Xi bob. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi


Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana12.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1190622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
korxona sarf xarajatlari 2

Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari — bu mahsulot ishlab 
chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va 
moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab 
chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi* Tovar 
ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida 
namoyon boMadi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = с + v 4- m,
bu yerda: w — ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki 
mahsulot qiymati; s — doimiy kapital; v - o ‘zgaruvchi kapital 
(ishchi kuchi) xarajatlari; m — qo'shim cha qiymat.
Korxona (firma) mahsulotining ishlab chiqarish xarajatlari -
bu korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga 
qilingan barcha sarflari yigMndisidir:
к = s + v.
Uning tarkibiga xom ashyo va materiallar, amortizatsiya, 
ish haqi va boshqa sarflar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda, tovar va xizmatlami ishlab 
chiqarish va iste’molchilaiga yetkazib berishga qilinadigan barcha 
sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom 
ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgM va eneigiya uchun 
qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy 
sug‘urtaga ajratmalar, foiz toMovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
337
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlaming puldagi ifodasi 
mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga boMib o‘iganish mumkin: 
bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1- 
chizma). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita 
ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom 
ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h.k.) tushuniladi. Tovar 
birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir 
qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan 
foyda miqdoriga kam boMadi. Muomala xarajatlari tushunchasi 
tovarlami sotish jarayoni bilan bog‘liq boMib, shu tovarlami ishlab 
chiqaruvchidan olib, iste’molchiga etkazilguncha ketadigan sarflarga 
aytiladi. Ular ikki guruhga boMinadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari 
va sof muomala xarajatlari. Tovarlami o‘rash, qadoqlash, saralash
transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala 
xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab 
chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va 
uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin 
olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling