Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-jadval 2006 yilda xalqaro kredit resurslar hajmi
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar Dunyo AQSh Yevropa
- 3,4,5 qatorlarning yig‘indisi 152327 47127
7.1-jadval
2006 yilda xalqaro kredit resurslar hajmi110 (mlrd. doll.)
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, 2006 yilda turli kredit resurslarining hajmi ulkan miqdorga – 152 trln. dollarga yetdi. Bu kapitalning hammasi ham xalqaro transaksiyalarda ishtirok etmaydi. Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning 20 %i xalqaro majburiyatlarni ifodalaydi. Bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga kapitallarning katta oqimi ularning iqtisodiy rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligini paydo qiladi. To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalarning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi. Bunda asosiy o‘zgarish sifatida TMKlar va ularning turli mamlakatlardagi qo‘shma korxonalari sonining o‘sib borishini ko‘rish mumkin. TMKlar tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovarlar, xizmatlar, kapital va texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga ta’sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur. Jahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki (JB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabi xalqaro institutlar hamda yetakchi mamlakatlar rahbarlari va moliya vazirlarining har yili bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarining xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Texnologiyalar bo‘yicha, atrof-muhitni asrash, moliya institutlarining faoliyati, buxgalteriya hisobotlari, milliy statistika (milliy hisoblar tizimi) va boshqalarga yagona andozalarni qo‘llash kengaymoqda. Ushbu andozalar ta’lim va madaniy sohalarga ham yoyilmoqda. Xalqaro tashkilotlar orqali makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlari tatbiq etilmoqda. Valyuta-kredit, soliq, tashqi iqtisodiy siyosat, bandlik sohasi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarning bir xillashuvi yuz bermoqda, xalqaro raqobat qoidalari ishlab chiqilmoqda. Bu jarayonlar qanchalik jadal sur’atlarda amalga oshirilmasin, zamonaviy jahon iqtisodiyoti o‘ta global holatda faoliyat yuritayotgani yo‘q, balki u globallashuv jarayonlarining dastlabki bosqichlarini boщdan kechirmoqda. O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga solingan hozirgi holati bilan globallashuvning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan liberallashuv o‘zaro nomutanosib ko‘rinish hosil qilmoqda. Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapital almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum usullarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash – takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va x.k) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, savdo sheriklardan munosib imtiyozlarni olish, shuningdek, budjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Hozirgi sharoitda erkin savdo g‘oyasi (liberallashuv) bilan proteksionizm o‘rtasida nafaqat qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga qo‘shilish samarasini maksimal ta’minlash maqsadida xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki usulining optimal birikmasidan foydalanilmoqda. Bunday birikmaning shakl va nisbatlari ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globallashuv bilan birga integratsiya jarayonlarining yana bir shakli, ya’ni ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya (hududiylashuv) yuz bermoqda. O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida eski davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikki tomonlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘p tomonlama tus olmoqda. Ammo “milliy xo‘jalik majmui”, “mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari” tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashinuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling