Xavoda qotuvchi bog`lovchi materiallar. Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari. Olovbardosh materiallar


Keramik buyumlarga rasm tushirish va glazurlash


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana13.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1349387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 maruza. Xavoda qotuvchi boglovchi materiallar.

Keramik buyumlarga rasm tushirish va glazurlash 
Pishirilgan buyumlarga quyidagi usullarda rasm tushiriladi: qo‘lda chizish, 
trafaret va pulvezator yordamida buyash, shtamp yordamida buyash, dalkomaniya 
va fotokeramika. 



Bulardan eng ko‘p tarqalgan usul-dalkomaniya, undan rasm tushurilgan 
qog‘ozga keramik kraska bilan chiziladi, keyin u buyumga o‘tkazish yo‘li bilan 
o‘tkaziladi, so‘ng buyumga maxsus usulda ishlov berilib, quritilib, keyin pishiriladi. 
Fotokeramika usulida pishirilgan, asosan glazurlangan buyumga o‘ta sezgir 
qatlam surkaladi va rasm fotosuratlanadi, keyin buyum past temperaturada 
pishiriladi. 
Keramik kraskalar sifatida asosan har xil metallar oksidlaridan va tuzlaridan 
foydalaniladi. Temir oksidi ko‘p toblanish beradi-och sariqdan qoramtir-
qung‘irgacha, xrom oksidi-yashil, xrom oksidi bilan kaliy oksidi – binafsha qizg‘ish. 
Ba’zi keramik buyumlar yuzasiga glazur beriladi, undan buyum yuzasi gaz va 
suv o‘tkazmaydi, qattiqlanadi, yarqiraydi va kimyoviy taosirlarga turun 
bo‘ladi.glazur yupqa qatlam qilib beriladi, ular shishasimon slikatlardan iborat. 
Glazurni erish temperaturasi keramik buyumni erish temperaturasiga mos kelishi 
kerak. SHuning uchun glazurlar ko‘pchilik eruvchan qo‘shimchalar, masalan dala 
shpati qo‘shiladi. CHinni glazur tarkibi: % 
Kaolin - 9 
Kvars - 27 
Dala shpati - 64 
Glazur va sopolni issiqlikdan kengayish koeffitsienti bir xil bo‘lishi kerak. Aks 
xolda pishirish vaqtida glazur chatnaydi. 
Buyumlarga glazur har usullarda beriladi. Buyum glazurli idishga botiriladi, 
buyumni ustidan quyiladi, shetka yordamida chiziladi, pelevezator yordamida 
sochiladi. 
Buyumlar glazurlar bilan pishirilguncha yoki pishirilgandan so‘ng ham 
qoplanishi mumkin. CHinni va fayans pishirilgandan keyin glazurlanishi mumkin. 
Tosh buyumlar uchun tuzli glazurlar ishlatiladi. Unda natriy bulari taosirida 
buyum yuzasida glazur hosil qilinadi. Pishirish jarayoni tugashdan oldin pes 
olovxonasiga bir muncha miqdorda natriy xlorid tuzi tashlanadi, tuz parchalanib, 
uning bulari kremniy va ammoniy brikmalari bilan reaksiyaga kirishib va suv bulari 
bilan natriyning silikatlari va alyuoslikatlar hosil qiladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling