Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining afzalliklari


Download 1.08 Mb.
bet59/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

5.1-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining afzalliklari
- xalqaro savdoga qo‘yilgan to‘siqlarning kamayishi uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Dunyodagi hech bir mamlakat rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning strategik vazifalarini hal eta olmaydi, o‘z resurslari bilan davlat budjeti taqchilligi va tashqi qarzdorlik majburiyatlarini qoplay olmaydi. Investitsiya – har qanday mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi va rivojlanishini moliyalashtirish muammolarini hal qilish imkonini beruvchi, kapital, nou-xau va texnologiyalarning kirib kelishiga ko‘mak beruvchi, mamlakatlar iqtisodiyotiga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy vositadir. Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar investitsiya mexanizmidan foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishga erishgan. Iqtisodiy rivojlanish dastlab milliy investitsiyalarni jalb etsa, keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mamlakatdan oqib chiqish jarayoni boshlanadi;
- globallashuvning ijobiy natijasi ta’sirida transport va kommunikatsiya xarajatlari qisqaradi va bu, o‘z navbatida, ko‘lam samarasi orqali tejamkorlikka olib keladi, xarajatlar kamayadi va barqaror iqtisodiy o‘sish yuz beradi. Ilg‘or texnologiyalarning tarqalishi, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksiz yangilanishi va modernizatsiyasi natijasida globallashuv yuqori mehnat unumdorligi, yuqori ish haqi va yuksak turmush darajasiga olib keladi.


5.2. Globallashuv oqibatlari
Iqtisodiy globallashuv, avvalo, tovarlar, kapital va mehnat resurslarining global integratsiyasidir. Bu ikki jarayon kapital, mehnat, tovar va xizmat bozorlari va iqtisodiy shakllar, ya’ni iqtisodiyot tashkiliy tuzilmalarining globallashuvi bilan ifodalanadi.

Davlatlarning o‘sib borayotgan o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligi sharoitida ko‘p funksiyali xalqaro institutlar – Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki (JB) va Jahon savdo tashkiloti (JST) paydo bo‘ldi. XVFning roli a’zo mamlakatlardagi makroiqtisodiy vaziyatga budjet va tashqi savdo tanqisligini kamaytirish, inflyatsiyani kamaytirish, pul-kredit siyosatini yaxshilash va tashqi qarz olishni boshqarishga yordam berish orqali ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Jahon bankining asosiy vazifalari a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibiy masalalari - davlat xarajatlarini optimallashtirish, moliya institutlarining faoliyati, mehnat bozori va savdo siyosatiga oid vaziyatga e’tibor qaratishdan iborat. Jahon savdo tashkiloti esa xalqaro savdo aloqalarini boshqarish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.


Jahonda tovar va xizmatlar uchun yagona bozor yuzaga kelib, uning asosiy muassasasi Jahon savdo tashkiloti hisoblanadi. Savdoning rivojlanishi ishlab chiqarishning o‘sishini belgilovchi asosiy omilga aylandi. Agar 70-yillarda xalqaro savdo hajmi jahon yalpi mahsulotining atigi 30 % ni tashkil etgan bo‘lsa, XXI asr boshida u ikki barobarga oshib, 60% ga yetdi.
Iqtisodiy globallashuvning navbatdagi xususiyati – xorijiy investitsiyalarning tobora o‘sib borayotganligidir. Endilikda, avvalgi davrlardan farqli o‘laroq, hukumatlarning iqtisodiy taraqqiyot va ish o‘rinlarini yaratishdagi faolligi boshqa davlatlardan kirib keluvchi sarmoyalarni o‘z hududiga qanchalik jalb qila olishi bilan belgilanadi. O‘tgan yigirma yil mobaynida xorijiy investitsiyalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimi yuz baravar ko‘paydi. Osiyo mamlakatlari har yili xorijdan 230 milliard dollardan ortiq, Lotin Amerikasi mamlakatlari esa 70 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etmoqda. Investitsiya iqtisodiy rivojlanish, mamlakat raqobatbardoshligi va innovatsion taraqqiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.
Ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi migratsiya oqimlarining o‘sishiga yordam beradi. Ommaviy migratsiya, ya’ni bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tuvchi va kamida bir yil davomida o‘z vatanidan tashqarida yashayotgan odamlarning harakati globallashuv jarayonining eng ko‘zga ko‘ringan ko‘rinishlaridan biri bo‘lish bilan birga bu jarayonni tezlashtiruvchi omil hisoblanadi.
Odatda, moliyaviy resurslar, tovar va xizmatlar bozorining baynalmilallashuvi davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi yoki sivilizatsiyalararo ziddiyatlarga olib kelmaydi. Mehnat resurslarining harakatchanligi esa, aksincha, migratsiyani import qiluvchi mamlakatlarda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi va keskin noroziliklarning ortishiga olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda sanoati rivojlangan va boy mamlakatlarda mahalliy aholi orasida immigratsiyaga qarshi kurash kuchayib borayotgani tasodifiy emas.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi nafaqat rivojlangan mamlakatlarga nisbatan olti barobar tez o‘sib bormoqda, balki turli yosh tuzilishiga ham ega. Bu mamlakatlarda, odatda, aholining yarmidan ko‘pi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etsa, rivojlangan mamlakatlarida buning aksi kuzatiladi. Masalan, 2050 yilga kelib Yaponiyada 65 va undan oshgan aholining ulushi 17% dan 36% gacha oshishi kutilmoqda58.
Shu bilan bir qatorda bugungi kunda rivojlangan davlatlar malakali mutaxassislar uchun kurashmoqda. O‘tgan yetti yil ichida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikaliklarning uchdan bir qismi chet elliklardir.
Jahon savdosi va ishlab chiqarishining sezilarli darajada o‘sishi, ularning baynalmilallashib borishi, tabiiyki, xalqaro moliya tizimida ham tub o‘zgarishlarga, uning sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga olib keldi. Har kuni valyuta bozori orqali 1,2 trillion AQSh dollari almashtiriladi. Xalqaro banklararo tizim va hisob-kitob tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi kunlik 6 trillion dollardan ortiqroqni tashkil etadi59.
Globallashgan jahon bozorida milliy iqtisodiyotlarning chegaralari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi hamda ularning o‘zaro munosabatlari va o‘zaro bog‘liqligi juda kuchli bo‘ladi. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‘tishi – “Domino effekti” tahdidi deyarli muqarrar bo‘lib qoladi.
Davlatlar va mintaqalarning o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi davlatlararo, birinchi navbatda, mintaqaviy iqtisodiy tuzilmalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Mintaqaviy integratsiya jarayonlarining chuqurlashuviga yordam beruvchi omillardan biri transmilliy korporatsiyalarning o‘z faoliyatini mintaqaviy darajada real integratsiyaga intilishidir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling