Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar
Download 33.1 Kb.
|
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida
NORIN DARYO
Bosh ko’targan qullar kabi hiddat bilan, Xujum qilgan qo’shin kabi shiddat bilan To’lqinlardan o’rkach otib yuksaklarga, Achchiq bilan o’zni urib tirsaklarga, Och yo’lbarsday na’ra tortib kelishing bor! Asov otday telbalanib yelishing bor! Bir oz to’xtab, dam olishni bilmaysan hech! Hey*, chopasan, yugurasan – ertayu-kech! O’kurishing avj oladi kechalari!! Yuraklarga xavf soladi kechalari! Kechalarning jimligini bitirasan!** Ammo lekin jinnilikni qotirasan! Yo’llaringda och sahrolar entikadi. Tashna tuproq suqi kirib ko’z tikadi! Qurib yotkan ariqlarning ko’zi senda! Ko’p bo’g’inning hasrat to’la so’zi senda! Senda, koshki bir aylanib qarash bo’lsa, Qirg’oqlardan*** holu-ahvol so’rash bo’lsa! Shu oqish-la yuz yillarni oqizg’on – sen! Ko’p bo’g’inni tovutiga yotqizg’on – sen! Senga qolsa shu oqishla yana yuz yil, Yana ming yil, minglarcha yil… Bas endi! Bil: Yuz yillarning ixtiyori senda emas! Odam bugun hech bir kuchka banda emas! Sen, azamat, shunday yerdan o’tasankim, Senga o’xshash uziqora daryolar – jim, O’kurmasdan, bo’kurmasdan oqadilar; Buyruq kutib, qirg’oqlarg’a boqadilar! Sendan asov, sendan yomon daryolar ham Bo’yin egib kelishtilar biram-biram! “Dnepir”ni bilarmiding ? – Bola edi! “Men telbaga kishan bormi, qalay?” derdi. Ozod mehnat bir hamlada ushlab olib, Oz fursatda odam qilib – yo’lga solib, O’z erkida o’ynatadi u telbangni! Shoshma, hali, tizginlaydi bir kun … “Gang”ni…1) Sen mag’rursan! Senga, hali tegmaganlar, Sening temir irodangni egmaganlar. Hali seni po’lat qo’lg’a olmaganlar, Yo’llaringni och cho’llarga solmaganlar, Qurib yotkan ariqlarg’a oqqaning yo’q! Oq oltindan shokildalar taqqaning yo’q! Elektrik yulduzlarni yoqqaning yo’q! Lampa ko’z-la mamlakatka boqqanin to’q! Erta-indin sen jinniga tegajaklar! Irodangni – metin bo’lsin – egajaklar! Seni po’lat qo’llarig’a olajaklar! Yo’llaringni och cho’llarga solajaklar! Qurib yotkan ariqlarg’a oqajaksan! Oq oltindan shokildalar taqajaksan! Elektrik yulduzlarni yoqajaksan! Lampa ko’z-la mamlakatka boqajaksan! Niagara 2) qari, sendan ancha katta, Dnepr ham undan kichik shu fursatda. Niagara ko’pdan beri tizginlangan. Uning asov yelkasiga odam mingan. Faqat uni, bilasanmi, kimning quli? Parrasini aylantirgan kimning puli? Boshqalarning terisini oqizg’anlar, Banklarga pullarini yotqizg’onlar, Yo’qsullarni zuluk kabi so’ruvchilar, Manfa’atka o’zlarini uruvchilar, Birovlarning yelkasida yashovchilar, Millionlarning luqmasini oshovchilar! Dnepr-la sening o’rning undan yuksak! Sizga ega: buyuk mehnat, ulug’ yemak! Sizga ega; o’z kuchi-la ishlovchilar; Luqmasini halol qilib tishlovchilar! Qul zotini ozodlikka boshlovchilar, Xaq kurashga millionlarni tashlovchilar! Ular sizni haq yo’llarda oqizajak, Ko’z nuriday aziz qilib boqizayak! Hech bir kuchni qo’ymayajak teksin sizga! Qong’a botkan qo’llarini egsin sizga! 1934 yil, mart 1) Hindistonda kattakon daryo [Shoir izohi]. 2) Amriqada mashhur shar-shara (shalola) [Shoir izohi].. Download 33.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling