Xamsat ul mutahayyirin


Download 191 Kb.
bet1/13
Sana24.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1227405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
navoiyshuns shpagalka



Xamsat ul mutahayyirin
Shunday asarlardan biri Navoiyning piri, ustozi Abdurahmon Jomiy xotirasiga bagishlangan Xamsat ul-mutahayyirin (Besh hayrat) asari hisoblanadi. Muallif kirish qismida asar mundarijasini keltiradi. Unga kora, mazkur asar muqaddima, uch maqolat va xotimadan iborat.
Asar muqaddimasida Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning nasl-nasabi, bolaligi, umr yoli haqida toxtaladi. Shuningdek, Jomiyning xizmatiga qachon kelganligi haqida ham xabar beradi. Shoir muqaddimada Abdurahmon Jomiyning bolaligi haqida hikoya qilish asnosida qiziq voqeani keltiradi. Bir kuni zamonasining piri murshidlaridan hisoblanmish Faxriddin Luristoniy Jom viloyatiga Abdurahmon Jomiyning uylariga keladi. Osha paytlarda tort-besh yoshlar atrofida bolgan Abdurahmon juda sezgirlik bilan ulug murshidning harakatlarini kuzatadi va shayx barmoqlari bilan Umar va Ali sozlarini havoga yozsa, ilgab olib, oqib beradi. Buni korib, Faxriddin Luristoniy boladagi ziyraklikdan hayratga tushadi. Hazrat Navoiy Jomiyning umr yoli bilan bogliq ma'lumotlarni keltirib, ustozining Shohrux Mirzo zamonidan Abusaid zamonigacha Hirot shahrida yashaganligini aytadi. Song avliyo Sa'diddin Koshgariy mozori qoshida maskan tutadi. Shundan song umrining oxirgacha shu yerda yashaydi.
Asarning ikkinchi qismi Avvalgi maqolot deb atalib, hazrat Navoiy ozi va ustozi ortasida bolib otgan qiziq va ibratli voqealar, ma'naviy suhbatlar xususida ma'lumot beradi. Mazkur qismda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ishtirokidagi on tort voqea keltirilgan. Ularning barchasi turli vaqt va holatlarda roy bergan bolsa-da, ustoz va shogirdning, balki ikki dostning mehru muhabbati, sadoqati, hamfikrliligi haqidagi xulosalarni beradi. Masalan, Navoiy keltirgan voqealardan birida kotib Abdullohning Alisher Navoiyga shayx Xoja Abdulloh Ansoriyning Ilohiynoma kitobini kochirib keltirganligi qalamga olinadi. Kotib kitobni tashlab ketgach, Alisher Navoiy bir varaqlab korish bahonasida ikki qismdan iborat yirik asarni bir otirishda oqib tugatib qoyadi. Ertasi kuni kotib Abdulloh Shoirdan kitobni qaytarishini yoki haqini tolashini soraydi. Shunda atrofdagilar unga Alisher Navoiy kitobni qoliga olib, bir zarb bilan oqib tugatganligini aytadilar. Hayratga tushgan kotib: Kecha kitobni hazrati Maxdumi Nuran Abdurahmon Jomiyga ham eltib edim, ul zot ham xuddi shu tarzda uni xatm qilib edilar, - deydi.
Shuningdek, yana bir qiziq voqea keltiriladi: Bir majlisda Udiy ismli hofiz Xoja Hasan Dehlaviyning gazalini kuylaydi. Shunda gazalning

Misoli qatri boron sirishki man ham dur shud,


Chunin asar dihad, alhaq, tului chun tu suhayle
Mening yomgir tomchisi kabi kozyoshlarim injuga aylandi, haqiqatan, sening suhayl yulduziday chiqishing shunday ta'sirlantiradi baytiga kelganda majlis ahli misradagi dur sozidan kora kozyoshni qonga oxshatilganligi badiiy ta'sirchanlikni oshiradi, deyishadi. Hamma shunday fikr aytib, Navoiydan ham fikr soraydilar. Shoir gazaldagi ifodaning ozi chiroyli, lekin buni isbotlab berolmayman, kelinglar, bir kishini hakam qilamiz, u togri fikrni aytsin, garov oynaymiz, deydi. Hamma rozi boladi va gazal bayti Abdurahmon Jomiyga yuboriladi. Baytdagi dur yoki xun (qon) sozlarining qaysi biri ma'qul ekanligini sorashadi. Shunda Jomiy:
Suxan durr astu taalluq bu goshi shah dorad
Soz dur, shohning qulogiga tegishli mazmunidaga bir misrani bitib yuboradi. Davra ahli javobning nozik va qisqaligidan, Navoiy va Jomiyning shu qadar hamfikr ekanligidan hayratga tushadilar. Bu voqea butun Hirotga tarqalib ketadi, majlislarda uzoq vaqt aytib yuriladi.
Yana bir voqeada bir qurilishga sarv daraxtlari kesilib olib ketilayotgani bilan bogliq holat tilga olingan. Aravada qurilishga sarv daraxtlarini olib ketilayotganini korgan Jomiy aravakashdan sarv daraxt qoldimi, nechta yogoch olib ketyapman, deb mutoyiba bilan savol bersa, bir yuz tortta deydi. Navoiy adad, axir, sarv yorning qaddiga qiyosdir, qad sozining adadi ham bir yuz tortdir deydi. Jomiy Navoiyning zakovatiga qoyil qoladi.
Asarning ikkinchi maqolati Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bir-biriga yozgan xatlari xususida. Bu maktublar Jomiy ham, Navoiyning ham ba'zi asarlari tarkibiga kiritilgan. Aynan shu qismda Alisher Navoiy ozining Tuhfatu-l-afkor qasidasining yozilishi tarixiga ham toxtalib otadi. Maqolatda yozilishicha, bir kuni Alisher Navoiy va Jomiy suhbatlashib otirganlarida Xusrav Dehlaviyning Daryoyi abror qasidasidan soz ketadi. Soz asnosida Navoiy Xusrav Dehlaviyning Agar aflok havodisi va rozigor navoyibidin mening borcha nazmim zamona sahifasidan mahv bolsa va bu qasidam qolsa, meng basdir, nevchunkim, har kishi ani oqisa bilurkim, nazm mulkida mening tasarruf va iqtidorim ne martabada erkandur mazmunidagi faxriyasini eslab otadi. Biroz vaqt otib Jomiy Marvga ravona boladi. Hazrat Navoiy Jomiy huzuriga borganida Jomiy Daryoyi abrorga tatabbu tarzida yozilgan Lujjatu-l-asror qasidasini Navoiy e'tiboriga havol qiladi. Navoiy qasidani oqib, goyat ta'sirlanganligidan yolda bu qasidaga tatabbu tarzida matla'ni bitib, agar Jomiyga ma'qul kelsa, uni davom ettirishi mumkinligini aytadi. Jomiyga bu matla' ma'qul kelib, uni yakunlashga Navoiyni ilhomlantiradi.
Uchinchi maqolatda Jomiy yaratgan asarlar ta'rifiga bagishlangan bolib, mazkur faslni jomiyshunoslikning poydevori deb aytish mumkin. Unda Navoiy Jomiyning 38 asarining nomini keltirgan.
Xotimada Navoiy ustozi Jomiy huzurida oqigan asarlari royxatini keltiradi. Bu asarlarning ba'zilari Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub bolsa (Risolai qofiya, Risolai muammoning ikkinchi daftari, Risolai aruz, Lavoeh (Yaltiroqliklar), Lavome' (Ravshanliklar), Sharhi ruboiyyot, Nafahot ul-uns (Dostlik tarovati), Ashi'at ul-lamaot (Porloq shu'lalar), Shavohid un-nubuvvat (Paygambarlik shohidlari), Haft avrang), qolganlari Xoja Muhammad Porsoning Qudsiya, Faxriddin Iroqiyning Lamaot, Xoja Ubaydulloh Ahrorning faqr va fano togrisidagi risolalari, Abdulloh Ansoriyning Ilohiynoma asari va boshqalar edi. Shuningdek, xotimada Jomiyning xastaligi, vafoti, dafn qilinish tafsilotlari ham keltirib otiladi. Abdurahmon Jomiy vafotidan bir yil keyin Navoiy ustozi qabri ustiga katta maqbara qurdiradi, Sulton Husayn Boyqaro ishtirokida katta marosim otkazib, bu marosimda ozining vafotiga bagishlab yozgan ta'rix va marsiyasini oz Holoti sayyid Hasan Ardasher
davrining mashhur notigi Mavlono Husayn Voiz Koshifiyga oqittiradi. Mazkur marsiya keyinchalik Devoni Foniy tarkibidan orin olgan.
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher” manoqibi Sayyid Hasan Ardasher vafotidan ikki yil keyin 1490-91 yillarda yaratilgan. Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasher bilan birinchi marta hijriy 860 yil milodiy 1455-56 yillarda Sulton Ibrohim Mirzo taxtga otirgan yili uchrashib, tanishgan. Buyuk Shoirning bu zotga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraganligini yigitlik davrida unga bagishlab she'riy maktub masnaviy bitganligi, uning nomini Majolis un-nafois, Nasoyim ul-muhabbat asarlariga kiritganligi, Xazoyin ul-maoniydagi tarkibband-marsiyani buyuk zot vafotiga bagishlaganligi, Soqiynomada uning nomini alohida eslab otganligi ham korsatadi.
Asar Navoiyning nasimi quds (poklik shabadasi)ga bu dunyoni tark etgan dostlar qabristoniga borib, yer opib, undan salom yetkazishini sorab qilgan iltijosi bilan boshlanadi. Ushbu murojaat tarona ruboiy shaklida ifodalangan. Navoiy dastlab Sayyid Hasan Ardasherning otasi haqida ma'lumot berib, uning Shohrux ogli Boysungur mirzo saroyida qushchilik kasbi bilan shugullanganligini, keyinchalik mehnat va mahorati tufayli qushbegi lavozimigacha kotarilganligini aytadi. Sayyid Hasan Ardasherning ozi ham otasi singari Boysungur Mirzo xizmatida bolib, kichik yoshdan oz tab'i va bilimi bilan atrofdagilar e'tiborini qozonadi. Navoiy uning sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), lugat, arab tili, mantiq, kalom (e'tiqod ilmi), fiqh (islom huquqshunosligi), hadis, tafsir (Qur'on oyatlari sharhi), muammo va ta'rix ilmi, nujum ilmi (astronomiya), advor (musiqa nazariyasi) sohalarida mukammal bilimga ega bolsa-da, goyat kamtarlik va odob yuzasidan majlislarda sukut saqlab otirishini chuqur hurmat bilan qayd etadi. Boysungur Mirzo uning fe'l-sajiyasini nihoyatda qadrlagan va hatto oz ogillariga ibrat qilib korsatgan: Na bolgay sening af'ol va xisoling ham faloniyga oxshasa erdi. Sayyid Hasan saroyda harbiy amaldor lavozimida bolgan, ammo bu lavozimga ragbat korsatmagan. Boysunqur mirzoning ogillari: Alouddavla Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo va Abulqosim Bobur Mirzo ham oz hukmronliklari davrida Sayyid Hasanni xizmatlariga taklif etadilar, ammo u rozi bolmaydi. Takliflar haddan oshgach, Sayyid Hasan ozini lavandlik va oshiqpeshalikka urib, rindi mayxorlar majlisiga qatnaydigan bolib qoladi. Uning tabiati va pok qalbi mirzozodalarga shu qadar xush kelganki, ular ortiqcha takalluf va mulozamatlarsiz Sayyid Hasan Ardasher bilan musohib bolishni ozlariga sharaf bilganlar.
Navoiyning ma'lumot berishicha, u Sayyid Hasan Ardasher bilan Sulton Ibrohim hukmronligi davrida, 145556-yillarda tanishadi. Sayyid Hasan Ardasherning gozal xulqi va fe'l-atvori shoirni shu qadar oziga maftun etadiki, dostini bir kun kormasa, sabru toqati qolmaydigan boladi.
Sayyid Hasan Ardasher turkigoy shoirlardan Lutfiy va Muqimiy she'rlarini, forsigoy ijodkorlardan Xoja Hofiz Sheroziy Devonini, Sa'diy Sheroziyning Boston, Farididdin Attorning Mantiq ut-tayr asarlarini sevib mutolaa qilgan, hatto ulardagi aksar baytlarni yod bilgan. Shuningdek, Muhammad Gazzoliyning Kimyoi saodat asari va Aziziddin Nasafiy risolalari ham Sayyid Hasan Ardasherning sevimli asarlaridan bolgan. Holoti Sayyid Hasan Ardasherda keltirilishicha, Sayyid Hasan Navoiyni faqr tariqi darveshlik sulukiga da'vat qilgan, she'r yozishga ilhomlantirib turgan. Shoirning aksar she'rlarini yod olib, majlislarda oqib yurgan. Ayniqsa, Navoiyning quyidagi baytlarini takrorlab yurishni xush korgan:
Furqatingdin za'faron uzra tokarmen lolalar,
Lolalar ermaski, bagrimdin erur pargolalar...
Labing korgach iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurmen...
Navoiy bu zotni rindlar shohi deb atar ekan, uning saxovat, shafqat, lutfu tavoze, odob, hilm (yumshoq tabiatlilik), tahammul (sabrlilik), dunyoga befarqlik kabi boshqa hamma rindlarga ham nasib etavermaydigan koplab nodir fazilatlar egasi bolganligini ta'kidlaydi va buni bir necha voqealar misolida isbotlab beradi. Masalan, bir kuni bir majlisda qatnashuvchilardan biri:
La'l sang astu degi sangin sang,
Lek andar miyon tafovuthost, degan baytni oqiydi (Mazmuni: tosh qozon ham tosh, la'l ham tosh, lekin ular ortasida tafovut bor). Shunda Sayyid Hasan ushbu baytni shunday sharhlaydi: Tosh qozon bilan la'l ikkalasi ham tosh, ammo orada tafovut bor, ya'ni tosh qozon odamlarga naf' keltiradi, la'ldan esa xalqqa faqat zarar keladi. Navoiyning yozishicha, bu suhbat kechayotgan paytda, Sulton Abu Said Mirzo har kishida javohir bolsa olib, bolmasa tafahhusida (qorqitishda) mubolagalar qilib, anvoiy izo va zarar yetkazib erdi. Va bu baytni oqugon majlisda ham tosh qozonda osh pishur erdi.
Hukmdorlardan Sulton Husayn Boyqaro ham Sayyid Hasan Ardasherni juda chuqur hurmat qilib, uning saroyda biror mansabni egallashini xohlagan va podshohona ehtirom hamda darveshona muomala bilan uning konglini olishga erishgan. Sayyid Hasan nihoyat podsho amriga konib, mustashorlik, ya'ni saroy maslahatchisi lavozimini qabul qiladi. U ushbu lavozimda qoyim bolgan paytida xalqham, podshohham uning tadbiri va ishlaridan rozi bolganlar: ...andoq suluk voqye' boldikim, podshoh shokir va soyir xaloyiq va raoyo alarning zikri xayriga zokir boldilar va podsho xilvatida anisu mahram va anjumanda rafigu hamdam edilar. Podshoh Sayyid Hasan Ardasherni bosh vazir lavozimiga tayin qilmoqchi bolganda, amaldorlikni xush kormagan Sayyid

Hasan rozilik bermaydi va shohning ra'yini qaytarmaslik uchungina lashkarda oddiy navkar bolib ikki yil xizmat qiladi. Sulton tez orada Sayyid Hasan Ardasherga zulm qilayotganligini anglaydi va xizmatdan ozod qiladi. Shu kuni podshohham, Sayyid Hasan Ardasher ham yiglab xayrlashadilar. Husayn Boyqaro oz farzandlariga Sayyid Hasan Ardasherni hamisha ornak qilib korsatgan.


Sayyid Hasan Ardasher saroy xizmatidan ketgach, Hirotning mashhur shayxi Mavlono Muhammad Tabodgoniy huzuriga boradi va unga murid tushib, ozini toat-ibodatga, tariqat sulukini ado etishga bagishlaydi. Pirining rahbarligida bir necha marta chilla otirib, ruhiy-ma'naviy kamolot kasb etadi. Navoiy Sayyid Hasan Ardasherning holidan xabar olish uchun xonaqohga borib turgan. Shoirning yozishicha, bir borganida, Sayyid Hasan avvalgi arbainda, ya'ni birinchi chilla otirishida bolgan. Shayx Tabodgoniydan ustozining ahvolini soraganida Tabodgoniy: xalal bermang, bu kun bir maqomdadurlarki, solik avvalgi arbainda ul maqomga yetsa, darde aning olliga kelurkim, agar buqoi mufrit (kuchli yigi) yuzlansa, ishining guftoriga dalolat qilur, alarga bu hol yuzlanibdur va bagoyat umidvorliglaredur, deb javob beradi. Navoiy ustozini xilvatdan turib kuzatadi: Sayyid Hasan Ardasherning kozlaridan duv-duv yosh oqar edi. Navoiy qattiq ta'sirlanadi va kozda yosh bilan ortga qaytadi.
Holoti Sayyid Hasan Ardasherda Sayyid Hasan Ardasherning pok e'tiqodi, Haqqa muhabbati, Allohning taqdiriga hamisha rozi ekanligi ta'kidlanar ekan, yana bir misol keltiriladi. Unga kora, Sayyid Hasan Ardasherning Sayyid Muhammad ismli on tort yoshli yakkayu yagona ogli vafot etganida hamma gamu qayguga tushganida bu zot Allohning irodasi, deya sabr bilan musibatni yengadi, hatto boshqalar, xususan, uni farzandidek ulgaytirgan Navoiyga taskin ham beradi.
Sayyid Hasan Ardasher hajga borishni niyat qilar edi, lekin kop mone'liklar bolib bu niyatiga erisholmaydi. Shunda Samarqandga borib, Xoja Ubaydulloh Ahror suhbatidan bahramand boladi. U yerda bir necha kun bolib, yana Hirotga qaytib keladi va hijriy 894, milodiy 1488/89 y.da yetmish uch yoshida vafot etadi. Navoiy bu paytda davlat yumushlari bilan Hirotdan tashqarida edi. Xabarni eshitib chuqur qayguga botadi. Qaytib kelgach, Hirot shimolidagi tog etagida dosti va ustozi hisoblanmish bu zotning qabri ustiga sagana qurdiradi. Keyinchalik Sayyid Hasan Ardasherga dost va birodar bolgan boshqa insonlarining xoklari ham bu yerga keltirilib, shu yerga dafn etiladi. El orasida bu joy Azizlar hazirasi Aziz zotlar xilxonasi deb nom oladi.
Navoiy asar yakunida Sayyid Hasan Ardasherning vafoti sanasiga bagishlangan ta'rix ilova qiladi, unga kora bu sana (894) Jannati pokash makon bod (Makoni pok jannatda bolsin) jumlasida namoyon boladi:
Sari xayli fano Sayyid Hasan raft,
Ki joi o bihishti jovidon bod.
Pai on pokrav justand ta'rix,
Biguftam: Jannati pokash makon bod.
(Mazmuni: Fano olamining yetakchisi Sayyid Hasan ketdi. Uning joyi mangu jannat bolsin! U pokiza zot vafotiga ta'rix qidirdilar. Men pok jannat makoni bolgay! deb ta'rix tushirdim).
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasherni komil inson sifatida tasvirlaydi. Asarni oqish jarayonida Sayyid Hasan Ardasherning ma'naviy-ruhiy dunyosi bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ulug Shoir bu zotni bejiz komil inson sifatida tanlamaganligiga guvoh bolamiz.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling