Xitoy tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi


Chet tilni bilish turlari


Download 266 Kb.
bet3/3
Sana18.03.2023
Hajmi266 Kb.
#1282390
1   2   3
Bog'liq
Metodikaning 3-ma`ruzasiga slaydlar (o\'zbekcha)

Chet tilni bilish turlari

  • Aktiv – barcha nutq faoliyati turlarini ona tilidagidek mukammal egallash.
  • Passiv — og‘zaki va yozma tekstni tushuna olish.
  • Aralash bilish – til materialining bir qismini aktiv, boshqa qismini passiv egallaganlik.

Ko`nikma, malaka va bilim

  • Ruhshunoslikda chet tilni egallash ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
  • Ko`nikma ongli holda bajariladigan faoliyatning avtomatlashgan tarkibiy qismidir.
  • Ong ishtirokisiz avtomatlashgan faoliyat malaka deb ta’riflanadi.
  • Bilim tushunchasi chet tildagi nutqda leksika, grammatika va talaffuzni o`zlashtirish va ularga oid sodda qoidalarni bilishni ifodalaydi.

Metodika va ta`limshunoslik

  • Barcha o`quv predmetlarining o`qitish nazariyalari ta’limshunoslik (didaktika) faniga asoslanadi.
  • Metodika mohiyatan, avvalo, xususiy ta’limshunoslik sanaladi, ikkinchi tarafdan, aniq biror chet tilni o`qitishga taqqoslaganda u umumiy metodika fani hisoblanadi. Umuman tillarni o`qitishga doir ilmiy-amaliy mulohazalar yig‘indisi lingvodidaktikani fan sifatida shakllantiradi.

Didaktika ta’limning umumiy nazariyasi

  • metodika muayyan o`quv predmetini o`qitish ilmi
  • lingvodidaktika tillarni o`qitish umumiy nazariyasi
  • lingvometodika aniq bir til (o`zbek, rus, ingliz, xitoy tili)ni o`qitish ilmi sifatida farqlanadi

Til nima?

  • Til deganda, muayyan jamoa ongida o`rin olgan kod/belgilar vositalari va ularning qo`llanish qoidalari yig‘indisi tushuniladi.
  • Tilning asosiy vazifasi kishilik jamiyatida aloqa vositasi bo`lib, u belgilar sistemasidan tarkib topadi.
  • Til tafakkurni rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga o`tadigan madaniy-tarixiy merosni yetkazish vositasi hamdir.
  • Nutq — tilning bevosita voqeligidir.

O’qitishning tilshunoslik asoslari

  • Metodika tilshunoslik yutuqlaridan ijobiy foydalanadi. Nutq namunasi chet til o`rgatishda asosiy birlik hisoblanadi. U tilning leksik, grammatik va talaffuz tomonlarini mujassamlashtiradi va qo`llash yoki idrok etish uchun tayyor hodisa hisoblanadi.
  • O`rganilayotgan til qiyinchiliklari tilshunoslikning tillar aloqasi nomli tarmog‘ining ilmiy natijalaridan ma’lum bo`ladi.
  • E’tiboringiz uchun
  • tashakkur!

Download 266 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling