- Chet til o`qitishning dastlabki bosqichida tovush, so`z va gaplarni avvalambor eshitish va nutqharakat timsollari vujudga keltiriladi, so`ngra ko`ruv va qo`lharakat timsollari hosil qilinadi.
Chet til o’rganishda psixik jarayonlar — diqqat va idrok - Diqqat — ongning muayyan ob’ektga yo`naltirilganligini bildiradigan psixik faoliyat shakli. Uning ikki turi — ixtiyoriy (ong ishtiroki) va ixtiyorsiz (ong ishtirokisiz) diqqat mavjud.
- Idrok – narsa va hodisalar tashqi belgilarining inson ongida aks etish jarayoni. Shaxsning to`plagan tajribasi bilan idrok bevosita bog‘liq bo`ladi(appersepsiya).
Chet til o`rganishda psixik jarayonlar — xotira va tafakkur - Xotira – inson hayotida yig‘ilgan tajribaning in’ikosi, o`rin olishi va saqlanishi. Xotira qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli (doimiy) bo`ladi.Xotiraning ko`ruv, eshitish, harakat va verbal turlari mavjud. Verbal xotira so`z bilan bog‘liq bo`lib, boshqa turlari unga qo`shilgandagina chet til o`rganishda samaradorlikka erishiladi.
-
- Til vositalarini egallash mushohada va idrokdan boshlanib, tafakkur tomon, so`ngra amaliyotga yo`naltirilgan bilish jarayoni ekanligi ruhshunoslikda aniqlangan. Fikr yuritish chog‘ida taqqoslash, tillararo va til ichki munosabatlarini aniqlash, shuningdek, til hodisasining ob’ektiv borliqqa bog‘lanishini ochish kabilar tafakkur zimmasida turadi.
Reseptiv nutq, kommunikant, produsent , resipient - Ifodalangan fikrni idrok etish reseptiv nutq hisoblanadi.
- Fikr bayon etuvchi va idrok etuvchilar kommunikant nomi bilan yagona atamada umumlashtiriladi.
- Kommunikant o`z navbatida produsent (gapiruvchi va yozuvchi — fikr bayon etuvchi) va resipient (fikrni idrok etuvchi — tinglovchi va o`quvchi)larga ajratiladi.
Bir va undan ortiq tilni biluvchilar fanda alohida atamalar bilan nomlangan: - monolingv (bir til egasi)
- bilingv (ikki til biluvchi)
- trilingv (uch tilda fikr almashuvchi)
- poliglot (ko`p tillarni biladigan odam)
Do'stlaringiz bilan baham: |