Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Menejer faoliyatida qarorlarning roli


Download 1.89 Mb.
bet2/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

1.1. Menejer faoliyatida qarorlarning roli


Asosiy tushunchalar

Qaror – insonning fikrlash faoliyati mahsuli bo‘lib, muayyan bir xulosaga yoki zaruriy xatti-harakatlarga turtki bo‘ladi. Misol uchun, bu hech qanday harakatni amalga oshirmaslikda, yoki muayyan bir harakatni ishlab chiqishda yoxud mavjud alternativ imkoniyatlardan birini tanlash hamda uni amalga oshirishda namoyon bo‘lishi mumkin.


Qaror bir martalik natijaga erishishga, doimiy jarayonlarni yaratishga, bajarilayotgan jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashga, yoki qandaydir biror faoliyatni to‘xtatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘pgina omillar, shu jumladan, insonning shaxsiy sifatlari, oilasiga munosabati, diniy va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi (1.1- rasm) .





Oila
Turmush o’rtog’i
Do’stlik
Dushmanlik
Qoniqish
Rahbar
Qarorlarga ta’sir

qiluvchi

elementlar

Din
Xudbinlik


Pul

Mulk




1.1- rasm. Qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga tasir


qiluvchi ayrim elementlar

5

Kundalik hayotda har bir kishi turli yo‘nalishdagi qarorlarni qabul qiladi va buni ko‘p hollarda ortiqcha tayyorgarliksiz ongli ravishda sog‘lom tafakkurga tayangan holda bajaradi. Odatiy hollarda natija ko‘pincha kutilganidek bo‘ladi, murakkab vaziyatlarda esa natija qarordan kutilgan maqsadlarga mos kelmay qoladi.

Bu ayniqsa, tashkilotlarda qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi, chunki ularning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq parametrlar doimiy ravishda o‘zgarib turadigan ichki va tashqi muhit sharoitida sodir bo‘ladi. Masalan, yangi texnik, ekologik standartlarning va xavfsizlik normalariningjoriy etilishi, raqobatning kuchayishi, energetik inqirozlarning avj olishi, ma’muriyat hamda kasaba uyushmalari orasida kelishmovchiliklarning ko‘payishi. Bu kabi o‘zgarishlar muntazam ravishda ro‘y beradi, shuning uchun rahbardan tashkilot faoliyatini operativ tarzda boshqarish talab etiladi.


Turli-tuman qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali muayyan jamoani boshqarishga erishiladi, tashkilot faoliyatining samaradorligi aynan mazkur qarorlarning sifati va tezkorligiga bog‘liq bo‘ladi. Qarorlarning asosiy turi – boshqaruv qarori bo‘lib, u turli darajadagi rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi.




Boshqaruv qarori – bu jamoaning ijodiy mehnati natijasi, u har doimjamoaning umumiy ijtimoiy xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi, hatto rahbarning bir o‘zi qaror qabul qilgan taqdirda ham, jamoaning intellekti bu jarayonga ta’sir etmasdan qolmaydi.

Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayoni yuksak professional darajada bo‘lishi, bu jarayonda mamlakatimiz hamda xorijlik olimlarning nazariy va amaliy bilimlaridan, shuningdek, to‘plangan tizimli amaliy tajribalardan foydalanilgan ma’qul.


Inson tomonidan qarorlar asosan uchta tizimda qabul qilinishi mumkin: texnik, biologik va ijtimoiy.




Texnik tizim– maxsus foydalanish yo‘riqnomasiga ega bo‘lgandastgohlar, uskuna-jihozlar, ish aslahalari, kompyuterlar va boshqalarini o‘z ichiga oladi.

6

Biologik tizimSayyoramiz flora va faunasini, shu jumladan, nisbatan yopiq, o‘z qobig‘iga o‘ralgan biologik tizimchalarni, masalan, chumoli uyasi, inson organizmi kabilarni qamrab oladi.


Ijtimoiy tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning yig‘indisida insonning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunday tizimlarga misol qilib oilani, ishlab chiqarish jamoasini, norasmiy tashkilotni, avtomobil haydovchisini va hatto birgina odamni ham ko‘rsatish mumkin.


Insonlarning xatti-harakatlari, muayyan voqelikka bildiradigan munosabatlari hamda qarorlarini oldindan aniqlash mushkul. Biroq, shunga qaramay, har qanday tashkilotning eng qimmatli, qadrli boyligi – o‘sha yerda mehnat qiladigan insonlar, mutaxassislar sanaladi.

Yuqorida qayd etilgan tizimlarqarorlarni amalga oshirishga doir natijalar bilan bog‘liq oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyatlar borasida har xil darajalarni egallaydilar (1.2-rasm)




Qarorlarnin gnatijalarini oldindan
aytib bo‘lmaslik darajasi

100 °/o




Texnik
Biologik
Ijtimoiy




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling