Xitoy tilida o’qitishda interfaol usullarning roli
Xitoy tili o ʻ qitishda ‖Rolli oʻ yinlar‖ va ―Zig-zag‖ interfaol usullariningahamiyati………………………………………………………………… ………….29 2.2
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
2.1.Xitoy tili o
ʻ qitishda ‖Rolli oʻ yinlar‖ va ―Zig-zag‖ interfaol usullariningahamiyati………………………………………………………………… ………….29 2.2.Xitoy tili darslarida ―Esse‖va ―O ʻ quv portfoliosi‖ usullaridan foydalanishning samarasi……………...................................................................................................38 Umumiy xulosalar………………………………………………………………….50 Foydalanilgan adabiyotlar ro ʻ yxati……………………………………………….53 6 Kirish Jamiyatimiz XXI asr bo ʻ sagʻ asida buyuk oʻ zgarishlarga yuz burdi: ma‘naviy-ma‘rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik sohalardagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa ta‘lim-tarbiya jarayonlarini pedogogik texnologiyalar ―rels‖iga o ʻ tkazish erkin Shaxsni tarbiyalash muammosi bilan chambarchas bog ʻ liq. Bu pedogogik voqelik oson kechmaydi: bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan o ʻ qitish tizimini qat‘iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirmoq lozim. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari- bilim, ko ʻ nikma va malaka, ijodiy faoliyat tajribalari – ma‘lum pedagogik tizim doirasida kechadigan pedagogik jarayon mahsulidir. Ana shu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sug ʻ orish – mazmunini takomillashtirish ijodkor o ʻ qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek: ―Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o ʻ z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta‘minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur 1 ‖.Ta‘lim mazmunini mavzu bo ʻ yicha belgilanganmaqsadga mos holda saralash, o ʻ quv axborotlarini uzatish, teskari aloqa vositasida olingan natijalarga ko ʻ ra ularni yangilash, bilish faoliyatini ilmiy asosda boshqarish, o ʻ quvchining individual qobiliyatlarini oʻ zi boshqariluvchan faoliyatga burish yakuniy natijalarni kafolatlashga imkon beradi. Bugungi kunda biz muhim innavatsion jarayonlar davrida yashayapmiz. Barcha sohalarda bo ʻ lgani kabi ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning keng ko ʻ lamliligi, dolzarbligi va murakkabligi bugungi kun oʻ qituvchilariga katta 1 I.A.Karimov Oliy Majlis XIV sessiyasida so‘zlagan nutqidan. 2004 yil, 29-aprel. 7 mas‘uliyat yuklaydi. Xususan, islohotlarning tub yo ʻ nalishlaridan hisoblanayotgan ta‘lim mazmunini yangilash, o ʻ qituvchi va talabalarni ta‘limga boʻ lgan yangicha qarashlarini shakllantirish barobarida ilg ʻ or pedagogik texnologiyalarni qoʻ llash va o ʻ qituvchilardan katta mahorat, ijodiy mehnat va albatta zamon talablariga javob beradigan bilimlar majmui talab qilinadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, ―Zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o ʻ zi ana shunday bilimga ega bo ʻ lishi kerak 2 ‖. Bugungi kunda zamonaviy bilimga ega bo ʻ lgan oʻ qituvchi oʻ z mahoratini ishga solib, barcha bilimlarini talabaga yetkazib bera olish uchun ham ko ʻ p izlanishi kerak boʻ lmoqda. Ya‘ni dars jarayonini ham mazmunan, ham shaklan o ʻ zgartirishi komil inson – SHAXS tarbiyasiga yo ʻ naltirilgan boʻ lishi lozimligi eng dolzarb vazifalardan boʻ lib turibdi. O ʻ zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovnning 2014-yil 3-sentabr ПҚ-2228-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida Xitoyshunoslik fakulteti tashkil etildi. Bundan ko ʻ zlangan maqsad zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg ʻ or o ʻ qitish uslublarini joriy etishga katta e‘tibor qaratish, Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti sohasida chuqur bilimlarga ega bo ʻ lish,erkin fikrlay oladigan, har tomonlama yuksak kadrlarni yetishib chiqishidir. Ushbu qarorning 4-bandida Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaydi: ―Xitoyshunoslik fakultetini amaliy ish tajribasiga ega bo ʻ lgan hamda xitoy tili va adabiyotini, Xitoy tarixi, siyosati va iqtisodiyotini o ʻ rganish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻ tkazish va ta‘lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanuvchi yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan ta‘minlansin; zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini, eng yangi axborot va o ʻ quv- labaratoriya uskunalarini tadbiq etishhamda ulardan keng foydalanish asosida o ʻ quv rejalari va dasturlarini yangilangan holda xitoyshunoslik masalalari bo ʻ yicha oʻ quv 2 I.A.Karimov ―Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ – Oliy Majlis IX sessiyasida so‘zlangan nutqidan. 1997 yil, 29 avgust. 8 jarayonini tashkil qilishni ilg ʻ or xalqaro tajribani hisobga olib, tanqidiy tahlil qilsin va qayta ko ʻ rib chiqsin 3 ‖. Yurtboshimizning qarorlariga muvofiq biz bitiruv malakaviy ishimizni aynan chet el texnologiyasiga asoslangan holda zamonaviy metodlardan foydalanib, xitoy tili o ʻ qitishda interfaol usullarning ahamiyatiga bagʻ ishladik. Ushbu qaror biz kabi yosh kadrlarni yanada ruhlantirib, berilgan imkoniyatlardan yanada keng foydalanib, kuchliroq izlanishimizgaturtki bo ʻ ldi.Bu bilan bir qatorda zamon bilan hamnafas holda ta‘lim jarayonida o ʻ quvchiga tilga nisbatan qiziqishni kuchliroq uygʻ otadigan quvnoq interfaol usullardan foydalanib ta‘lim berish ko ʻ proq oʻ z samarasini beradi. Ta‘lim sifatini oshirish masalasi barchaning diqqat markazida turgan holdaturli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib masofali o ʻ qitish, elektron darsliklar tizimini yaratish hamda ularni qo ʻ llash usullari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, har bir fanning metodikasidan kelib chiqib, dars jarayonini yangicha usul va vositalar asosida, interaktiv pedagogika usullaridan keng foydalangan holda tashkil etish oldimizga qo ʻ ygan buyuk maqsad – mustaqil fikrlovchi, barkamol shaxsni voyaga yetkazish yo ʻ lida muhim omil deb qaralmoqda. Demak, o ʻ qitishning noan‘anaviy usullarini oʻ ylab topish, mavjud usullarni o ʻ rganish, oʻ zaro tajriba almashish lozim. Bunda pedagogikadagi yangiliklarni o ʻ rganuvchi ta‘limot-pedagogik innovatikaning ahamiyati katta. Ya‘ni uning birinchi yo ʻ nalishi pedagogikadagi barcha yangiliklarni toʻ plash, umumlashtirish, ikkinchi yo ʻ nalishi yangiliklardan samaralilarini tanlab olish va uchinchi yoʻ nalishda ularni amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi. 4 Pedagogik innovatsiyalarning maqsad va vazifalari shundan iboratki, bugungi kunda nihoyatda keng va tezkor axborotlar, innovatsion jarayonlar avlodi bo ʻ lgan yoshlarni tarbiyalashda an‘anaviy yondashuvni o ʻ zgartirish taqozo etilmoqda. Dars jarayonida o ʻ qituvchi – talaba pozitsiyalarini oʻ zgartirish, oʻ qituvchining mutlaq 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ПК-2228-sonli Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida Xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori. 2014 yi, 13-sentabr. 4 J.Yo‘ldoshev//Yangi pedagogik texnologiya. Xalq ta‘limi. 1999, 4-son. 8-bet. 9 hokimligidan voz kechish, talabaning mustaqil fikrlashiga imkon berish, uni har bir mavzu yuzasidan beriladigan ma‘lumotlarni o ʻ zlashtirish, qiyoslash, tahlil qilish va tatbiq etish darajasiga yetkazishga qaratilgan usullarni ishlab chiqish kun talabiga aylangan. Demak, ta‘lim tizimidagi barcha o ʻ zgarishlar, yangiliklarni pedagogik innovatsiyalar deyish mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ta‘kidlash lozimki, eng dolzarb vazifa – o ʻ qituvchining dars jarayonini tashkil etishga boʻ lgan qarashini o ʻ zgartirish, metodik qurollantirish. Chunki tafakkurni oʻ zgartirmay turib, yangicha ishlash, yangi metodik malakaga (adabiyotlarga, material va vositalarga) ega bo ʻ lmay turib darsni toʻ gʻ ri tashkil etish, qolaversa, koʻ zlangan maqsadga erishish mumkin emas. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling