Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Rasm 1.4. BQni ishlab chiqish va tadbiq qilish shakllarining nisbati
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
Rasm 1.4. BQni ishlab chiqish va tadbiq qilish shakllarining nisbati.
Boshqaruv qarori – bu boshqaruv faoliyati (menejment)ning aniq maqsadga erishish yo‘lida juda ko‘plab variantlar ichidan tahlil, bashorat qilish, optimallashtirish, iqtisodiy asoslashga tayangan holda qilgan tanlovi natijasida yuzaga kelgan muqobil qaroridir. Odatda, har qanday qarorni qabul qilishda turli darajada, asosan 3 ta jihatga tayaniladi: ichki sezgi (intuitsiya), muhokama va qarorning maqsadga muvofiqligi. Sof intuitiv qarorlar qabul qilishda kishilar o‘z tanlovlarining to‘g‘riligi borasidagi ichki hissiyotlariga asoslanishadi. Kishining hal etilayotgan muammoga chuqur kirib borish va uning mohiyatini anglab yetish imkoniyatiga egaligi tufayli BQning to‘g‘riligiga erishiladi. Ko‘p hollarda bunday teran yondoshuv holati kutilmaganda, 17
inson umuman boshqa ishlar bilan shug‘ullanayotgan paytda, va hattoki uyqusida (tushida) namoyon bo‘ladi. Insonning assotsiatsiya (psixologiyada tasavvur, his- tuyg‘u, fikr va shu kabilarning bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘lanishi)ga asoslangan rivojlangan tafakkuri mutlaqo turlicha bo‘lgan, to‘g‘rirog‘i turli plandagi muammolarni hal etishga yordam beradi. Bu o‘rinda fikrning yanada ravshanlashuviga asoslangan “oltinchi hissiyot” ishtirok etadi. Poyabzal ta’mirlash bo‘yicha kichik korxonaning rahbari N.Murodov yana uyiga yomon kayfiyatda qaytdi. Sababi, bosh hisobchi va buyurtma qabul qiluvchi ayol bilan munosabatlari borgan sari keskin tus olar, bu o‘z navbatida ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Korxonada esa bir smenada 14 kishi ishlaydi. O‘sha oqshom uyda ham yumushlar ko‘payib ketdi. Ilk bora unga zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bir buyum yuzasini parmalab, tuynukcha hosil qilishga to‘g‘ri keldi. U bu kabi xo‘jalik ishlariga ustasi farang bo‘lib ketgan, shuning uchun ham uyida parmalovchi, randalovchi va boshqa uskunalarning hammasidan bor edi. Har doim qilib yurganidek, odatdagi an’anaviy usul bilan po‘lat yuzada tuynukchani parmalashga kirishdi, ammo sira buning uddasidan chiqa olmadi. Parmalash uskunasidan hosil bo‘lgan harorat tufayli metall erib ketaverar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmasdi. Nihoyat, bu masalada yordam so‘rab qo‘shnisiga murojaat qilgach, shu narsani aniqladiki, har bir metall turi uchun uning xossalariga mos keluvchi alohida flyus (rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qo‘shiladigan modda) moddasi qo‘shish talab etilar ekan. Kerakli flyusni topib kelib, undan foydalangach, parmalash ishini osongina bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan shu texnik vaziyat N.Murodovga korxonasida yuzaga kelgan ijtimoiy vaziyatni eslatib yubordi. Uning tafakkuri tiniqlashdi. Shu onda bir narsani tushunib yetdiki, demak, har bir xodimga nisbatan individual yondashuv zarur ekan, sanoqli odam ishlaydigan kichikkina korxonadagi har bir xodimga mos keluvchi harakatlantiruvchi ta’sir vositasini topish lozim ekan. Ba’zan insonga tushida nihoyatda samarali qarorlar ayon bo‘ladi. Bunday qarorlarni darhol qog‘ozga tushirish yoki diktofonga yozib olish lozim, nimagaki, odatda bu kabi axborotlarning asosiy qismi kishi uyg‘ongandan keyin 3-5 daqiqa ichida unutilib ketadi. Tush ko‘rish inson fikrlash faoliyatining katta qismini egallaydi. Kishi o‘z oldiga muayyan bir vazifani qo‘yganligi to‘g‘risidagi mulohaza bilan uyquga ketsa, u tushida o‘sha muammoning yechimini topishi mumkin. Darhaqiqat, ba’zan bunday holatlar ro‘y berib turadi. Masalan, taniqli rus kimyogar 18
olimi D.I. Mendeleev pinakka ketgan chog‘ida, tush ko‘radi hamda tushida metallar, gazlar va amorf moddalarni qay tarzda tartiblashning yechimini topadi. Ma’lumki, muammoning tushda ayon bo‘lgan o‘ziga xos yechimi kimyoviy elementlarning davriy tizimi (Mendeleevning elementlar tizimi)da ifodalangan. Yangi nazariya, oxir oqibat kon’yunktura(mavjud sharoit, ahvol, vaziyat)ga xosligicha qolishi hamda yetarli samara bermasligi ehtimoldan holi emas, biroq “o‘tga, cho‘qqa, suvga urilib” yetilgan tajriba yangi va yosh rahbarlar uchun foydali bo‘lishi aniq. Yaqin va olis xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari (Moskva davlat universiteti, Rossiya davlat boshqaruvi universiteti) olimlari tomonidan boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlar va ularning yechimiga doir bir nechta variantlar, shuningdek, ularni amalga oshirish natijasida yuzaga kelgan real oqibatlar aks etgan bir nechta to‘plam chop etildi. Xuddi shunday to‘plamlar jahonning yirik kompaniyalari hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim dargohlari tajribasi asosida ham nashr etilmoqda. Ularda tavsiya etilayotgan qarorlarni qayta ishlashga oid katta hajmdagi amaliy va nazariy tajribalar o‘z ifodasini topgan. Muhokamalarga asoslangan BQ ni shakllantirish va tanlashga, odatda kam xarajat sarflanadi. Shuning uchun ham ular eng kamxarj qarorlar hisoblanadi. Bir qator kompaniyalarning rahbarlari quyidagi chizmaga asosan, o‘z ish joylarida shunday qarorlardan iborat ma’lumotlar bazasini yaratadilar (1.5-rasm).
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling