Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet65/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

5.1-jadval
Mintaqalar iyerarxiyasi


Iyerarxik daraja


Mintaqalar ko‘rinishi


Davlatlararo mintaqalar

Global daraja


Jahon siyosiy tizimi


Mega mintaqalar


Yevropa Ittifoqi, MDH, Afrika Ittifoqi, Arab mamlakatlari ligasi va boshqalar


Xalqaro makro mintaqalar


Ittifoq mamlakatlar (Rossiya va Belarus), Baltika mintaqasi, BeNiLyuks va boshqalar


Transchegaraviy mezo mintaqalar


Yevropa minaqalari


Transchegaraviy mikro mintaqalar


Hamkorlikdagi alohida ikkita munitsipal birlik hududlari




Mamlakatlar ichidagi mintaqalar

Makro mintaqalar


Federal okruglar


Mezo mintaqalar


Ma’muriy-hududiy birliklar


Mikro mintaqalar


Tuman va shaharlar


- II (yuqori) daraja


Munitsipal tumanlar va shahar okruglari


- I (quyi) daraja


Shahar va qishloqlar


Mahalliy daraja


Aholi punktlari


Transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:



- mahalliy chegaraoldi aloqalari;
- davlatlarning ma’muriy-hududiy bo‘linmalar va munitsipal birliklarning o‘zaro hamkorligi (shaharlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar, mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va boshqalar doirasida);
- turli mamlakatlar sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy yo‘nalishlardagi transchegaraviy loyihalarni amalga oshirish;
- chegaraning har ikki tomonida turli darajadagi ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni o‘z ichiga oluvchi transchegaraviy hamkorlikning tarmoq shakli; bu bosqichda transchegaraviy hududlar shakllanadi.
Iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, integratsiya natijasida jarayon ishtirokchilarining raqobatbardoshligi oshadi. Chuqur iqtisodiy jihatdan integratsiyalashgan transmilliy hududlarni shakllantirish mexanizmi F.Perrou tomonidan tavsiflangan bo‘lib, u “harakatlantiruvchi birliklar” yoki “rivojlanish qutblari” tegishli “ta’sir zonalari” bilan o‘rab olingan maqsadli faoliyatni jahon iqtisodiyotining asosi deb hisoblaydi. Bu birliklar yirik firmalar, sanoat majmualari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridir.
Faol “o‘sish qutblari” va ular muhitining o‘zaro ta’siri aglomeratsiya samarasi bilan kechadi va iqtisodiy mexanizmning yakkalanib qolgan elementlari mavjud bo‘lmagan “rivojlanish qutblari” paydo bo‘lishiga olib keladi. “Rivojlanish qutblari”, “rivojlanish zonalari” va “rivojlanish o‘qlari” o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar paydo bo‘ladi. F.Perrou rivojlanish o‘qlari rivojlanish qutblarining tizimlari bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi va amalga oshirilishini aloqalarning o‘qlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Rivojlanish zonalari va o‘qlarining o‘zaro tortilishi natijasida ular milliy manfaatlardan tashqariga chiquvchi va butun mintaqalarni qamrab oluvchi murakkab o‘zaro manfaatli iqtisodiy tizimga aylanadi. F.Perrou bunday tizimlarni “integratsiya zonalari” deb ataydi, “rivojlanish qutblari” esa bir vaqtning o‘zida “integratsiya qutblari” ga aylanadi82.
Shunday qilib, transchegaraviy mintaqalashuv globallashuv sharoitida faol rivojlanayotgan ob’ektiv jarayondir. Bu jarayon Yevropada muvaffaqiyatli amalga oshib, quyidagi uch asosiy vazifalarni hal etmoqda:
1)transchegaraviy mintaqalar faoliyatida ishtirok etayotgan sub’ektlarning raqobat qobiliyatini mustahkamlash;
2) turli mamlakatlari mintaqalarining rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tenglashtirishga ko‘maklashish;
3) chuqur integratsiyalashgan umumevropa iqtisodiy, madaniy, ilmiy va ta’lim makonini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish.
So‘nggi yillarda, global moliyaviy beqarorlikning surunkali tabiati tobora o‘zini ko‘rsatmoqda. Global iqtisodiyotning sekin o‘sishi (2016 yilda 2,3%) sharoitida AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya, shuningdek, moliyaviy tebranishlar bilan birgalikda Xitoy kabi ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy aktivlarning tez o‘sishi kuzatilmoqda.
McKinsey & Company ekspertlari: “Global kredit pufagi yorilishidan yetti yil o‘tib, buyuk Depressiya davridan keyingi eng kuchli moliyaviy inqiroz yuzaga keldi, qarzdorlik o‘sishda barqaror davom etmoqda. Qarzdorlikni kamaytirish yoki qarzga olingan aktivlar ulushini qisqartirish o‘rniga barcha yirik iqtisodiyotlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan qarzdorlik ulushini 2007 yildagidan ko‘ra ko‘proq darajaga olib chiqmoqdalar. Bu yillar davomida global qarzdorlik hajmi YaIM ga nisbatan 17,7 punktga ko‘tarilib, jami 57 trillion dollarga yetdi. Bu esa dunyoning moliyaviy barqarorligiga yangi xavf tug‘diradi va global iqtisodiy o‘sishga putur yetkazadi”, deb yozadilar83.
XVFning so‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, oxirgi yillarda o‘rta muddatli moliyaviy xatarlar kamayish o‘rniga ortib bormoqda. Bu bilan jahon mamlakatlari va bozorlar keskin tebranishlarga nisbatan yanada zaiflashadi, iqtisodiy hamda moliyaviy turg‘unlik yuzaga keladi84.
Global moliyaviy beqarorlik va takrorlanuvchi moliyaviy inqirozlarning sinergetik tabiati zamonaviy dunyoning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanib, rivojlanishning ushbu bosqichida qator omillar asosiy etib belgilanadi.
Birinchi omil – aholi ko‘payishiga asoslangan populyatsiya omili. Dastlab Rim klubi tomonidan tomonidan e’tibor qaratilgan insoniyat taraqqiyotining populyatsiya sifatida rivojlanishidagi cheklanishlar va barqaror takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarning tugab borishi borgan sari keskinlashmoqda85. Sayyora aholining yuqori sur’atlarda o‘sishini ko‘tara olmaydi, chunki insoniyatning sayyoraga global ekologik ta’siri Yer sharining biologik imkoniyatidan oshib ketdi86. Vaziyat daromad va resurslarning dunyo bo‘yicha juda notekis taqsimlanganligidan kelib chiqadi: dunyo aholisining taxminan 80%iga dunyo boyligining atiga 6% i to‘g‘ri keladi, ish haqi darajasi mehnat unumdorligidan ortda qolgan va ishchilarning daromaddagi ulushi kamayib bormoqda87. Bu esa tabiiy resurslar uchun kurashning jadallashuviga olib keladi, uning oqibatlarini dunyoning qator mintaqalarida ko‘rish mumkin.
Ikkinchi omil sivilizatsion omil hisoblanadi. Ushbu omil qisman global demografik dinamikaning notekisligi bilan bog‘liq. 2050 yilga kelib dunyo aholisi 1,3 barobar oshib, 9,7 mlrd. kishiga yetishi mumkin. Shu bilan birga Yevropa aholisi taxminan 4% ga kamayishi, ammo Afrika aholisining 2 martadan ko‘proq, Osiyo aholisining esa 1/6 marta ortishi kutilmoqda88. Bu esa G‘arb sivilizatsiyasi salohiyati pasayib, g‘arbdan tashqari sivilizatsiyalar - Xitoy, Hind, Islom sivilizatsiyalari salohiyatining yuksalib borayotganidan dalolat beradi89.
Uchinchi omil texnologik omil hisoblanadi. Bu omil jahon iqtisodiyotining uzun tebranishli rivojlanishi va ustun texnologik tuzilmalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq90. Bunday yirik texnologik o‘zgarishlar davrlarining dastlabki bosqichi, odatda, bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, eski ishlab chiqarishni avvalgi texnologik baza negizida takomillashtirish imkoniyatlari mavjud emasligi va yangilari hali to‘liq yaratilmaganligi oqibatida kelib chiquvchi beqarorlik bilan tavsiflanadi. Natijada eski texnologik yechimlarni va ularning bozor qiymatini o‘zida mujassam etgan aktivlarning asosiy qiymati o‘rtasida bo‘shliqlar vujudga keladi.
To‘rtinchi omil ishlab chiqarishning tarqalish (allokatsiya) omili. Globallashgan dunyoda ishlab chiqarish zanjirlaridagi aloqalar butun sayyora bo‘ylab joylashadi. Shu bilan birga ularning aniq joylari va konsentratsiyalari resurslar, bozorlar, samaradorlik, strategik aktivlar va boshqalar bo‘yicha imtiyozlarning mavjudligi kabi turli omillar bilan belgilanadi91.
Beshinchi omil moliyaviy omildir. U jahon moliya bozorlarining jadal rivojlanishi va xalqaro kapital oqimlarining harakatchanligining tubdan oshishi bilan bog‘liq. O‘tgan o‘n yilliklar davomida, global moliyaviy bozorlar, xalqaro savdo va kapital oqimlari tez o‘sishi, normativ erkinlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi mahalliy va global moliyaviy muammolarning chuqurlashuviga olib keldi. Moliyaviy aktivlarning real iqtisodiyotdan ajralish jarayoni bank inqirozlari ko‘lamining kengayishiga olib keldi.92
Hozirgi kunda global moliya tizimi jiddiy muvaffaqiyatsizliklar bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. J.Stiglitsning qayd etishicha: “Hozir, dunyo past darajadagi umumiy talabdan aziyat chekmoqda. Moliya bozorlari jamg‘armalarni daromadlar xarajatlardan oshgan joylardan investitsiya talab qilinadigan joylarga o‘tkazish vazifasini to‘laqonli bajara olmayotganligini isbotladi. AQSh Federal rezerv tizimi raisi Ben Bernanke moliyaviy muammolarni “jahon miqyosidagi jamg‘armalar ortiqchaligi”, deb tasvirlaganda yanglishgan edi. Lekin bunday katta infratuzilma ehtiyojlari mavjud bo‘lgan dunyoda muammo jamg‘armalarning ortiqchaligi yoki qulay investitsiya imkoniyatlari yo‘qligida emas. Muammo bozorni manipulyatsiya qiluvchi, qimmatli qog‘ozlar savdosida spekulyatsiya hisobiga muvaffaqiyat qozongan, ammo asosiy maqsadiga erisha olmagan jahon moliyaviy tizimining o‘zidir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, globallashuvning yangi jahon modelining joriy etilishi bilan, undagi asosiy g‘oyalar va globallashuvdan olinadigan samara o‘rtasida ma’lum bir doiradagi ziddiyatlar yuzaga kelmoqda va bu globallashuv modellarini ham doimiy ravishda yangilab borish lozimligini ko‘rsatadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling