Xavoda qotuvchi bog`lovchi materiallar. Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari. Olovbardosh materiallar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana13.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1349387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 maruza. Xavoda qotuvchi boglovchi materiallar.

 
 
 


11 
3. Olovbardosh materiallar, ularning turlari, xossalari va ishlatilishi. 
O‘tga chidamli materiallarning muhim guruhiga alyumosilikatli materiallar 
kiradi. Ular tarkibiga qarab yarim nordon (65 % dan ko‘proq SiO
2
va 30 %dan 
kamroq Al
2
O
3
), shomotli (30-45% Al
2
O
3
) va glinozyomliga (aluminiy oksidli 4 
5% dan ko‘proq Al
2
O
3
) bolinadi. 
Bulardan eng ko‘p ishlab chiqariladigan shomotli o‘tga chidamli materiallardir. 
Uni olish uchun asosiy xomashyo o‘tga chidamli giltuproq - kaolin (Al
2
O
3
-2SiO
2
-
2H
2
O ) bo‘lib tarkibida kvars (SiO
2
- minerali), organik moddalar va boshqalar 
bo‘ladi. Xomashyo kuydirilib sovutiladi va yaxshilab kukun holiga kelguncha 
maydalanadi. Maydalangan shomot kukuni o‘tga chidamli tuproq bilan 1:1 yoki 
4:1 nisbatda aralashtirilib suv bilan loy qorilib g‘isht tayyorlanadi va qayta 1300-
1450°C da pishiriladi. Pishirilganda kaolin parchalanib mullit hosil bo‘ladi: 
Al
2
O
3
*2SiO
2
*2H
2
O=2H
2
O+Al
2
O
3
*2SiO
2

3(Al
2
O
3
*2SiO
2
)=3Al
2
O
3
*2SiO
2
+ 4SiO
2
Mullit 
Bu reaksiyada ajralib chiqqan SiO

xomashyo tarkibidagi begona aralashmalar 
bilan biiga qo‘shilib suyuqlanadi va mullit zarrachalarini bir-biriga boglaydi
yopishtiradi. Bunday shomot g‘ishtlari 1600 - 1750°C gacha o‘z mustahkamligini 
saqlaydi. U kislotali va asosli shlaklarga hamda suyuq shishaga chidamli bo‘ladi. 
Binolarning old tomoni devorini bezash uchun ishlatiladigan g‘ishtlar va 
plitachalar xom shomotli materiallarga kiradi.
Glinozyomli materiallar ham shomotli materiallardek tayyorlanadi. Bunda 
xomashyo sifatida sillimonit va kianit (Al
2
O
3
*SiO
2
) minerallari yoki o‘tga 
chidamli tuproqqa glinazyom (Al
2
O
3
) qo‘shib foydalaniladi. Bunday ghshtlar 
1750—1950°C gacha chidamli bo‘ladi. Glinozyomli g‘ishtlar asosan 
elektropechlar, shisha suyuqlantirish pechlari va tunnel pechlarini qurishda 
ishlatiladi. 
Keng tarqalgan o ‘tga chidamli materiallardan yana biri dinasdir. Dinas 
tarkibida 93 %dan kam kvars (SiO
2
) saqlamaydi. Kuydirilganda boshqa 
minerallarga(tridimit va kristobalitga) aylanadi. Dinas xomashyosi kvarsit bo‘lib, 
u kuydirib, maydalanib va elanib olingach bog‘lovchi materiallar: aluminiy oksidi, 
tem ir oksidi va boshqalar qo‘shiladi, so‘ngra suv qo‘shilib loy qoriladi va 
mexanik presslash mashinalarida shakl berilgach buyum kuydiriladi. Kuydirish 
jarayoni juda ehtiyotkorlikni talab etuvchi operatsiyadir. Kuydirganda hajmning 
ortishi bilan jarayon, ya’ni kvarsning polimorf o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Natijada 
tridimit va kristobalit hosil boladi. Kuydirish paytida 3 - 4 sutka davomida harorat 
sekinlik bilan bir tekisda oshirib boriladi. 
Sovutilganda ham bir tekisda ohistalik bilan 3—4 sutka mobaynida sovutiladi. 
Dinas nordon g‘isht bo‘lib, nordon shlaklaiga juda chidamli boladi. Uning o ‘tda 
chidamliligi 1690-1730°C gacha bo‘ladi. U asosan, shisha pishirish pechlari va 
koks pechlarini qurishda ishlatiladi. 
Magnezit g‘isht uchun xomashyo magnezitdir (MgCO
3
), u kuydirilganda 
magniy oksidga aylanadi, so‘ngra unga yopishtiruvchi moddalar (sulfat —spirtli 
barda, spirtni haydaganda qoladigan qoldiq, spirt ishlab chiqarish mavzusiga 


12 
qarang) qo‘shilib, 1600—1750°C da kuydiriladi. 
Magnezitli g‘ishtlar asosli bo ‘lib, asosli shlaklar ta ’siriga yaxshi chidaydi. 
Uning o ‘tga chidamliligi (2300-2500°C ga teng bo‘lib, asosan elektr pechlari va 
marten pechlarini qurishda ishlatiladi.
Dolomitli g‘ishtlar magnezitli g‘ishtlar kabi tayyorlanadi. Uning xomashyosi 
dolomitdir (CaCO
3
*MgCO
3
). Xromomagnezitli g‘ishtlaming tarkibi asosan 
xromit (FeCr
2
O
4
) va magniy oksididan (MgO) iborat bo‘ladi. Ular kimyoviy 
ta’sirotlarga chidamli bo‘lib, 2000°C dan yuqoriroq haroratga chidaydi va asosan 
metallurgiya sanoatida ishlatiladi. 
Koroundli o‘tga chidamli materiallar asosan aluminiy oksididan 
iboratdir.(A1
2
O
3
s.t. 2050°C). Bunday materiallar haroratning keskin o‘zgarishiga 
chidamli bo‘lib, ulardan tigellar (shisha suyuqlantirish pechlari tayyorlanadi. Ular 
yuqori harorat va kislotali shlakka chidam li bo‘lib, asosan quyuv qoliplari, 
retortalar, elektr pechlarining ichki qoplamlari tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Sirkoniy oksidi ( ZrO
2
s.t. 2687°C) va toriy oksidi (ThO
2
s.t. 3050°C) asosida 
tayyorlangan materiallar eng yuqori o ‘tga chidamlilik xossasiga ega bo‘ladi. Ular 
asosan rangli metallurgiyada tigellar, quvurchalar, qayiqchalar va hokazolar 
tayyorlashda ishlatiladi. 
Uglerodli o‘tga chidamli materiallar, maydalangan koksni toshko ‘m ir 
smolasiga aralashtirish yo ‘li bilan tayyorlandi. U qizdirilganda suyuqlanmaydi. 
Bunday materiallar domna pechlarida, rangli metallurgiya pechlarida hamda 
aluminiy suyuqlantirilib olish elektrolizyorlarini tayyorlashda ishlatiladi. 
Nisbatan keng tarqalgan va eng ko‘ ishlab chiqariladigan keramik materiallarga 
qurilish gishtlari kiradi. 
Qurilish g‘ishtlari uchun xomashyo ko‘p uchraydigan, keng tarqalgan, oson 
suyuqlanuvchi tuproq bo‘lib, uning tarkibi 53— 81% SiO
2
, 7 -23 % Al
2
O
3
, 2 -8 % 
Fe
2
O
3
, 14% gacha CaO va ozroq miqdorda MgO hamda ishqoriy metallarning 
oksidlari va boshqa aralashmalardan iborat bo‘ladi. G ‘isht aralashmalardan iborat 
bo‘ladi. G ‘isht kuydirilganda temir birikmalari oksidlanib gishtga qizil rang beradi. 
Agar tuproq tarkibida qum kam bo‘lsa, unday tuproqdan tayyorlangan materiallar 
pishirilganda «o‘tiradi», ya’ni hajmi kichrayib yoriladi, nuqsonli bo‘ladi. Shuning 
uchun ham g‘isht tayyorlash uchun tuproqqa ko‘pincha qum qo‘shiladi. 
Keramik buyumlarni tayyorlash uchun avval tarkibida barcha zarur elementlari 
bo‘lgan xomashyodan loy tayyorlanadi. Olingan loyga biror-bir shakl beriladi. 
Loyga shakl berish ikki usulda amalga oshiriladi: plastik usul va yarim quruq usul. 
Plastik usulda shakl berib g‘isht olish uchun tuproq qum bilan aralashtirilib 18-
25% gacha suv solinib, loy tayyorlanadi. Bujarayon turli xildagi aralashtirgichlarda 
amalga oshiriladi. Shakl berish lentali presslash mashinasida olib boriladi (79- 
rasm). G ‘isht loyi mashinaga qadaq(l) orqali kiradi. So‘ngra shnek (3) loyni surib 
presslash mushtugi(4)ga (nayga) o‘tkazadi. U erda loy yana qo‘shimcha 
aralashchadi, zichlashadi. Namlagich (5) dan mushtukni ho‘llash uchun suv berib 


13 
turiladi (loy tiqilib qolmasligi uchun). Mushtukda lenta (tasma) shaklini olgan loy 
kesuvchi mashina(6) bilan yoki qo‘lda g‘isht shaklida kesiladi. 
 
Tayyor bo‘lgan g‘isht avval tabiiy holda ochiq havoda yoki maxsus 
quritgichlarda quritiladi. Maxsus quritgichlaming takomillashgan turi tunnelda 
(yer ostidagi joylar va yertolalarda) quritishdir. Tunnelning uzunligi 50 m bo ‘lib, 
uning bir tomonidan yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan issiq gazlar oqimi 
harakat qilsa, unga qarama-qarshi tomonga qarab xom g‘isht ortilgan vagonchalar 
harakat qiladi. Tunnelda quritishning ustunligi shundaki, bunda ishlab chiqarish 
jarayoni uzluksiz boradi, doimiy rejimda va tez quriydi(bunda g‘isht 2 - 3 kunda 
quriydi). Agar g‘isht loyiga elektrolitlar (tuzlarning eritmalari) qo‘shilsa, tez 
quriydi. G ‘isht pishirilgandan keyingina yetarli mustahkamlikka ega boladi. 
Plastik usulda olingan g‘ishtlar 900—1050°C da yarim quruq usulda olingan 
g‘ishtlar esa 950—1100°C da kuydiriladi. 
G ‘isht yarim quruq usulda ishlab chiqarilganda xomashyoni tayyorlash: 
tuproqni quritish, maydalash va yaxshilab aralash- tirishdan iboratdir. Tuproq turli 
konstruksiyali apparatlarda quritiladi. Ulardan mahsuldorligi yuqori boMgani 
quritish barabanlaridir. U to‘g‘ri oqim prinsipida ishlaydi. Barabanning bir 
tomonidan ham tuproq, ham issiq gaz kiritiladi. Bunda tuproq harorati 110°C dan 
yuqori bolishiga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bundan yuqori haroratda tuproq 
plastiklik xossasini yo‘qotadi. Quritilgan tuproq maydalashga yuboriladi va 
elakda elanadi. Elangan tuproq kukuni kerakli miqdordagi qum bilan aralashtirilib
suv yoki bug‘ bilan (8 —12% gacha) nam lanadi va shakl beriladi. Bu ishlarning 
barchasi m exa- nizatsiyalashtirilgan. Presslashda yuqori bosimni (107- 2 ,5 • 107 
n / m 2) q o ‘llash g‘isht sifatini oshiradi, chunki bunda tuproq zarrachalari yuqori 
darajada zichlashadi. 
Mexanik presslash mashinalarining mahsuldorligi soatiga 5 ming dona g‘ishtga 
teng. Lentali presslash mashinasining mahsuldorligi esa 10 ming dona soatga teng. 
Yog‘och qipiqlari aralashtirib tayyorlangan ghshtlar ham muhim ahamiyatga 
ega bo‘lib, pishirilganda qipiqlar yonib ketishi tufayli g‘ovak ghshtlar hosil 
boladi. Bunday g‘ovak g‘ishtlar issiqlikni yaxshi saqlab turish (izolyatsiyalash) 


14 
xossasiga ega bo ‘ladi. Ichi bo‘sh - g‘ovak g‘ishtlar ham keng qo‘llaniladi. Uni 
tayyorlash uchun lentali presslash mashinasining mushtugiga temall steijen 
o‘rnatiladi va steijen g‘isht orasida qolib g‘ovak hosil qiladi. Presslash 
mashinalarida esa steijen loyni bosib unda g‘ovaklar hosil qiladi. Yuqori harorat 
ta’sirida ishlovchi apparatlar va metallurgiya pechlarini qurishda o‘tga chidamli 
gishtlar ko‘p ishlatiladi. O‘tga chidamli gishtlarning issiqlik ta’sirida kengayish 
koeffitsienti kichik boiishi kerak, haroratning keskin o‘zgarishiga chidamli 
bo‘lishi, mexanik mustahkamligini saqlab qolishi, suyuq metall va shlak ta’siriga 
chidamli bo‘lishi kerak. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling