Xavoda qotuvchi bog`lovchi materiallar. Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari. Olovbardosh materiallar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana13.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1349387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 maruza. Xavoda qotuvchi boglovchi materiallar.

Buyumlarga shakl berish 
Tayyor keramik massa shakl berish uchun keltiriladi. Keramik buyumlarga 
quyidagi usullarda shakl beriladi-mayinlash usuli keramik buyumlar mayin 
(hamirsimon) holatga chinni va fayans buyumlar, sopol trubalar izalyatorlar va x.k. 
ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. 
YArim quruq usuli – keramik massani presslash (g‘isht, bezak, plitalar va 
x.k).
Quyish –unda maydalangan keramik massadan tayyorlangan suspeziyadan 
murakkab shakldagi buyumlar quyish. Bu operatsiya qo‘yidagicha bajariladi – 
keramik massani suv bilan ajratilib, qaymoq quyiqligi holatiga kelgungacha 
aralatiriladi, keyin qalin devorli gips qolipga quyiladi. Suspeziya tarkibidagi suv



gips qolipga suriladi, natijada qolipda qattiq pusloq hosil bo‘ladi. Buyum quriganda 
uni hajmi kamayadi, natijada buyum engilgina kuchadi. 
Mashinada shakl berish - bunda shakl berish lentali yoki yashikli press 
yordamida amalga oshiriladi.
SHakl berilgan keramik buyumlar tabiiy yoki sun’iy quritiladi, keyin ular 
maxsus pechlarda pishiriladi. Keramik buyumlar tayyorlashda, pishirish eng 
ma’suliyatli jarayon hisoblanadi. unda murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar ruy 
beradi. Keramik massadan namlik chiqarilib, undan qattiq buyum tayyorlash uchun 
ma’lum issiqlik rejimi bo‘lishi talab etiladi. Bu rejimga rioya kilinmaslikda buyum 
chatnashi, undan chianok hosil bo‘lishi, uni qiyshayishi yoki tayyor buyum erib 
ketishi mumkin. Har xil buyumlar uchun maksimal pishirish temperaturasi har xil 
bo‘ladi. 
Oddiy g‘isht 900-1100
0
S da o‘tga chidamli g‘isht 1300-1500
0
S da, kislataga 
chidamli buyumlar 1250-1350 
0
S da, magnezitli g‘isht 1550-1680
0
S temperaturada 
pishiriladi. 
Keramik buyumlarni pishirish 
Keramik buyumlar doiraviy va tunelli pechlarda pishiriladi. Ulardan doiraviy 
pech keng tarkalgan. Pech 16-ta kameraga bo‘lingan kanaldan iborat. Har bir kamera 
markaziy muri bilan boglangan. Ishlayotgan pechda uchta zona bor:

qizdirish 

pishirish 

sovutish zonalari.
Agar 16-kamerali pechlarda tula pishirish jarayoni 7 sutkadan iborat bo‘lsa, u 
xolda pech qo‘yidagicha ishlaydi. Kameralardan buyum olib chiqilayotganda,
kameralarda pishirilgan buyum sovutiladi. 
Buning uchun bu kameralardagi havo suriladi, buyumlarni sovutish bilan 
birga havo isiydi. Isigan havo va kameralarga kiradi, chunki bu vaqtda bu 
kameralarda maksimal temepaturada kuydirish jarayoni ketadi. Issiq yonish 
maxsulotlarini kameralarga kiradi, bu erda asta-sekin isitish va xul buyumlar 
quritiladi, gazlar kamera trubasidan chiqib ketadi. Bu vaqtda va kameralarga yangi 
buyumlar quyiladi. 
Doiraviy pechlarda qarama-qarshi oqim prinsipi qo‘llangan, shunga qaramay 
yonilg‘i sarfi, pishirilayotgan buyumlar og‘irligini 10-20% ni tashkil qiladi. 
Ko‘p kamerali tunelli pechlar ham keng tarqalgan. Bu pechlarda kameralar bir 
qator qilib joylashtirilgan, umumiy kanalda pishirilayotgan buyumlar ortilgan 
vagonetkalar harakatlanadi. Tunelli pechlarda ham isitish, pishirish, sovutish 
zonalari bor. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling