Nazariy o‘yin usuli. Nazariy o‘yin usulini axborot hajmi katta bo‘lib, unga
ishlov berishda qiyinchiliklar tug‘ilganda yoki ishlov berish uchun vaqt kam bo‘lganda qo‘llaydilar. Rahbarlar har doim ham iqtisodiy yoki tashkiliy hisob kitoblarning zamonaviy usullarini bilavermaydilar. Kompyuter xotirasida esa bu usullar hamisha saqlanadi va yangilari kiritiladi.Nazariy o‘yin usuli qarorlarni ishlab chiqishning inson-mashina tizimini yaratishga asoslangan. Bu tizim juda mahsuldor, chunki qarorlarni qo‘llab quvvatlashning dasturiy va axborot ta’minoti ko‘rinishidagi katta intellektual salohiyatidan foydalanadi. Usul o‘yin shaklidagi har bir seansdan keyin boshqaruv tizimi modeliga tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
Nazariy o‘yin usuli o‘tmishda turli darajadagi boshqaruvning an’anaviy yig‘inlari shaklida mavjud bo‘lgan. Bunday yig‘ilishlarda odatda muhim texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy qarorlar qabul qilingan. 9.9-rasmda va 9.9- rasmda boshqaruv subektlarining o‘zaro bog‘liqligi va yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda kasbiy(lavozim bilan bog‘liq)manfaatlar chizmasi keltirilgan.
Bosh iqtisodchi
muhandis
Prezident
Majlislar stoli
Bosh
Kasaba uyushma
raisi
9.9-rasm. Boshqaruv sub’ektlarining o‘zaro bog‘liqligi chizmasi
9.l-jadval
Ishtirokchilarning kasbiy manfaatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |