Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Analitik, statistik va matematik usullar


Download 1.89 Mb.
bet54/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

9.2. Analitik, statistik va matematik usullar


Analitik usullar. Mazkur usullar rahbarning yoki mutaxassisning ishidagi analitik (tahliliy) bog‘lanishlar to‘plamiga asoslangan. Ular topshiriqni bajarish shartlari va uning natijalari orasidagi o‘zaro munosabatlarni fomulalar, grafik jadvallar, o‘zaro mantiqiy bog‘lanishlar ko‘rinishida ifoda etadi. Misol qilib, “Asta yursang, uzoqqa borasan” tamoyilini olsak. “Asta yursang” bu yerda shart, “uzoqqa borasan” esa natija.

138


Tashkilotlar faoliyatida ob’ektiv xarakterga ega bo‘lgan ko‘plab namunaviy bog‘lanishlar bor: talab va taklif orasidagi bog‘lanishlar, mahsulot hayotiy siklining vaqtga, mehnat unumdorligining xodim malakasiga, boshqaruv usulining kompaniya faoliyatining xarakteriga, BQ sifati axborotningto‘laqonliligi va qiymatiga bog‘liqligi va boshqalar. Har bir rahbar qator yillar mobaynida intuitiv ravishda yuzaga kelgan yoki o‘qib o‘rganish natijasida o‘zlashtirgan bog‘lanishlarning qandaydir to‘plamiga ega. Aksariyat samarali bog‘lanishlar ko‘plab rahbarlarga noma’lumligicha qolmoqda. Ba’zan sinovlar va xatolar, behudaga sarflangan resurslar evaziga samarali bog‘lanishlarni qidirib topishga to‘g‘ri keladi. Qimmatli bog‘lanishlarning katta to‘plami odatda, muayyan tashkilotning konfidensial tusdagi axboroti sifatida ma’lum qilinadi. Bugungi axborotlashtirish asrida BQ ishlab chiqish sohasidagi yangi ishlanmalar savdosi biznesning bir qismiga aylanmoqda.

9.5-rasmda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning mehnat unumdorligi ortishiga grafik bog‘lanishi xarakteri keltirilgan.


Mehnat unumdorligining ortishi xodimning asosiy ehtiyojlarini qondirish darajasi yuksalishi bilan tushuntiriladi. Mehnat unumdorligining qay darajada ortganligi nafaqat moddiy, ayni paytda ma’naviy rag‘batlantirish asosida qondirilayotgan ehtiyojlar va manfaatlarningmiqdoriga nihoyatda bog‘liq. Barqarorlik doirasi xodimning jismoniy qobiliyati zo‘riqish chegarasiga yetib kelishi holati bilan aniqlanadi. Pastga og‘ish doirasi esa moddiy rag‘batlantirish ilinjida (misol uchun, rejani bajarishga zo‘r berish natijasida) ish sifatining pasayishi tufayli yuzaga keladi.


139


Mehnat
unumdorligi
100%

O‘sish

stabillashish pastga og‘ishi

Moddiy rag‘batlantirish






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling