Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar


Download 33.1 Kb.
bet6/10
Sana14.02.2023
Hajmi33.1 Kb.
#1198585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida

Xitoy motivlari
XIZMATCHI BOLA QO’SHUG’I
(“Tort na’rangni, Xitoy” pessa*sida o’zini
o’ldirayotgan xizmatchi bola aytadi).
Tomirimni hakimlar qachon ko’radi?
Jon oluvchi bo’ronlar qachon yuradi?
Kuz barglari to’kildi: sap-sariq somon!
Yo’qsullarga tiriklik o’limdan yomon…
Bu qorong’i kechalar boylar uchun soz,
Bizdek boyaqishlarga o’lumdan ham noz…
1928 yil.
JAN-ZI
Sholi desang, doirangda, Jan-zi,
Boshoqlari har yonda, Jan-zi,
Boylar har kun osh yesa, Jan-zi,
Kambag’allar hayron-da, Jan-zi.
Qamish baland o’sadi, Jan-zi,
O’sib yo’lni to’sadi, Jan-zi,
Hamma chiqqan, genaral, Jan-zi,
Kambag’alni kesadi, Jan-zi.
1928 yil.
QADOQCHI QO’SHUG’I
(“Hujum” pesasida qashqarlik qadoqchi kuylaydi. “Ushaldi xummorim” kuyiga)
Havolarda quloch otib kelgan turnalar,
Bizning Qashqar ellarindan yo’qmi bir xabar?
Bizning ellar dovonlarning ketida qoldi,
Zolim falak boshimga ayriliq soldi…
Olis yo’llarga qarab telmirgan yorim,
Bu yil qaytay desam, naylay*, yetmas madorim!
Havolarda qatorlashib uchkan** turnalar,
Omonda*** bormi elda qolg’an ota-onalar?,,
1927 yil.
OLISLARGA QARAYMAN
(Lu-Szin-Van; tarjima)
Tug’ilg’an yerlardan ayrilib
Yashayman shu yiroq “San-ba”da.
Bir kuni shipangdan qayrilib
Qaradim: bahor ko’p ozoda…
Tolg’ali soylarning bo’yida
Bir tanish kishini ko’rmasam,
U olis elimning o’yida
Mumkinmi yonmasam, kuymasam?
O’RDAK OVOZI
(Vey In U she’ri; tarjima)
Sevgili yurtimni qoldirib keldim
Yiroqda,.. yiroqda… alla qaylarda.
Ba’zida o’ylayman yonib yuragim:
“Ah, qachon bo’laman o’skan joylarda?”
“Xu-An-Nan” oqshomi…
Kuz fasli…
Yog’mir…
Mung’ayib turaman bolaxonamda.
Tinglayman: uchmoqda tepamda, tomda –
Yurtimdan keluvchi o’rdaklar gur-gur!
1930 yil
TOG’DA TUNADIM…
(Vey In she’ri; tarjima)
Shu yuksak tog’larning boshiga
Uchag’on bulut ham yetolmas.
Har tomon tumanli…
Quyuq nilgunlik…
Ko’zlarni xiralik va parda bosmoqda.
Tong chog’i…
Bir damda minglarcha daraxtda
-Dam ochib, dam yopib-
Nurlarla o’ynar oy.
Sanoqsiz tog’larning ketida,
Kuzlarning musaffo suvlari
Tubanga chopmoqda…
1930 yil
OLTMISHLARGA
(1934 yilda Moskvada Yuqori maktab bitirgan oltmish yigitimizga bag’ishlang’an)
Ey, 60 bahodir,
60 azamat!
Sizga chin ko’nguldan
Olqish va xurmat!
Ey, 60 azamat,
60 kurashchi!
Mashina boshida
Kutadi ishchi!
Ey, 60 kurashchi,
60 bilimdon!
Dalada kutadi
Kolxozchi dehqan.
Siz buyuk o’lkada,
Buyuk ishdasiz!
Tarixda misli yo’q
Qurulishdasiz!
Bukungi kuningiz
Shonli va porloq.
Ertagi kuningiz
Yana shonliroq!
Siz o’qib chiqqansiz
Yaratmoq uchun;
Dunyoni biz tomon
Qaratmoq uchun.
Siz o’qib chiqqansiz
Obodlik uchun.
Yashatish, yashnatish
Va shodlik uchun.
Sizning bilimingiz
– Ish bilan birga,
Sevinchlar sochadi
Osmonga, yerga!
O’shqirib kelmaydi
Fabrikachi boy.
Ishlaysiz ertaning
G’amini qilmay!
Ertaning ipi ham
O’z qo’lingizda.
O’tilmas g’ov yo’qdir
Bu yo’lingizda.
Boringiz, bilakni
Mahkam shimarib,
Yorug’lik sochingiz,
Zulmatni yorib!
Bilimni ish bilan
Yasantiringiz!
Ishni ham bilimga
Xo’p qondiringiz!
Ey, 60 bilimdon,
60 injener!
Ulug’ vataningga
Bilimingni ber!
1934 yil, Iyun.

Download 33.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling