Xitoy tilida o’qitishda interfaol usullarning roli
2.2. Xitoy tili darslarida “Esse”va “O
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
43 2.2. Xitoy tili darslarida “Esse”va “O ʻ quv portfoliosi” usullaridan foydalanishning samarasi Xitoy tilinio ʻ rganish,undagi iyerogliflarning oʻ zi bir moʻ jiza. Sababiki, xitoy tilini tashkil etuvchi iyerogliflar tushunchasi zamirida bir qancha ma‘no mavjud. Ularning kelib chiqishi, yozilish uslubi, har bir chiziqlari ming yillik tarixga ega. Shunday mo ʻ jizakor iyerogliflarni qogʻ ozga tushirishga undovchi―Esse‖ interfaol usuli 1990-yil yanvarda Rimda o ʻ ylab topilgan. Meksikada esa esse ―nigga‖ deb ataladi. Bu atamadan faqat meksikaliklar foydalanishadi. Morfologik va sintaktik xususiyatlari:es-se. Esse fransuzcha so ʻ zdan olingan boʻ lib, essai — ―tajriba, mashq, xomaki narsa‖. U adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar sistematik ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan nasriy asar.Bu atamaning boshqacha ta‘riflari ham mavjud bo ʻ lib, esse fransuzcha — ―urinish, sinash, ocherk‖ ma‘nolarini beradi. Erkin kompozitsiyali, uncha katta bo ʻ lmagan nasriy asar. 22 Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub ʼ yektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda bo ʻ ladi. Esse uslubi jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo ʻ ladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Lotinchadan ―exagium‖ so ʻ zidan olingan boʻ lib, ―taqqoslash‖ deganidir. Esse adabiy janr bo ʻ lib, uncha katta boʻ lmagan, mustaqil kompozitsiyada yozilgan prozaik inshodir. Esse individual taassurotlarni hamda ijodkorning aniq bir masala yoki predmet haqidagi tushunchasini bildiradi. Bu o ʻ rinda aytib oʻ tish joizki, esse mavzuning traktovkasini aniqlaydigan yoki uni rad etadigan omilga ega emas. Hajm va vazifa jihatidan bir tarafdan ilmiy maqola va adabiy ocherk hisoblanadi. Boshqa jihatdan esa falsafiy asardir. Esse tuzilishi va stilligiga obrazlilik, ofarizmlik, uncha 22 http://uz.wiktionary.org/w/index.php. 44 katta bo ʻ lmagan tafakkur antititligi, ochiqlilik va ogʻ zaki innotatsiya kiradi. Ayrim olimlar bu janrga epos, lirika va dramadan keyin to ʻ rtinchi ijodiy adabiy janrga qaragandek munosabat bildiradilar. Ya‘ni bu janrni adabiyotning to ʻ rtinchi kichik ijodiy janri deyish mumkin. XVIII – XIX asrda esse ingliz va fransuz jurnalistikasida janrlarning ilg ʻ ori hisoblandi. Angliyalik J. Addison, R. Stil, G. Filding, fransiyalik Didro va Volter, germaniyalik Lessing va Gerder essechilikka hissa qo ʻ shgan olimlar hisoblanishadi. Esse janri ingliz adabiyotida XX asrda T. Karleyl, V. Xeelit, M. Arnold, M. Birbom, K. Chestertonlar ijodida chuqur ildiz otib bordi. Rus adabiyotida esse janri harakterga ega emas edi. Esse usulida A.N. Radisheva (―Peterburgdan Moskvaga sayohat‖), A. I. Gertsena (―Sohilgacha‖), F.M. Radisheva (―Yozuvchi kundaligi‖) kabi yozuvchilar ham ijod qilganlar. 23 Essening ayrim ko ʻ rinishlari quyidagilardir: - Biror bir mavzu yoki savolning aniqliligi ya‘ni keng ko ʻ lamli muammoning tahliliga bag ʻ ishlangan asar. Lekin aniqlilik darajasi bilan bu janrda bajarila olmaydi. - Biror bir aniq savol yoki mavzuga oid bo ʻ lgan, ijodkorning individual taassurotlari hamda tafakkurining mahsulidir. Foydaga ko ʻ ra oʻ ziga yangi subyektiv aniqlikka ega bo ʻ lgan biror-bir soʻ z hisoblanadi. - Essening tashkiliy qismida ijodkorning shaxsi, uning dunyoqarashi, o ʻ y-hayoli va hissiyotlari birinchi navbatda baholanadi. Essening tuzilishi va rejasi: I. Muallif muammoga asosan o ʻ z fikrini qisqacha tezis shaklida ifoda etadi; II. Fikr albatta isbotlar bilan mustahkamlanadi, shuning uchun tezis ortidan dalillar keladi. 23 https://ru.m.wikipedia.org/wiki/index. 45 Esse tajriba, dastlabki loyiha, shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri ekan, bunda tinglovchi o ʻ zining mavzu bo ʻ yicha taassurotlari, gʻ oyasi va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi. Esse yozishda hayolga kelgan dastlabki fikrlarnizudlik bilan qog ʻ ozga tushurish, iloji boricha ruchkani qog ʻ ozdan uzmasdan – toʻ xtamasdan yozish, soʻ ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Yaxshi samaraga erishishning yo ʻ li bu – esseda ochiqlik va rostgoʻ ylikdir.Mana shundagina yozilgan essening haqqoniy bo ʻ lishi e‘tirof etilgan. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag ʻ ishlab yozish maqsadga muvofiq. Ba‘zan, ayniqsa tarbiyaviy soatlarda ta‘lim oluvchilarga o ʻ zlariga yoqqan mavzu boʻ yicha esse yozdirish ham yaxshi natija beradi. Bu usul ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o ʻ ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish har tomonlama ko ʻ rib chiqilmaguncha xotirada saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi. Essening yozilishi juda foydalidir. Bu esa o ʻ quvchi-talabagaoʻ zining hayollarini ravon, yorqin va bir tekisda ifoda etishda, ma‘lumotlarni tizimlashda, asosiy tushunchalardan foydalanishda, bu mavzuga aloqador jihatlarni ajratib ko ʻ rsatishda, amaliyotini illustratsiya qilishda va xulosalarni argumentlashda katta ahamiyat kasb etadi. O ʻ qituvchi esa bu usulni dars jarayoniga qoʻ llash bilan bir qatorda o ʻ quvchining bilimini tekshirishga erishadi. Esse yozish davomida grammatika takrorlanadi, so ʻ z boyligi ishga tushadi. Bu esa oʻ qituvchi uchun o ʻ quvchisining har tomonlama bilim darajasini tekshirishga qulay imkoniyat tug ʻ diradi. Esse matniga koʻ ra oʻ quvchining ichki dunyosi, uning ichki kechinmalarini ham anglash mumkin bo ʻ ladi, bu esa oʻ qituvchi oʻ z oʻ quvchisi haqida psixologik tarafdan ham bilib olishiga zamin yaratib beradi. Interfol usullar ichida o ʻ ziga xosligi bilan ajralib turuvchi ―Oʻ quv portfoliosi‖ usuli o ʻ zining bir qator ijobiy jihatlariga egadir. Portfolio italyan tilidan tarjimasi 46 ―hujjatlar bilan papka‖, ―mutaxassis papkasi‖ degan ma‘noni anglatadi. Portfolio – bu asosan o ʻ zining imkoniyatlarini namoyon etishga moʻ ljallangan ishlar toʻ plami. O ʻ quv portfoliosi falsafasi quyidagilarni nazarda tutadi: - ta‘lim oluvchi mazkur mavzu va fan bo ʻ yicha bilmaydi va qila olmaydi deb ta‘kidlash o ʻ rniga u biladi va qila oladigan urgʻ u berish; - baholashning miqdor va sifat bog ʻ liqligi; - pedagogik urg ʻ uni pedagogning bahosidan ta‘lim oluvchining oʻ ziga baho berishiga ko ʻ chirish. Portfolioning asosiy ma‘nosi – ―har bir ta‘lim oluvchi u nimaga qodirligini ko ʻ rsata olishiga imkon berish‖, ular uchun ―oʻ sishga ragʻ batlantiruvchi omil‖ yaratish. Bunda portfolio bir necha funksiyalarni bajaradi: - tashhisli (belgilangan vaqt davomida ta‘lim oluvchilarning bilimlari o ʻ zgarishi va oʻ sishini aniqlaydi); - maqsadli (ular uchun aniq va ahamiyatli o ʻ quv maqsadlari); - mazmunli (ular bajaradigam ishlarning barchasini namoyon etadi); - rivojlantiruvchi (o ʻ quv jarayonini yildan yilga uzluksizligini ta‘minlaydi); - motivasion (ta‘lim beruvchi, ta‘lim oluvchi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlarini rag ʻ batlantirish ); - reytingli (ularning miqdoriy va sifatli shaxsiy yutuqlarini aniqlashga imkon beradi); - refleksiv (ularning o ʻ zlarini rivojlanishlanishlarini baholashlarini rag ʻ batlantiradi, ya‘ni oʻ ziga baho berish va oʻ zini tahlil qilish malakalrini shakllantirish). Portfolioning qanday turlari bo ʻ ladi? Portfolioning birinchi turi – ta‘lim oluvchining muvaffaqiyatlar portfoliosi uch bo ʻ limdan tashkil topishi mumkin: ―hujjatlar‖, ―ishlar‖, ―taqrizlar‖. 47 Hujjatlar bo ʻ limiga shaxsiy oʻ quv yutuqlar – olimpiadada, koʻ rik tanlovlarda va boshqa tadbirlarda qatnashganligi to ʻ gʻ risida hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat, guvohnomalar, shahodatnomaga ilova) va boshqalar kiradi. Bu ularning yutuqlarini ham son, ham sifatini baholash imkonini beradi. Ishlar bo ʻ limi – ta‘lim oluvchining ijodiy, tadqiqotchilik va loyiha ishlarining to ʻ plami, uning oʻ quv va ijodiy faolligining asosiy shakl va yo ʻ nalishlarining tavsifi. Portfoliosning bu boʻ limi berilgan koʻ rsatkichlar bo ʻ yicha sifatli bahoni beradi: toʻ liqlik, turlichaligi, materialning ishonarligi, o ʻ quv va ijodiy faollik oʻ zgarishi, qiziqishlari yoʻ nalganligi. Taqrizlar bo ʻ limi – bu ta‘lim beruvchilar, ota-onalar tomonidan berilgan ta‘lim oluvchining turli faoliyat turlariga aloqadorligi tavsifi va boshqalar, shuningdek, ularning o ʻ z faoliyatini va uning natijalarini yozma tahlili (xulosalar matni, taqrizlar, rezyume va boshqalar). Portfolioning bu qismi ta‘limoluvchining o ʻ ziga baho berish mexanizmini kiritish, bu bilan ta‘lim olish bilan bog ʻ liq jarayonlarning anglanganligi imkonini beradi. Ikkinchi turi – ta‘lim oluvchining shaxsiy rivojlanishi o ʻ sishini ko ʻ rsatuvchi refleksiv portfolio. Portfolioning bu turi ularning maqsadlarini, o ʻ zining oʻ quv ishining borishi va natijalarini tahlil qilish va baholashga asoslangan. Bu papkaga insholar, bayonlar, esse, suratlar, o ʻ zini kuzatish varog ʻ i, oʻ ziga baho berishning turli shakllari (masalan, men oʻ quv jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni qanday yengaman), o ʻ zini kuzatish kundaliklari va boshqalar kiradi. Portfolioning uchinchi turi – muammo-izlanish, maqsadlarni, biror-bir muammo jarayoni va natijalarini aks ettiradi. Portfolioning bunday ko ʻ rinishi ta‘lim oluvchining ishini tahlil – sintez – baholash darajasida ko ʻ rsatadi. Odatda, ishning hajmi va sifati, shuningdek, hal qilinayotgan muammoning murakkablik darajasini aniq ruknlar bo ʻ yicha 48 kuzatish mumkin, masalan: o ʻ rganish uchun adabiyotlar roʻ yxati; mikro- mavzular, muammoli joylari, tadqiqot rejasi; munozarali nuqtai nazarlar; dalillar, sonlar, statistika; sharhlar, aforizmlar; boshqa fan sohalari bilan bog ʻ liqligi; tadqiqot natijalari boʻ yicha xulosalar; tadqiqot metodlari; bashorat va istiqbollar. Bunday portfolioda materialni yig ʻ ish va tizimlashtirish ta‘lim oluvchilarga faqatgina ilmiy ishni munosib o ʻ tkazishni emas, balki ularning ongli qiziqishlarini ilmiy namunalar darajasigacha ―ko ʻ taradi‖. Portfolioning to ʻ rtinchi turi – biror-bir katta mavzu, boʻ lim, oʻ quv kursini o ʻ rganish jarayonida yaratiladigan tematik portfolio. Ish quyidagicha bo ʻ ladi: boshida ta‘lim beruvchi oʻ rganiladigan mavzuni, shuningdek, u bo ʻ yicha nazorat shaklini ushbu mavzu ustidagi ish natijalari boʻ yicha tuzilgan o ʻ zining portfoliosini himoya qilishni e‘lon qiladi. Ta‘lim oluvchilarga boshidanoq fikrlash va anglashning turli darajalarini aks ettiruvchi turli murakkablik darajasidagi vazifalar topshiriladi. Demak, portfolio – bu: - ta‘lim oluvchining shaxsiy yutuqlarini aniqlash yig ʻ ish va baholash usuli; - ularning ishlari va natijalari to ʻ plami; - tizimli, maxsus tashkil qilingan va bilim, malaka, munosabat, salohiyat monitoringi uchun qo ʻ llaniladigan dalil-isbotlar toʻ plami; - ta‘lim subyektining egallagan tajribava yutuqlarini ko ʻ rasatuvchi, turli ma‘lumotlarga ega ishchi fayl papka; Portfolio uchun qo ʻ llash mumkim boʻ lgan ruknlar: - Nazariy monolog: portfolio mavzusi bo ʻ yicha asosiy nazariy mazmun taqdim etiladi. - ―Bu nimani anglatadi?‖: tushuncha terminli lug ʻ at. 49 - ―Mashg ʻ ulot toʻ gʻ risida mulohazalar‖: portfolio mavzusi bo ʻ yicha oʻ quv mashgʻ ulotini refleksiv tahlili. - ―Javobsiz qolgan savollar‖. - ―Yozma ish‖: ta‘lim oluvchining mavzu bo ʻ yicha bajargan barcha yozma ishlari kiritiladi. - ―Darsdagi topshiriqlar‖: agar darsda kichik yozma topshiriqlar berilgan bo ʻ lsa, ular portfolioning alohida ruknini tashkil qilishi mumkin. - ―Zararli maslahatlar‖, ―Menga yoqmaydigan o ʻ quv fanlarini nima birlashtiradi?‖, ―Statistik ma‘lumotlar‖, ―Sharhlar va oforizmlar‖, ―Qonunlar, tamoyillar va qoidalar‖, ―Ta‘lim olishga rag ʻ batlantiruvchi omillar‖. Shaxsiy tajribadan/hayotdan misollar keltirish: ―Mening kashfiyotlarim‖, ―Oxirgi labaratoriya mashg ʻ ulotining siri‖, ―Doʻ stlar ijodiyoti‖, ―Joʻ natilmagan xatlar‖, ―…ni qachon va qayerda qo ʻ llay olaman‖, ―Solishtirma tahlil‖: ―ta‘lim beruvchilar qanday qo ʻ llaydilar, men qanday qoʻ llayman‖ ―Gʻ oyalar banki‖, ―Agar… bo ʻ lsa, nima boʻ ladi‖(farazlar banki), ―Diversant‖: berilgan mavzuga dalillar va qarshi dalillar. ―Muvaffaqiyatga rag ʻ batlantiruvchi omil‖: ish davomida mening yutuqlarimga nima yordam berdi. ―Mavzu shiori‖, ―Mavzu belgisi‖, ―Mavzu reklamasi‖…, ―Izlanish uchun mavzular‖,- ―Parallel olamlar‖: fanlararo va fan ichidagi aloqalar va boshqalar. Portfolio yig ʻ ishni qanday boshlash kerak? Murakkab tuzilmali portfolio tuzishga kirishishning hojati yo ʻ q. Har qanday portfel tuzish jarayoni uch bosqichda boradi: ta‘lim oluvchining barcha ishlari yig ʻ ilgan vaqtda; ularning eng yaxshi ishlari yigʻ ilgan vaqtda; ta‘lim olish samaradorligini ko ʻ rsatish uchun ishlar yigʻ ilgan vaqtda. Portfel tuzishni boshlash uchun, uni tuzish maqsadini, uning turini aniqlash va ta‘lim oluvchilar oldiga vazifa qo ʻ yish kerak. Masalan: ―Chorak boʻ yicha eng yaxshi ishlaringizni yig ʻ ing‖, yoki ―Ushbu oy davomidagi barcha yozma 50 ishlaringizni yig ʻ ing‖. Mana shu oʻ quv jarayoniga portfelni joriy etishda birinchi qadam bo ʻ ladi. Nimalarni e‘tiborga olish kerak? 1. Har bir ta‘lim oluvchiga portfolio to ʻ ldirish nima uchun kerakligini tushunarli bo ʻ lishi kerak. 2. Portfolio turini tanlash (ta‘lim beruvchi tomonidan berilgan yoki ta‘lim oluvchi o ʻ zi tanlagan boʻ lishi mumkin). 3. Ruknlar nomi va tuzilishini tanlash (ta‘lim oluvchilarga portfolio tuzilishini ko ʻ ra olishlariga, har bir ruknning mazmunini va vazifasini tushunish hamda ishlarni qayerga va qaysilarini yig ʻ ishga oydinlik kiritadi). 4. Topshirish muddati va portfolio ustida ishlash vaqti: darslarda, mustaqil ish vaqtida. Uy vazifasini tayyorlash vaqtida. 5. Ruknlarning umumiy soni; ulardan majburiysi- qancha. 6. Baholash usullari. Portfolioni baholash mezonlari. Odatda, ta‘lim oluvchilar bilan birgalikda aniqlanadi, lekin faqat ta‘lim beruvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Mezonlar to ʻ plami oʻ quv predmetining xususiyatlariga, uni oʻ zlashtirsh maqsadlari, oʻ qitish sharoitlari va boshqalarga bog ʻ liq. Lekin har qanday vaziyatda, mezonlar sifatida quyidagilarni ko ʻ zda tutish tavsiya etiladi: majburiy rukn va xulosalarning mavjudligi; ishning tadqiqot metodlarini qo ʻ llash; portfolioning loyihalash harakterdaligi; mazmunning ―shaxsiy bog ʻ liqligi‖; ish sifati; portfolioning ta‘lim oluvchi uchun foydaliligini tahlili. B. Blum taksonomiyasi asosida mezonlar va klassifikatsiyani ishlab chiqish mumkin. Har bir vazifa turi murakkablik darajasiga qarab avvaldan belgilangan ball bilan baholanib, ta‘lim oluvchiga e‘lon qilinadi. Maqsadlar bosqichlari bo ʻ yicha vazifalar quyidagi tarzda boʻ ladi: - yangi materialni qaytatiklash(atamalar, dalillar, tushunchalar, qoidalarni). Agarda ta‘lim oluvchi atamalarni to ʻ gʻ ri qayta tiklasa va qoʻ llasa, aniq dalillarni, tushunchalar, qoidalarni bilsa maqsadga erishilgan deb hisoblanadi; 51 - o ʻ rganilgan hodisani, uni interpretatsiyasi va qayta tiklanishini tanish; - bilimlarni amaliyotda (qoidalar, nazariyalar), ya‘ni yangi sharoitlarda qo ʻ llash; - material tahlili,ya‘ni alohida elementlarga ajratish va ularning o ʻ zaro aloqasi mantiqinin o ʻ rnatish. Agarda ta‘lim oluvchi yaxlit bir butunning qismlarini, fikrlash mantiqidagi kamchiliklarni ko ʻ ra olsa maqsadga erishilgan hisoblanadi; - alohida elementlarni yangi yaxlitga birlashtirishni bilishni ko ʻ zlagan sintezga asoslanish. Agar ta‘lim oluvchilar ijodiy ishlar yozsalar, muammo portfolio ustida ishlashninghisoblanadi; - belgilangan mezonlar bo ʻ yicha biror-bir hodisalarni baholash. Agar ta‘lim oluvchi mezonlarni ajrata olsa va ulrga amal qilsa, mezonlar turlarini ko ʻ ra olsa, dalillar va baholash mulohazalari orasidagi farqlarni ajrata olsa maqsadga erishilgan hisoblanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling