Xi-xv asrlarda Xitoy Reja
(Manchjuriya - hozirgi XXR - sining shimoli -sharqiy (ma’nosi shimoli- sharq)
Download 67.67 Kb.
|
Xitoy
(Manchjuriya - hozirgi XXR - sining shimoli -sharqiy (ma’nosi shimoli- sharq) deb ataladi.
XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda, Ussuriyadan g‘arbroqda harbiy boshliq Aysingioro Nurxasi (Nurxachi), (1559-1626 yillarda yashagan) manchjur qabilalarini birlashtiradi. 1616-1636 yillar Xitoyda manchjurlarning sо‘nggi Szin sulolasi Nurxachi (Nurxasi) 1616-yilda asos soladi va Tay-Szu nomi bilan 1616-1626 yillarda xon (imperator bо‘ldi). Tay-Szuning ishini sakkizinchi о‘g‘li Xuantayszu (1626-1643yillarda boshqargan) va tо‘qqizinchi nabirasi Oysingoro-Fulin (1643-1644 yillarda) davom ettirdi. Bu davlat hukmdori Nurxatsi tez orada Minlar sulolasiga qarshi kurash boshladi, ulardan Lyaodun yarim orolini tortib oldi va 1618-yilda Xitoyga harbiy yurish boshlaydi. Nurxachi vafot yetgach uning vorisi Abaxay (1626-1643) Xitoy hududlarini bosib olishda otasining ishlarini davom ettirdi va katta muaffaqiyatlarga erishdi. 1625- yilda manchjurlar Mukdenni va deyarli butun Lyadun yarim orolini bosib oldilar. 30-yillarda Koreya manchjurlarga vassal qaram bо‘lib qoldi. Kuchsizlashib holdan toygan Min sulolasi manchjurlarga jiddiy qarshilik kо‘rsata olmadi. Manchjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636-yilda Abaxay о‘zini imperator deb e’lon qildi. О‘z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi. Xalq ommasining mamlakatdagi mavjud rejimdan noroziligi kuchayib, oqibatda dehqonlarning katta urushiga aylandi va Min sulolasini halokatga olib keldi. Xitoydagi hukmron tuzumga qarshi dehqonlar isyoni 1622 yili Shandun viloyatida «Oq nilufar» yashirin tashkiloti rahbarligida boshlandi. Dehqonlar harakatining boshlanishiga 1628 yildagi ochlik turtki bо‘ldi. Shensi va Shansi viloyatlarda bu ochlik ayniqsa kuchli bо‘ldi. Bu viloyatlarda boshlangan harakat 1632 yilda markaziy Xitoyning boshqa viloyatlariga ham tarqaldi. Qо‘zg‘olon ayniqsa, Xenan, Xubey, Anxay, Shandun, Sichuan viloyatlarida kuchli bо‘ldi. Dehqonlarning qurolli otryadlarda о‘n minglab qо‘zg‘olonchilar bor edi. Lekin qо‘zg‘olon tarqoq bо‘lganligidan hech qanday natija bermadi. 30 yillarning 2 chi yarmida qо‘zg‘olon harakati bir qadar pasaydi. Qо‘zg‘olonchi oryadlarining bir qismini hukumat qо‘shinlari tor- mor keltirdi. Qо‘zg‘olonchilar orasida Li-szi-chen va Chjan Syanchjunlar qobiliyatli rahbar edilar. Mahalliy aholi ularga ixtiyoriy yordam berardi. Qо‘zg‘olonchilarni faqat Pekin ostonalaridagina tо‘xtatdilar. 1636 yili hukumat, agar qо‘zg‘olon ishtirokchilari о‘z ixtiyorlari bilan doimiy yashash joylariga qaytib borsalar va qurolli qarshilikni tо‘xtatsalar, ular avf etilishi va imperator armiyasida zobitlik lavozimlari va’da qilindi. Imperatorning maxsus farmoni bilan aholidan olinadigan soliq pasaytirildi. Kо‘pgina dehqonlar о‘z uylariga qaytib ketdilar. Qolganlari bu yerda mag‘lubiyatga uchray boshladilar. Qо‘zg‘olon rahbarlaridan biri Chjan Syanchjun Minlar tarafiga о‘tdi. 1639 yili dehqonlar qо‘zg‘oloni yana Xitoyning kо‘pgina hududlarini qamrab oldi, qо‘zg‘olonchilarga Min hukumatidan norozi bо‘lganlar ham kelib qо‘shildi. Ular Xenan va Shensi viloyatlariga yurish qildilar va bu hududlarni egalladilar. Hukumat qо‘shinlarining Manchjuriyaning shimolidagi urushda band ekanligidan foydalangan dehqonlar qо‘zg‘olonining yangi tо‘lqini 1641-yilda yana boshlanib ketdi. Oddiy qishloq temirchisi Li-szi-Chen dehqonlarining yо‘lboshchisi edi. U 1639-yildayoq qо‘zg‘olonchilar katta qо‘shinini tashkil qilishni boshlagan edi. 1640-1643 yillarda u bir qancha yirik shaharlarni bosib oldi hamda Mо‘g‘ulistondan Primoregacha, Xuanxe daryosi vodiysidan Yanszi daryosi vodiygacha bо‘lgan juda katta hududni nazorat qilib turdi, qо‘zg‘olonchilarning poytaxti etib Sian (sobiq Chan’an) shahri tanlandi. 1644 yil boshlarida Li-szi-chen Pekinga yurish qildi va jiddiy qarshilikka uchramagan qо‘zg‘olonchilar aprel oyida poytaxtga kirib keldilar. Bunday sharmandalikka chiday olmagan imperator Chun Chjen о‘z joniga qasd qildi. Imperatorga sodiqlik belgisi sifatida 80 mingga yaqin odam о‘zini-о‘zi о‘ldirdi. Hokimiyatni egallab olgan Li-szi-chen tarafdorlari xalqqa murojaat qilib, ularni xotirjamlikka chaqirdilar. Isyonchilarga qarshi kurashgan bir necha harbiy boshliqlar, imperator xonadonining mahramlari qatl etildi, mol- mulklari musodara etildi. Boy odamlarga katta soliqlar solindi. Li-szi-Chen imperator deb e’lon qilindi, uning eng yaqin kishilari esa oliy martabalarni egalladilar. Yangi davlat apparati Xitoy uchun an’anaviy bо‘lgan sharqona usulda qurildi va о‘z faoliyatida armiyaga suyandi. Qо‘zg‘olonchilar nazorati ostida bо‘lgan yerlar dehqonlar qо‘liga о‘tdi, kо‘plab soliqlar va tо‘lovlar bekor qilindi. Yangi hukumat dehqonlardan soliq olmadi, armiyani va davlat boshqaruv apparatini saqlash uchun zarur mablag‘lar, asosan feodal-yer egalariga, savdogarlar va sudxо‘rlarga kо‘plab soliq solish orqali undirib olindi. Li-szi-Chen Pekinda 42 kun turdi, u poytaxtni tark etishga majbur bо‘ldi. Sababi, Xitoy feodallari, Min dinastiyasining tarafdorlari, dehqonlar harakatining avj olib ketishdan, yangi hukumat tadbirlaridan qо‘rqib, tashqi dushman-manchjurlar bilan til biriktirdilar va ulardan qо‘zg‘olon kо‘targan xalqqa qarshi yordam sо‘radilar. Biroq qо‘zg‘olonchilar Pekinni egallagan paytda manchjur flotida bо‘lgan U San-guy qо‘mondonligidagi Minlar qо‘shini yangi hukumatni tan olmadi. Ular о‘zini manchjur vassali deb tan oldi va manchjurlarga Buyuk Xitoy devori darvozalarini ochib berdi. U San-guy raqiblarining qarorgohiga о‘z elchilarini yuborib, sakkiz marta ulardan yordam sо‘rab murojaat qildi, keyin uning shaxsan о‘zi manchjurlarning qarorgohiga borib, о‘zini ularning vassali deb tan oldi va itoatkorligining belgisi sifatida sochining yarmini qirqtirib tashladi. 1643 yili Abaxay vafot etgach, uning kichkina о‘g‘li Shunchji Bogdixon taxtga о‘tirdi. 1644 yili U San-guy qо‘shinlari Li-szi-chen tarafdorlarini ta’qib etayotgan paytda Manchjur zodagonlaridan biri Durgan Shunchjini Xitoy imperatori deb e’lon qilishning tashabbuskori bо‘ladi, о‘zi esa Download 67.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling