Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq


Download 197.83 Kb.
bet8/11
Sana01.03.2023
Hajmi197.83 Kb.
#1239849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
271 10.12.2008

xavf tahlili — xavflarni aniqlash (identifikatsiyalash) va baholash jarayoni;
xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi — avariya xavfini har tomonlama baholash natijalari, avariyalarning oldini olish va sanoat xavfsizligi me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektining foydalanishga tayyorligi tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning yetarliligi tahlili, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish natijalari ko‘rsatilgan hujjat;
xavfli modda — o‘zining fizik, kimyoviy, biologik yoki toksikologik xossalariga ko‘ra odamlar hayoti va salomatligi uchun, shuningdek atrof tabiiy muhit uchun xavf tug‘diradigan modda;
xavfli ishlab chiqarish obyekti — quyidagi xavfli moddalar:
1) portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‘z-o‘zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar, funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari;

Download 197.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling