Xi bob. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi
Ishlab chiqarish m iqyosining o'sish id an doim iy ravishda
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
korxona sarf xarajatlari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 - § . F oydaning m azm uni. Foyda norm asi va m a ssa si
Ishlab chiqarish m iqyosining o'sish id an doim iy ravishda
olinuvchi sam ara. Ba’zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta'siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi tafovut juda ahamiyatli boMishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10 foizga o'sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10 foizga ko'payishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo'yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir-oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligida ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 3 - § . F oydaning m azm uni. Foyda norm asi va m a ssa si Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagMar ularning pul tushum lari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichda oMadi: - birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogMda vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo'shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boMmaydi; - ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko'rinishida toMiq namoyon bo'ladi. 352 www.ziyouz.com kutubxonasi Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa. foydaga aylanadi. Bundan ko'rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo'shimcha mahsulot yoki qo'shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki, butun jamiyatda, ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo'shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo'lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo'shimcha mahsulot olingan foydaga miqdoran teng bo'lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining hamda narx mexanizmining o'zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo'shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o'tib ketadi. Odatda, ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boMgan taqdirda foyda oladilar. Demak, Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling