Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy qarama-qarshiliklari


Download 1.08 Mb.
bet54/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

4.4-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy qarama-qarshiliklari
Globallashuv jarayonidan ancha uzoq bo‘lgan yer sayyorasining deyarli yarim aholisi, ya’ni 3 milliard kishi, kuniga 2 AQSh dollaridan kam pulga yashashga majbur. BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan ta’kidlaganidek: “Globallashuv butun insoniyatga foyda keltirishi mumkinligiga men ishonaman. Ammo ko‘rinib turibdiki, ayni kunlarda millionlab odamlar, dunyo jamiyatining katta qismi bundan yuz o‘girmoqda. Ular hayotlarida globallashuv mevalarining ko‘pligi tufayli emas, aksincha ozligi, xatto butunlay yo‘qligi tufayli kambag‘aldirlar”.
Hozirda tabiiy ravishda faqat bir mamlakat miqyosida hal qilib bo‘lmaydigan va samarali hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar vujudga keldi. Mintaqaviy darajadagi texnogen va ekologik salbiy oqibatlarga Chernobil va Orol fojiasini ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda texnika va texnologiyaning rivojlanishi va shu jarayonga moslashmaganligi tufayli ishchilarning bo‘shatilishi va ishsizlikning o‘sishi keskin tus olmoqda. Kambag‘allik, etnik to‘qnashuvlar va boshqa lokal fojialar tufayli aholining ommaviy ravishdagi migratsiyasi ro‘y bermoqda (Afg‘oniston, Osiyo va Afrikaning alohida mamlakatlari).
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi natijasida jahon xo‘jaligi sohalarining bog‘liqligi darajasi o‘zining yangi pog‘onaga ko‘tarilganligidan dalolat bermoqda. O‘zaro bog‘liqlik darajasining oshishi har tomonlama rivojlanishga sabab bo‘lish bilan birgalikda bir qancha xavflarni ham vujudga keltirmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi ta’sir omillari iqtisodiy soha ichida yoki makrodarajadagi xavflar bilan xarakterlanadi.
Tashqi iqtisodiy omillar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflardan biri mamlakatning tashqi qarzlari paydo bo‘lishi va uning kuchayishidir. Ma’lumki, tashqi qarzlarning salmog‘i mamlakat YaIMning 1/2 qismidan ortishi xavfli hisoblanadi. Qarzning me’yoridan ortishi esa, kelajakda nafaqat mazkur qarzni qaytarishda qiyinchilik tug‘diradi, balki investitsiya qilish va iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarining qiskarishi, valyuta zahiralarining kamayib ketishi va to‘lov balansi inqirozi kabi hodisalarga sababchi bo‘ladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSh davlatining tashqi qarz miqdorining o‘sib borganligi va uning YaIMga nisbatan salmog‘i o‘sganligi 2008 yildagi moliyaviy inqirozning kuchayishida asosiy omillardan biri bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, keyingi yillarda, xususan, AQSh va ayrim MDH davlatlari (Qirg‘izistondan tashqari) tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan salmog‘i ortib borgan.
Axborot texnologiyalari va global moliya bozorlarining taraqqiy etishi kapitalning qisqa muddatda yer sharining turli joylarida joylashgan bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bu kabi jarayonlar ham keskin iqtisodiy vaziyatga, qolaversa, inqirozga ham olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, portfel investitsiyalar va qisqa muddatli kreditlar yuqori mobillik darajasiga ega. Doimiy makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida bu kabi qo‘yilmalarning xorijdan ko‘p miqdorda kirib kelishi o‘ziga xos tavakkalchilik tug‘diradi. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy mutanosiblikning ichki siyosatga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishi turli salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi moliyaviy inqirozga olib keladi.
Shuningdek, globallashuvning xavflaridan biri bu real turmush darajasining pasayishidir. Globallashuv jarayonida boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi farq tobora kuchaymoqda. Jahonning boy bo‘lgan 1/5 qismi va uning kambag‘al bo‘lgan 1/5 qismi daromadlaridagi farq 1913-yillarda 1/11, 1960-yillarda 1/30 va 2000-yillarda 1/74 ga teng bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, vaziyat tobora keskinlashmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzining YaIMdagi ulushi 2000-yillarda Afrikaning Sahroi Kabirdan pastki qismida 108 foiz, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 46 foiz, Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 33 foiz, Shimoliy va Janubiy Amerikada 34 foizga teng bo‘lgan.
So‘nggi yillarda uning salbiy tomonlarini yo‘qotish yoki yumshatish borasidagi turli xil takliflar uning salbiy jihatlarini aniqlashga yordam bermoqda. Globallashuvning xavf-xatarlarining oldini olish borasidagi jahon hamjamiyatining harakatlari quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
- rivojlangan mamlakatlarda axborot-texnologiya inqilobiga asoslangan “yangi iqtisodiyot” haqidagi tezisning vujudga kelishi;
- 1999 yilda Florensiyadagi Konferensiyada Amerika va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari hukumat boshliqlari va vakillari tomonidan taklif etilgan “uchinchi yo‘l” konsepsiyasi va “inson kapitaliga investitsiyalar” asosida jamiyat, davlat va bozorlar o‘rtasidagi samarali balansning ko‘rib chiqilishi;
- “to‘g‘ri boshqarish” (“good governance”), “qonun ustuvorligi” (“role of law”), iqtisodiy islohotlar, transparentlik, demokratik saylovlar, inson huquqlarini himoya qilish, ekologik standartlarni nazorat qilish va boshqa shu kabilarni amalga oshirishni rivojlanayotgan mamlakatlardan talab qilish hisobiga “katta sakkizlik”, XVF, Jahon banki ularga moliyaviy va boshqa turdagi yordamlar berish taklifi, ya’ni “rivojlanish” muammosi;
-globallashuvning salbiy taraflarini va uning insonlarga ta’sirini kamaytirish.
Globallashuvning bu muammolarini milliy va xalqaro institutlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqali hal qilish mumkin.
Shuningdek, jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar saqlanib qolayotgani, davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda.
Bu muammolarni hal etishda 2000 yilda bo‘lib o‘tgan BMTning Ming yillik Sammitida “Ming yillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muhim tarixiy hujjat XXI asrga mo‘ljallangan Global kun tartibini belgilab berdi hamda Ming yillik rivojlanish maqsadlari (MRM) sifatida belgilangan aniq maqsadlarning sakkizta yo‘nalishini ajratdi. Ular:
  1. o‘ta qashshoqlikka va ochlikka barham berish;


  2. umumiy boshlang‘ich ta’limga erishish;


  3. ayollar va erkaklar tengligini rag‘batlantirish va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish;


  4. bolalar o‘limini qisqartirish;


  5. onalar salomatligini yaxshilash;


  6. OIV/OITSga, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash;


  7. ekologik barqarorlikni ta’minlash;


  8. rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish.


Bu maqsadlarning har biriga erishish maqsadida muayyan vazifalar belgilangan bo‘lib, u MRM jahon hamjamiyatining uzoq muddatli davr uchun global loyihasidir. Unda nazarda tutilgan ishlar jahondagi barcha mamlakatlarga nisbatan tatbiq etiladi.


Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni barcha mamlakatlar va ularning guruhlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, turli xil jamiyatlar, siyosiy kuchlar va harakatlar ishtiroki orqali tahlil qilish va hal etish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling