlono Lutfiy g‘azaliga bog‘langan. Muxammas “Sharbati yuhyil izom erni mayi nobindadur” degan misra bilan boshlanadi. Bu taxmis ham dastlab “Badoye’ ul-bidoya”ga, keyinroq kulliyotning uchinchi devoni “Badoye' ul-vasat”ga kiritilgan.
“Ilk devon” ruboiy janridagi she'rlar bilan intiho topadi. Devondan jami 41 ta ruboiy o‘rin olgan bo‘lib, ular ham g‘azal singari arab alifbosi tartibida joylashtirilgan. Tartiblangan ruboiylar mazmunida ham Sharq devonchiligi an'anasiga amal qilish ko‘zga tashlanadi: dastlab hamd va munojot mazmunidagi ruboiylar, keyin esa na't mazmunidagi ruboiylar keladi. Ushbu ruboiylar Alisher Navoiy tomonidan dastlab “Badoye' ul-bidoya”ga, keyinchalik “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni tarkibiga kiritilgan. Devondagi dastlabki ruboiy “Subhonallohi xoliqi zul-majdu alo” misrasi bilan boshlanib, unda Yaratganning in'ikosi mehr (quyosh) timsoli vositasida tashbih qilinib, uning nisbati quyosh va zarra munosabatlari orqali ochib berilgan. “Ilk devon”dan o‘rin olgan oxirgi ruboiyning
Kim hashrda mast o‘lay xarob ey soqiy,
To anglamay etsalar azob ey soqiy
deb tugallanuvchi so‘nggi ikki misrasi devonga ham yakun yasaydi.
“Ilk devon”dagi barcha she'rlarning keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilganligi ularning Alisher Navoiy uchun ham qadrli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Devondagi she'rlar kulliyot tarkibidagi devonlarga quyidagicha taqsimlangan:
“G‘aroyib us-sig‘ar”ga – 156, “Navodir ush- shabob”ga – 0, “Badoye' ul-vasat”ga – 132, “Favoyid ul-kibar”ga – 146 ta she'r.
“Ilk devon”ning fanga hozirgacha ikki qo‘lyozma nusxasi ma'lum: Sultonali Mashhadiy tomonidan 870/1465-66 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma Sankt-Peterburg shahrida, Rossiya Milliy kutubxonasida Dorn 564 inventar raqami ostida saqlanadi.
Qozon shahrida saqlanuvchi qo‘lyozma 976/1567-68 yilda Mahmud kotib tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, Qozon davlat universitetining ilmiy kutubxonasida 1742-inventar raqami ostida saqlanadi.
Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov jahon qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o‘rganish asnosida Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qo‘lyozmasini aniqlab, 2012-yilda fanga ma'lum qildi. Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‘arbiy Eron hududida 1378–1508-yillarda hukmronlik qilgan o‘g‘uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan tuzilgan bo‘lib, hozircha fanda shartli ravishda “Oqquyunli muxlislar devoni” nomi bilan yuritilmoqda.
Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she'rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri bo‘lgan Sheroz shahrida ko‘chirilgan. Devonda jami 229 ta she'r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarji'band. Bu majmuadagi 224 g‘azaldan 217 tasi “Badoye’ ul-bidoya”ga va faqat bittasigina “Navodir un-nihoya”ga o‘tgan. Devondagi 85% g‘azal “Ilk devon”da uchramaydi. Bu holat mazkur g‘azallarning katta qismi 1466-yildan keyingi 5 yil orasida (1471 yilgacha) yaratilganligini ko‘rsatadi.
“Oqquyunli muxlislar devoni” qo‘lyozmasi
Ey, safhayi ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro, –
matla'li g‘azal bilan boshlanadi. Devondagi g‘azallarning aksariyat qismi besh yoki yetti baytdan tarkib topgan. Unda “Ilk devon”dan o‘tgan kattaroq hajmdagi g‘azallar ham besh yoki yetti baytdan iborat tarzda, ya'ni qisqartirib berilgan.
ADABIY JARAYON--Ozbek mumtoz she'riyati tarixida lirik janrlar rivojining yangi bosqichga kotarilishi bevosita Alisher Navoiy lirikasi bilan bogliq. Navoiy she'riyat maydoniga kirib kelgan davrda ozbek adabiyotida lirik turning qasida, gazal, masnaviy, tuyuq, fard kabi janrlari she'riy shakl sifatida oz takomiliga yetgan, qit'a, ruboiy, musamman, tarkibband, tarji'band kabi janrlar esa shakllanish bosqichida edi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling