Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


- rasm. Yangi qarorlarni shakllantirish modeli


Download 1.89 Mb.
bet53/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

9.4- rasm. Yangi qarorlarni shakllantirish modeli

135


1۔bosqich. Rahbar yoki boshqaruv sohasidagi mutaxassis odatiy


jarayonlarnin gko‘rsatkichlarini chamalab bilishi yoki ularning mohiyatini chuqur «his qilishi» kerak. Vaziyatning ayni paytdagi ko‘rsatkichlarida rejalashtirilgan holatdan sezilar۔sezilmas chetlashishlar, o‘zgarishlar mavjudligi aniqlangan taqdirda ularning keyingi rivojlanish tendensiyasini belgilash lozim.


2۔bosqich. Chetlashishlar katta ahamiyatga ega bo‘lmasligi yoki vaqt o‘tishi bilan ulardagi farq kamayishi mumkin (9.2-rasm, 2-soha ‒ muammo kamayishini ifodalovchi uzuq chiziq),u holda hech qanday yangi qaror qabul qilish shart emas. Agar vaziyatning ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar sezilarli bo‘lsa (9.2-rasm, 2-soha,


uzluksiz chiziq), u holda rahbar bundan ogoh bo‘lishi lozim.


3۔bosqich. Rahbar vaziyatning aniq ko‘rsatkichlarini rejadagi (maqsad qilingan) ko‘rsatkichlar bilan solishtirishi va muammoning holatini aniqlashi kerak. Eslatib o‘tish joizki, muammo, mavjud vaziyat hamda maqsadda ko‘zda tutilgan


ko‘rsatkichlarning o‘rtasidagi farq sifatida baholanadi. Bunday ko‘rsatkichlar sirasiga topshiriqlarni bajarishga ketgan vaqt, ularni bajarish sifati, xodimlarning intizomi, boshqaruv faoliyatining samaradorligi, buyurtmachilar va ta’minotchilar bilan tuzilgan shartnomalar holati va boshqalar kiradi.


4۔bosqich. Rahbar muammoning asosiy ko‘rsatkichlaridagi og‘ishlar, o‘zgarishlarning ruxsat etilgan qiymatlardan ustuvor jihatlarini aniqlashi kerak. Rahbar eng muhim o‘zgarishlar yuzasidan yuqori turuvchi rahbarlar va xolis manfaatdor shaxslar uchun tahliliy xulosa tuzishi, unda og‘ishlarning sabablari va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar qayd etilishi lozim.


5-bosqich. Ustuvor chetlashishlar, og‘ishlarni aniqlash maqsadida tahliliy xulosa yuzasidan manfaatdor tomonlar bilan kelishiladi.


6-bosqich. Rahbar muammoning rivojlanishidagi salbiy tendensiyalarni kamaytirish uchun qarorning g‘oyasini shakllantirishi lozim. Shundan so‘ng uBQ ni ishlab chiqish uchun maqsadli texnologiyalarning qanday turidan foydalanishni aniqlaydi. Bu uchta texnologiya orasidan birini tanlash orqali amalga oshiriladi: tashabbuskor-maqsadli, dasturiy-maqsadli va reglamentli texnologiyalar.


136
7-bosqich. Tanlangan maqsadli texnologiya uchun BQ ni ishlab chiqishda anjomlar majmuasi sifatida foydalaniladigan protsessor texnologiyalarining tarkibi shakllantiriladi. To‘plam quyidagi texnologiyalardan tuziladi: natijalar bo‘yicha, ehtiyoj va manfaatlar asosida, doimiy tekshiruvlar va ko‘rsatmalar yo‘li bilan, ayrim hollarda, «sun’iy intellekt» asosida, xodimlarishini faollashtirish asosida.

8-bosqich. Rahbar qaror g‘oyasi asosida (6-bosqich) muammoning rivojlanishida og‘ishlarni kamaytirish uslublari va vositalari to‘plamini ishlab chiqadi.


9-bosqich. Rahbar vositalar va usullarning taklif etilgan to‘plami orqali BQ ni amalga oshirishdan kutiladigan natijalarini bashorat qiladi.


10-bosqich. Omadli bashoratlarda rahbar BQni ishlab chiqish texnologiyalarini yuqori rahbariyat tomonidan tasdiqlatadi. Agar bashorat natijalari salbiy bo‘lsa, rahbar 6-bosqichga qaytishi kerak.


11-bosqich. Yuqori rahbariyat tomonidan tasdiqlatish chog‘ida kamchiliklar ko‘rsatilgan taqdirda rahbar BQni ishlab chiqish uchun tanlangan vositalar va usullar to‘plamiga tuzatishlar kiritishi kerak.


12-bosqich. Rahbar bajarilgan ishni vaqtincha chetga surib, qarorning yangi g‘oyasi hakida o‘ylashi lozim. Agar u samaraliroq g‘oya topsa, u holda 6-bosqichga qaytishi kerak. Agar qaror uchun yanada samarali g‘oya topilmasa, qarorni shakllantirish davom ettiriladi.


13-bosqich. Rahbar yoki boshqaruv sohasidagi mutaxassis 6-12 bosqichlarga bir necha qayta murojaat qilishi natijasida olingan bir yoki bir necha qarorlarni baholash mezonlarini tanlaydilar.


14-bosqich. Har bir mezon uchun baholash modeli yoki o‘lchov birligi shkalasi yaratiladi. Natijalar manfaatdor shaxslar bilan kelishiladi.


15-bosqich. Baholash natijalariga ko‘ra rahbar amalga oshirish uchun BQ ni tanlaydi.


16-bosqich. Tanlangan BQ kompaniyaning yuqori turuvchi organlari tomonidan tasdiqlanadi.



137

17-bosqich. Rahbar BQning mohiyatini ochib beruvchi va uning ta’rifini ifodalovchi ish hujjatlarini yaratadi, zarur vositalar va usullar to‘plamini hisoblab chiqadi.

18-bosqich. Rahbar BQni buyruq, ishonchnoma, bitim va h.k. shakllarda yuridik jihatdan rasmiylashtiradi.


19-bosqich. Rahbar BQ ni bajarishga tayyorgarlikni tashkil etadi, shu jumladan, BQ ni bajarishda qatnashayotgan xodimlar o‘rtasida ularning huquq va burchlarini, resurslar va yo‘riqnomalarni taqsimlaydi. BQ ni amalga oshirish jarayonining boshlanishi va yakuniy muddati belgilanadi.


20-bosqich. Rahbar BQ ni amaliy tatbiq qilish boshlanishi haqida e’lon qiladi.


21-bosqich. Rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslar BQ ning bajarilishi yuzasidan oraliq nazorat o‘tkazadilar.


22-bosqich. Qaror tashabbuskoriga vakolatli shaxslar yoki bevosita bajaruvchilar orqali BQ ning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlar yetkazib turiladi.


23-bosqich. BQ ni bajarish natijalari yuzasidan hisobot tuziladi, unga muammoning oxirgi holati to‘g‘risida ma’lumotlar va uning keyingi rivojlanishiga doir bashoratlar(yaxshi va noxush)kiritiladi.


24 -bosqich. Rahbar keyinchalik foydanish uchun topshirilgan tuzilma bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga BQ ning shakllanishi borasidagi barcha ko‘rsatkichlarni batartib holda kiritishi lozim.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling