Xi-xv asrlarda Xitoy Reja
regent (regent.boshqaruvchi
Download 67.67 Kb.
|
Xitoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sin (ya’ni «sof, toza» degani
- Shunchji (Omadli boshqaruv)
- Guansyuy (Ajoyib meros)
- Gomindon (milliy partiya
regent (regent.boshqaruvchi) bо‘lib oladi.
1644 yilning 6 iyunida Pekinni egallaganidan va uni Mukdenning о‘rniga Sin davlatining poytaxti deb e’lon qilgandan sо‘ng Durgan о‘z qо‘shinlarini bir qismini U San-guyga yordamga, boshqa bir qismini Shandun viloyatini egallab olishga jо‘natdi. 30 oktabrda Shunchji yana bir bor Sin davlatining imperatori deb e’lon qilindi. Li-szi-chen 1645-yilda mahalliy feodallar tomonidan dehqonlar harakatini bostirish uchun tuzilgan otryadlarning biri tomonidan о‘ldirildi. 1644 yildan boshlab Xitoyni yangi ajnabiy dinastiya boshqara boshladi. Sin (ya’ni «sof, toza» degani) deb atalgan bu dinastiya Xitoyni 1644-1912 yillarda boshqardi. Shu tariqa Xitoy tarixida manchjurlar Sin sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolaga manchjurlar xoni Nurxachining 9 chi nabirasi Oysingoro-Fumin (Shunchji) u 1636-1644 yillarda Min sulolasini ag‘darib tashlab, 1644-yil Xitoy hududida Sin imperiyasiga asos soldi. Sinlar davrida quyidagi imperatorlar hukmronlik qilgan. Fumin yoki Shunchji (Omadli boshqaruv), Snane yoki Kansi (Gullab-yashnovchi va nur taratuvchi), Yuanchjen yoki Yunchje (Mukammal va adolatli), Xun-li yoki Syanlun (Bukilmas va shuhratli), Yun-yan yoki Szyatsin (Ajoyib va quvonchli), Myan-nin yoki Daoguan (Maqsadga intiluvchi va porloq), U Chju yoki Syanfen (Umumiy tо‘kinchilik), Izay Chun yoki Tunchji (Birgalikda boshqaruv), Szay Tyan yoki Guansyuy (Ajoyib meros), Pu I yoki Syuantun (Umumiy birlik) degan nom bilan boshqarganlar. Bu sulolani 1644 yildan 1912 yilgacha 10 ta imperator boshqargan. Sinxay inqilobi natijasida Sin sulolasi hukmronligi ag‘darib tashlandi va sо‘nggi manchjur imperatori Pu I yoki (Syuantun) 1912-yil 12 fevralda taxtdan voz kechdi. 1912-yil 1 aprelda Sun Yatsen Xitoyda prezidentlik lavozimini Yuan-Shikayga topshirdi. 1912-yilda avgustda Gomindon (milliy partiya) tuzildi.Partiya raisi etib Sun Yatsen saylandi. Manchjuriya dinastiyasi Xitoyda darhol mustahkamlana olmadi. 1645 yilda machnjurlar Yantjou va Nankinni olib, janubga qarab chiqishganida, ularning front orqasida qо‘zg‘olon yangi kuch bilan kо‘tariladi. Xunan, Sichyan, Guansi, Chjetszyan, Funszyan, Shen’si, Gan’su viloyatlarida harakat avj oldi va XVIII asrning 40 yillari oxirigacha davom etdi. Janubiy viloyatlarda ham manchjurlarga qarshi harakat bо‘lib о‘tdi. Tayvan orolida va janubi-sharqda Xitoyning dengiz sohilidagi viloyatlarda manchjurlardan mustaqil bolgan Chjen-Chen-gun va uning о‘g‘li Chjen-Szin boshchiligida mustaqil davlat tashkil topdi. Bu janubiy davlat 30 yildan kо‘proq (1650-1683) yashadi. Chjen-Chen-gun 50-yillarda Nankin shahrini 2 marta qamal qildi. Oxiri-oqibat manchjurlar Chjen-Chen-gun vorislarini Gollandiya floti yordamida tor-mor keltirdilar. Ana shu janubiy davlat 1683-yil mustaqilligi tugatilganidan keyingina Sin davlati о‘zini Xitoyning xо‘jayinini deb hisoblay oldi. Manchjurlar zulmi Xitoy xalq ommasiga og‘ir yuk berib tushdi. Yangi hokimiyatning jazolari natijasida mamlakat xonavayron bо‘ldi. Manchjurlar Xitoylarning milliy tuyg‘ularini tahqirlardilar, ya’ni barcha erkak xitoylarning bо‘ysunganligining ramzi sifatida uzun soch qо‘yib, о‘rib yurishga majbur qildilar. Manchjurlar Xitoyni yakkalab qо‘ydilar. XVII asrning birinchi yarmida yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi davom etdi. Ispaniya Filipinni egallab olganidan sо‘ng, Luson yarim orolida savdo bilan shug‘ullanuvchi 20 mingdan ortiq Xitoy fuqarolarini yо‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik 1639 yilda yana takrorlandi. XVII asrning 20-yillarida Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bо‘ldi. Ular Penxuledao oroliga hujum qildi va Tayvan orolining bir qismini egallab oldi. Gollandlar bilan bir qatorda Angliya ham bu hududlarga о‘z tajavuzkorlik qiziqishlarini bildirdi. Inglizlar Guanchjou hududiga kirib, Xitoy hukumatidan bu yerda savdo qilish huquqini oldilar. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketishar, tamaki va о‘tochar qurollarni esa olib kirardilar. Xitoy hukumati chet elliklarning mamlakatga kirishlarini ta’qiqlagandi. Faqat katolik ruhoniylari bundan mustasno edi. Ular Xitoyni mustamlakaga aylantirish uchun g‘oyaviy zamin tayyorladilar, kо‘p ming yillik madaniyat va an’analarning buzilishiga olib keldilar, boshqa tomondan esa, aholini G‘arb sivilizatsiyasining yutuqlari bilan tanishtirdi, ularni kundalik turmushda qо‘llashga yordamlashdi. XVIII asrda yevropaliklar savdogarlar va mustamlakachilar Xitoy ichkarisiga kirishga harakat qildilar. Asosan portugal va fransuz mustamlakachilari bir vaqtlar manchjurlar ishonchini qozongan edilar va ularga tо‘pchi-instruktorlar va qurol – yarog‘ ustalari bо‘lib xizmat qildilar. XVII asrning II-yarmidan boshlab Xitoyga ingliz, golland va fransuz Ost-Indiya kompaniyalarining vakillari kirib kelishga harakat qildilar, lekin Yevropa mustamlakachilarning bu harakati muvaffaqiyatli chiqmadi. Yangi Sin dinastiyasi mustahkamlanib olgach, Yevropalikning xizmatiga muhtoj bо‘lmay qoldi va ular XVII asrning 60 yillarida mamlakatdan quvib chiqarildi. XVII asr oxirlarida ular Xitoyda о‘z faoliyatlari uchun yana imkoniyat oldilar. Biroq, XVIII asrning boshlarida ular ana haydab chiqarilib, bu gal quvib chiqarish uzil-kesil hal bо‘ldi. XVIII asrda, 1757-yilda Xitoy hukumati birgina Kanton portidan tashqari о‘zining barcha portlarini barcha ajnabiy savdogalar uchun tamomila yopib qoydi. Sin dinastiyasining bu siyosati tufayli, birinchidan, Xitoy chet el kapitalistik ekspluatatsiyasidan bir oz vaqt xoli bо‘lib turgan bо‘lsa, ikkinchidan, Xitoy shu siyosat natijasida tashqi dunyodan tamomila ajralib qoldi, tashqi iqtisodiy aloqalar shu yо‘l bilan qо‘pol va sun’iy tarzda tо‘xtatildi va cheklandi. Bu esa Xitoy hunarmandchiligi, Xitoy manifakturasining Xitoy shahri va Xitoy ichki savdosining rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Download 67.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling