Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish shakllari
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
1.3.Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish shakllari
Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish shakllari – ish yuzasidan suhbat, ko‘rsatma berish, ishontirish, tushuntirish, majbur qilish, o‘rgatish, xabardor qilish (axborot berish), shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish, o‘qitish, maslahat berish, o‘yinlar (treninglar) uyushtirish, yig‘ilishlar o‘tkazish, majlislar o‘tkazish, hisobot berish, ish yuzasidan mulohaza bildirish. Ko‘rsatma – qabul qilingan qarorning belgilangan muddat ichida bajarilishi lozimligi to‘g‘risida biror mas’ul lavozimdagi shaxsni rasman xabardor etish. 13
Ish yuzasidan suhbat – rahbar tomonidan o‘z xodimi, xodimlar guruhini yig‘ib yoki taklif qilingan mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladigan, kompaniya uchun dolzarb sanalgan oldindan ma’lum bo‘lgan mavzu yuzasidan fikrlar almashinuvi. Ishontirish – rahbarning o‘z xodimlari bilan o‘tkazadigan muloqoti. Muloqot boshqaruv qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida, xodim ongida qaror yuzasidan talab darajasidagi mustahkam, pishiq-puxta qarashlar, mulohazalar yoxud tushunchalar shakllanishiga erishishga qaratiladi (masalan, ish joyida texnika xavfsizligiga rioya qilish zarur ekanligiga ishontirish, BQ amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish lozimligiga ishontirish). Tushuntirish – Boshqaruv qarorining mazmun-mohiyati yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun rahbar tomonidan o‘tkaziladigan muloqot. Majbur qilish – rahbar tomonidan qo‘l ostidagi xodim BQni ongli ravishda bajarishi uchun qat’iy ohang (do‘q-po‘pisa) yoki kuchli rag‘batlantirish yo‘li bilan ish yuzasidan olib boriladigan muloqot. O‘rgatish – BQning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun rahbarning xodimlarga o‘z tajribasini o‘rgatish, o‘rtoqlashish maqsadida o‘tkazadigan muloqoti. Xabardor qilish (axborot berish) – BQni bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlardan xabardor etish maqsadida rahbar tomonidan o‘tkaziladigan muloqot. Shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish – BQ ni bajarish sohasida obro‘li shaxslarga taqlid qilish samarasini kuchaytirish uchun oldindan tayyorlangan reja bo‘yicha rahbarning o‘z xodimlari oldida shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishi. O‘qitish – BQni bajarishda qo‘l keladigan yangi bilim va axborotlarni berish maqsadida rahbar tomonidan o‘tkaziladigan muloqot. Maslahat – BQ ni bajarish jarayonida rahbarning o‘z shaxsiy fikri, qarashlari aks etgan suhbat. Maslahatga amal qilish xodimlar uchun majburiy emas, ixtiyoriydir. Trening – BQni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha real jarayonlarning imitatsion modeli asosida xodimlar uchun maxsus tashkil etilgan intensiv faoliyat. Mazkur faoliyat davomida BQni amalga oshirishning bir qolipdagi texnologiyalari, 14 usullari va vaziyatlarini qayta-qayta takrorlash orqali BQ amalga oshirish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Yig‘ilishlar – ish yuzasidan jamoa bilan o‘tkaziladigan muloqotlar, suhbatlar. Yig‘ilishlar rahbar boshchiligida o‘tkazilib, belgilangan aniq vazifalarni xodimlarga yetkazish, jamoaning aqliy salohiyatidan foydalanish, muhim BQni bajarish jarayonida to‘plangan tajribalarni o‘rtoqlashish hamda axborot almashinuvi maqsadlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Majlislar – asosan, tashkiliy masalalarni hal qilish uchun o‘tkaziladigan tor miqyosdagi professional yig‘ilishlar (masalan, kasaba uyushmasining majlisi). Hisobot – BQ ning bajarilishi yuzasidan individual yoki jamoa tomonidan qilingan ishlar natijalari haqida mutaxassisning qarori. Hisobot yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. So‘z berish – rahbarning yuqori turuvchi rahbariyat hamda o‘z qo‘li ostidagi xodimlari orasidagi yuksak obro‘-e’tibori bilan mustahkamlangan o‘z xodimiga og‘zaki ravishda bergan qatiy qarori. Misol tariqasida BQ ni amalga oshirishning birgina shakli – ish yuzasidan suhbat o‘tkazish haqida to‘xtalsak. Ish yuzasidan suhbatda bir tomondan rahbar va mutaxassislar jamoasi, ikkinchi tomondan esa ishning bo‘lg‘usi bajaruvchilari yoki bajaruvchi guruhi ishtirok etadi. Ish yuzasidan suhbat quyidagi 6 ta bosqichni o‘z ichiga oladi: suhbatning o‘zaro manfaatli muloqot tarzida kechishini ta’minlash; topshirilajak vazifani bajarish maqsadlariga yo‘naltirilgan asosiy ko‘rsatmalar borasida kelishib olish; ishni bajaruvchilarni kerakli axborot bilan ta’minlash; topshiriqning muhimligini asoslash va noaniq tomonlarini dalillar asosida tushuntirish; ishni bajaruvchining takliflariga binoan topshiriqqa ayrim tuzatishlar kiritish; hal qiluvchi qarorni qabul qilish. - 15
Taniqli ruhshunos Deyl Karnegi ish yuzasidan suhbatning samarali bo‘lishi uchun quyidagi tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi: • o‘z suhbatdoshingizni oxirigacha diqqat bilan tinglang – bu nafaqat e’tibor belgisi, balki kasbiy zarurat hamdir. • anglashilmovchilik va noto‘g‘ri talqinlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymang; • ish yuzasidan suhbatda o‘z fikringizni aniq, ravshan, tartibli, qisqa, lo‘nda va tushunarli tarzda bayon eting; • suhbatdoshingiz shaxsiyatini hurmat qiling; • suhbat mobaynida o‘zingizni xushmuomala, samimiy va diplomatlarga xos tarzda tuting; • suhbatdoshingiz sizning takliflaringizni to‘g‘ri idrok etishi uchun qanday bo‘lmasin yengillik yaratishga harakat qiling, unda o‘z taklifingizni majburan tiqishtirayotgandek taassurot qoldirmang. BQ ni ishlab chiqishning har bir shakli tadbiq qilishning bir necha shakllari orqali bajarilishi mumkin (Rasm 1.4.). 16
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling