Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
-rasm. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyalari variantlari
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2 Boshqaruv faoliyatini tartibga solish(reglamentlash)
11.1-rasm. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyalari variantlari.
A - tizimli, B - majmuaviy, V - mahalliy. A variant tizimli yondashuvni nazarda tutadi, bunda birinchi darajali e’tibor boshqaruv faoliyatining umumiy sifatiga qaratiladi, keyin esa ishlab chiqarish texnologiyasining sifati e’tiborga olinadi. B variant majmuaviy yondashuvni mo‘ljallaydi, u mahsulot sifatiga bevosita tasir etuvchi ishlab chiqarish va boshqaruv elementlari sifati ustuvorligiga asoslangan. V variant mahalliy yondashuvni taqozo etadi. Bunda asosiy e’tibor ishlab chiqarish texnologiyasiga qaratiladi. V variant eng keng tarqalgan va uslubiy jihatdan yaxshi ishlab chiqilgan usuldir. B variant esa endigina joriy etilmoqda. Uning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi borasida, ham mahsulot sifatini boshqarish tizimiga xos standartlar to‘plami mavjud. Masalan, ISO 9000. A variant esa kompaniyani rivojlantirish istiqboliga xizmat qilishga yo‘naltirilgan. 152 Sifat - bu belgilangan yoki mo‘ljallangan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega ob’ektning sifatiga oid ta’riflar yig‘indisidir. Ba’zan mahsulot sifatiga ta’rif berilar ekan, “iste’molga, foydalanishga yaroqli”degan ibora ishlatiladi.Bunda mahsulotni o‘z funksional vazifasini ado etishga yaroqliligi, uni qo‘llashga oid (ekspluatatsion) ta’riflar, xavfsizlik va ishonchlilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan baholaydilar. Boshqaruv faoliyatining sifati - bu boshqaruvning umumiy qabul qilingan talablar yoki standartlarga mosligi darajasidir. Ko‘pincha boshqaruv faoliyatining sifatiga BQ ning sifatiga qarab baho beradilar. 11.2 Boshqaruv faoliyatini tartibga solish(reglamentlash) Kompaniyani boshqaruv faoliyati boshqaruv tizimining bir qismi hisoblanadi. Garchi tashkilotlar faoliyatini boshqarish amaliyoti ancha qadimiy ildizlarga ega bo‘lsada, bu tizim tadqiq etila boshlanganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Boshqaruv tizimi elementlari ishlab chiqish darajasi va murakkabligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: bu borada, asosan quyidagilar ishlab chiqilgan: maqsadlar va vazifalar, funksiyalar, axborot ta’minoti, funksional tuzilmalar, tashkiliy tuzilmalar, boshqaruv mexanizmining barcha elementlari; boshqaruv amaliyoti va texnologiyasi, vositalari va usullari, qonun va tamoyillari, kommunikatsiyalar,tashkiliy munosabatlar sxemalari ilmiy va amaliy jihatdan jiddiy qarab chiqilishi va maromiga yetkazilishi talab etiladi; jarayon sxemasi va xossalarini ishlab chiqishga,qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, xodimlarning professional mahoratiga yangicha yondashuv talab etiladi. Tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati birinchi navbatda rahbarlar va boshqaruv sohasidagi mutaxassislarning professional mahoratiga bog‘liq. Shunga qaramay, boshqaruv faoliyatiga doir aniq standartlar juda kam, bu faoliyatni nazorat qilish tizimi esa hali to‘liq ishlab chiqilmagan. 11.1. jadvalda kompaniya faoliyatining asosiy turlarini standartlashtirishning hozirgi holatiga doir 153
ma’lumotlar keltirilgan. Tashkilotdagi umumiy boshqaruv faoliyati boshqaruv faoliyatini boshqarishni, shuningdek ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi faoliyatni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagilarning har biri strategik boshqaruvni, xodimlarni, tashqi munosabatlarni (kommunikatsiyalarni) boshqarishni va boshqaruv yuzasidan maslahat kabilarni o‘z ichiga oladi. Aksariyat boshqaruv jarayonlarini modellashtirish klaster tahlil usulini qo‘llashni talab etadi, chunki ko‘rsatilgan jarayonlarning aksariyat ko‘rsatkichlari yaxshi yoki yomon, yuqori yoki past, yoqadi yoki yoqmaydi qabilidagi tushunarsiz, noaniq ta’riflarga ega. 154
11.1-jadval Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling