Xavoda qotuvchi bog`lovchi materiallar. Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari. Olovbardosh materiallar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 maruza. Xavoda qotuvchi boglovchi materiallar.
CHinni va fayans CHinni va fayans bir-biridan fizik xossalari bilan farq qiladi: chinni zich kesimli, fayans esa g’ovak kesimli bo‘ladi. CHinni va fayans buyumlar odatda glazur bilan qoplaniladi. Kimyo sanoatida kislotaga va ishqorga chidamli, hamda mexanik mustaxkam, termik chidamli va o‘tga chidamli bulganligi uchun chinni buyumlar keng qo‘llaniladi. CHinni va fayans ishlab chiqarish uchun tayyorlanadigan shixta tarkibiga mayinlashtiruvchi (kaolin, oq loy), ozdiruvchi 9kvar, kuydirilgan loy, chinni siniqlari) va eruvchi (dala shpati va x.k) moddalar kiritiladi. CHinni buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni oddiy keramik buyumlar tayyorlash texnologiyasidan xom-ashyoni sifatli tayyorlash uni yaxshi maydalash, mayinlashtiruvchi va daallashtiruvchi materiallarni yaxshilab aralashtirish bilan farq qiladi. 10 SHakl berish operatsiyasi mayinlashtirish, quyish yoki sovuq shtampovka usulda amalga oshiriladi. CHinni buyumlar bir-biridan pishirish temperaturasiga qarab farq qiladi: qattiq chinni 1350-1400 0 S da yumshoq chinni 1200-1350 0 S da pishiriladi va unda qattiq chinniga qaraganda eruvchi moddalar ko‘proq bo‘ladi. Qattiq va yumshoq chinni tarkibi (%, og‘ir) Qattiq chinni Yumshoq chinni Kaolin 50 25-40 Kvars 25 30-45 Dala shpati 25 30-35 Yumshoq chinnidan asosan xujalik idishlari, badiy buyumlar, past voltli izalyatorlar ishlab chiqariladi. Qattiq chinni asosan kimyoviy idishlar, yuqori voltli izalyatorlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Fayans ham qattiq ham yumshoq bo‘ladi. Yumshoq fayans zichligi kamligi va yumshoqroq kesimi bilan farq qiladi. Odatda yumshoq fayans (80%) mayin loydan va (20%) kvarsdan tayyorlanadi. Eruvchan modda axyon-axyonda qo‘shiladi. YUmshoq fayansdan ovak idishlarva filtrlar, hamda xujalik idishlari tayyorlanadi. Qattiq fayans (45-55%) loydan va (25-30%) kvars kumidan, hamda unga 10% gacha siniq sopol va 5-8% dala shpati qo‘shiladi. Kattiq fayansning glazurlangan plitalar va sanitar-texnika buyumlari ishlab chiqariladi. Keramika va shisha, bog‘lovchi modda hamda elektron texnikasi mahsulotlari (o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlardan tashqari)ning deyarli asosiy belgilari, ayniqsa, ishlatiladigan xom ashyo turi, ishlab chiqarish usuli va texnologik parametrlari jihatidan bir-biriga o‘xshab ketadi. Bunday deyish, albatta materiallarni ishlash vositalari va usullari bobida hech qanday o‘zgarish yo‘q degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Ammo farq ko‘proq ishlab chiqarilgan materiallarning xossalariga kelib taqaladi. Olingan modda kimyoviy muhitga beqaror va barqaror, o‘tga nisbatan bardoshli yoki chidamsiz, xira hamda shaffof bo‘lishi mumkin. SHu sababli keramika va shisha, bog‘lovchi modda hamda elektron texnika mahsulotlari (dielektrik va magnit materiallar)ni ishlatuvchi sohalar ham xilma xil. U ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda, fan, qurilish va qishloq hujaligida keng ko‘lamda ishlatiladi. Buninig asosiy sababi-ularning bir qancha muhim texnikaviy xossalarga egaligidir. Ular siqilish va cho‘zilishda yuqori mustahkamlikka egadirlar, yonish, chirish va zanglash nimaligini bilmaydi. Elektr toki, issiq va sovuqqa chidamli, tovush o‘tkazmaydigan hamda kimyoviy moddalar ta’siriga barqaror materiallardir. Yangi keramika va shisha, bog‘lovchi va elektron texnika vositalarining ko‘plab ishlab chiqarilishi, ularga jaxon bozoridagi talabning kun sayin oshib borishi ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini ham kengaytirish zaruriyatini tug‘dirdi. Kaolin, bentonit, lyoss, shpati, qum, magnezit, ohaktosh, dolomit, soda, potash kabi an’anaviy moddalar o‘z mavqeini saqlab qolgan holda xom ashyo bazasi soni tabiiy va sun’iy birikmalar hisobiga oshdi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling