Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish shakllari va tavsifnomasi
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
1.2. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish shakllari va tavsifnomasi
BQni ishlab chiqish va amalga oshirish sharoitlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqishning turli shakllaridan foydalanish mumkin: farmon, qonun, buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, dalolatnoma, bayonnoma, yo‘riqnoma, kelishuv, bitim, reja, shartnoma, oferta, aksept, nizom, qoidalar, model. Farmon – davlat rahbarining hukumat tomonidan tasdiqlangan qarori. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Farmon qonun kuchiga ega. Ko‘rsatma – uslubiy, texnologik xarakterga ega bo‘lgan qapop. Ko‘rsatma izoh yoki yo‘l-yo‘riq shaklida amalga oshiriladi. Qonun – hamma bo‘ysunishi shart hisoblangan, qatiy xarakterga ega oliy davlat hokimiyatining qarori. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat haqidagi Qonuni va h.k. Dalolatnoma – davlat va jamoat tashkilotlarining keng doiradagi qarori. Masalan, biror mulkni xususiylashtirish haqidagi dalolatnoma. Dalolatnoma xalqaro maqomga ega bo‘lishi ham mumkin. Buyruq (yozma yoki og‘zaki) – tashkilot rahbari yoki uning tarkibidagi yirik bo‘linma rahbarining qarori. Buyruq rahbar vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan tayyorlanadi hamda unga rahbar qo‘l ostidagi xodimlar bo‘ysunishlari shart. Bu arxivda saqlanadigan me’yoriy hujjat sanalib, uning tahlili yuzasidan yuqori boshqaruv idoralariga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin. Farmoyish – bu muayyan ma’muriy vazifalar taqsimlab berilmagan rahbarning qarori. Farmoyish ko‘pincha texnologik masalalar, mehnatni tashkil etish va texnika xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uni bajarish bevosita rahbar qo‘l ostidagi 11 xodimlar uchun majburiydir. Farmoyish yuzasidan tashkilotning yoki bo‘linmaning yuqoriroq mansabdagi rahbariga shikoyat qilish mumkin. Bayonnoma – bu muayyan voqea-hodisalar, vaziyatlar hamda qoidalarni o‘zida mujassam etuvchi qaror. Masalan, o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi, diplomatik bayonnoma. Yo‘riqnoma – muayyan bir faoliyatga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni bajarish usuli va tartibini belgilovchi qaror. Masalan, biznes-reja tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma, texnik nazorat bo‘limi boshlig‘ining lavozimiga oid yo‘riqnoma. Shartnoma – tijorat va notijorat sohasidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan hamkorlikdagi ishi yuzasidan tuziladigan qapop. Masalan, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya to‘g‘risidagi shartnoma, kompaniya tuzish haqidagi ta’sis shartnomasi. Kelishuv – muayyan bir faoliyat uchun umumiy pozitiv infratuzilmani shakllantiruvchi qapop. Masalan, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama soliq solishdan ozod etish haqidagi kelishuv, mahsulotni eksport qilish kvotalari haqidagi kelishuv. Reja – faoliyatning aniq maqsadi va vazifalarini, vositalarini, amalga oshirish usullari va muddatlarini aks ettiruvchi qaror. Masalan, biznes-reja, kompaniyaning qayta tashkil kilinishi va tuzilmaviy o‘zgarishlar bo‘yicha tadbirlar rejasi. Bitim – ko‘pincha tijorat xarakteriga ega bo‘lgan, tomonlarning hamkorlikda olib boriladigan faoliyati yuzasidan ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan qaror. Bitim kelishuvning kichik ko‘rinishi hisoblanadi. Masalan, kompyuterlar yetkazib berish haqidagi bitim, nikoh bitimi, oldi-sotdi bitimi. Oferta – ko‘pincha tijorat xarakteriga ega bo‘lgan, ko‘rsatilgan shartlarga binoan muayyan (aniq) shaxsga foydali bitim tuzish to‘g‘risidagi taklif qarori. 12 Oferta bitimning bir tomonini o‘zida aks ettiradi. Masalan, muzlatgichlarni ko‘tarasiga sotib olish to‘g‘risidagi oferta. Aksept – ofertada ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha bitim tuzish taklifini qabul qilish haqidagi qaror. Aksept bitimning ikkinchi tomonini ifodalaydi. Nizom – muayyan bir faoliyatga doir qat’iy belgilangan qonunlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni o‘zida jamlagan qaror. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining nizomi, tashqi aloqalar bo‘limi haqidagi nizom. Qoidalar – tashkilotning o‘ziga xos an’analarini hisobga olgan hamda xodimlarning alohida guruhlari uchun bajarilishi tavsiya etilgan faoliyat va o‘rnatilgan axloq me’yorlari to‘plamini aks ettiruvchi qaror. Masalan, tashkilotning ichki tartibi qoidalari, yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik qoidalari. Muayyan bir jarayon yoki hodisaning modeli – aniq elementlar va aloqalar to‘plamini o‘z ichiga oladigan qaror hisoblanib, u ko‘rsatilgan, belgilangan aniqlik bilan real jarayon yoki hodisaning boshlang‘ich ta’sir nuqtasiga nisbatan reaksiyasini aks ettiradi. Masalan, zavod modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ma’lumot o‘rnidagi ko‘rsatkichlari (masalan, ta’minotchilar va ularning mahsulotlari haqidagi to‘liq ma’lumotlar); tashkilotning imitatsion modeli; iqtisodiy hisob va bashorat usullari; boshqa tashkilotlarda shunga o‘xshash holatlarda qabul qilingan qarorlar va olingan real natijalar haqida axborotlar; qonuniy hujjatlar to‘plami va boshqalar. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling