Xarakter va temperament


Kishi xarakterining mehnatga bo‘lgan munosabatida


Download 76.98 Kb.
bet17/20
Sana15.03.2023
Hajmi76.98 Kb.
#1271436
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
KURS ISHI 14

Kishi xarakterining mehnatga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan
xislat ayni vaqtda uning iroda kuchini ko'rsatadigan, shuningdek, kishining boshqa odamlarga, eng awalo, o‘z jamoasiga bo'lgan munosabatini
ifodalaydigan xislat hamdir. Axir, har bir kishi boshqa odamlar bilan, o'z
jamoasi bilan faqat kimlargadir ijobiy va kimlaigadir salbiy munosabatda
bo'lishi orqaligina bog'liq bo'lib qolmasdan, balki, asosan, mehnat faoliyatidagi real ishtiroki orqali bog'liqdir.
Kishi xarakterining ijobiy xislati mehnatni sevish, ya’ni mehnatsevarlikdir. Bunday xarakter xislati kishining biror ishni shunchaki bajarish
ehtiyoji bilan bog'liq bo'lmay, balki uni yaxshilab bajarish ehtiyoji bilan
bog'liqdir. Bunday xislat kishining mehnat faoliyatidagi halolligi, saranjom-sarishtaligi va intizomliligi bilan bog'liqdir. Kishida bunday xarakter
xislatining mavjudligi, mehnatning bu kishida ehtiyojga aylanib qolganligidan dalolat beradi. Mehnatni sevish, tejash, ehtiyot qilish xislati bilan
yaqindan bog'liqdir.
Tejab, ehtiyot qilib xo'jalik yuritadigan davr kishisi jamiyatning muqaddas va daxlsiz asosi bo'lgan mulkni mustahkam saqlaydi va qo'riqlaydi.
Ehtiyotkor odam mol-mulkning buzilib, yorilib ketmasligi uchun,
shuningdek, o'z buyumlarining butunligi uchun ham qayg'uradi. Bu uning
o'z zarur ehtiyojlarini buzish hisobiga dunyo orttirish emas, albatta.
Kishi xarakterining salbiy xislati dangasalik, ehtiyot qilmaslik mehnatga
beparvolik bilan qarash, topshiriqlami yuzaki bajarishlikdir. Bunga ayrim
kishilar ongida bo'ladigan mehnatga boyvachchalarcha mensimay munosabatda bo'lish singari eskilik qoldiqlari ham kiradi.
Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari ko'pincha ma’naviy javobgarlikni sezmaslik bilan bog'liq bo'ladi. Halol mehnat qilish, jamiyat baxti-saodati, uchun kurashish bizning asosiy tamoyillarimizdan biridir. .



Download 76.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling