Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar


Download 33.1 Kb.
bet4/10
Sana14.02.2023
Hajmi33.1 Kb.
#1198585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida

BIZNING VATAN
(Eski yo’lda)
Yer yuzinda o’zga bir olam erur bizning vatan,
Boshqa har bir o’lkadan keng, har diyordan kattakon.
Har tomondan yuksalish soriga tashlab zo’r qadam,
Dashtu-sahrosi aning gul-gul ochilmishdir chaman!
Daryosi, avvalgidek, yerdan olib qochmas o’zin,
Chunki poyiga uning mahkam urulmishdir kishan.
Munda mehnat – hurlik olgan, barcha mehnat ahli – hur,
Kimki mehnat qilsa – quvnoq, kimki mehnat qilsa – shan.
Fan bilan mehnat ikovlon qo’l berishkan, ittifoq,
Erkin-erkin yayrashib, ijod etar mehnat va fan!
Yangi jamiyat qurib, dunyoga o’rnak bo’lgali
Barcha mehnat ahli birga, hamma bir jon, bir badan.
Bu vatanni jon bilan saqlashga, Cho’lpon, hozir o’l,
Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan!
1934 yil, avgust.
QO’SHUQ*
(“Xush keldingiz Xorazmga” kuyiga)
Buzib eski turmushlarni,
Bajardingiz zo’r ishlarni;
Ado qiling yumushlarni,
Hormang endi, kolxozchilar!
Oq oltinlar rivojlandi,
Ko’p ishlagan, ko’p qozondi,
Mehnat dushmanlari yondi,
Hormang endi, kolxozchilar!
Intizomni joylang safga,
G’ayrat solib har tarafga –
Erishdingiz zo’r sharafga,
Hormang endi, kolxozchilar!
Qo’lga olib tuproq-konni,
Aziz ko’rib ishlaganni –
Bajardingiz zo’r planni;
Hormang endi, kolxozchilar!
Firqa sizning rahbaringiz,
Buzulmaydi saflaringiz,
Sharaf to’la daftaringiz,
Hormang endi, kolxozchilar!
1933 yil.
BU KUNNING SHOIRI
(Oktyabrning XVII yilligi kunida)
Shoirning qalami ko’ngildan kuch olib
-Shu kunning shaniga –
Har yil bir yangi kuy to’qiydi.
Shu ulug’ kunlarda millionlar oldida,
Muazzam maydonda o’qiydi!
Shoirning ko’nglida barq urgan tuyg’ular
Muazzam maydonlar tuyg’usi!
Cho’llardan jannatlar yaratkan yangi sinf –
Millionlar, millionlar tuyg’usi!
Millionlar tilmochi – yangi sinf shoiri
-Bu kunga bag’ishlab-
Har yil bir yangi kuy to’qirkan,
U kuyni har joyda , har kolxoz a’zosi,
Har sovxoz ishchisi o’qurkan;
Har ishchi dastgoh boshida o’zicha,
U kuyni ohista kuylarkan,
Shoirning o’zini ko’rmagan pioner
She’rining maxtovin so’ylarkan;
Shoir ham millionning bittasi bo’lganin,
Har joyda, har onda sezadi;
“Bu ishim – millionlar ishi!” deb o’ylaydi,
-Va muni-
Ham jonda, ham qonda sezadi!..
1934 yil, noyabr.

Download 33.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling