Xix asr oxiri -XX asr boshlarida usmonli turk imperiyasida yosh turklar harakati
Dissertatsiya mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 1.53 Mb.
|
Isomov Hasan ishi Yosh turklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiya mavzusining tarkibiy qismlari.
Dissertatsiya mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan tegishli mavzuga doir maqolalar va tadqiqotlar yozishda, bir necha xorijiy adabiyotlar o‘rganilib tahlil qilindi. O‘ylaymanki, bu tadqiqot tarix sohasida o‘ziga xos ma’lumotlari bilan ahamiyatga egadir.
Dissertatsiya mavzusining tarkibiy qismlari. Magistrlik ilmiy dissertatsiyasi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilova qismlaridan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi, dissertatsiya mavzusining obyekti va predmeti, uning maqsad va vazifalari,ilmiy yangiligi bayon qilingan va mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlil qilingan. Dissertatsiyaning birinchi bobida XIX asr oxirir –XX asr boshlarida Usmonli turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy holat o‘rganilgan. Ikkinchi bobda Yosh turklar harakatining faollashuvi yoritilgan. Uchinchi bobda Yosh turklar tomonidan amalga oshirgan islohotlar va ularning g‘oyalari bayon etilgan. I BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA USMONLI TURK IMPERIYASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY AHVOL§1.1. XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasidagi siyosiy jarayonlar, mamlakatdagi ijtimoiy ahvol XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida butun dunyoda, ayniqsa Yevropaning sharqiy qismi, Boltiq bo‘yi davlatlari, jumladan Kichik Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida katta siyosiy-jug‘rofiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu davrga kelib Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy ahvol ham anchagina jiddiy tus olgan edi. Chunki, bir tomondan Usmoniylar imperiyasidan qolgan eski udumlar haligacha saqlanib qolgan, boshqa tomondan esa, hukumatda diniy xurofotlar doirasida bo‘lgan siyosiy arboblar hukumronlik qilganligi sababli unga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalar o‘rnatishi va o‘zaro diplomatik munosabatlarga kirishishi ham qiyin kechdi. Yana boshqa tomondan, mamlakatda sulton hukmronlik qilar, uning amri, farmoniga fuqorolar so‘zsiz amal qilishi lozim bo‘lgan, yakka hukmronlikka asoslangan monarxiya hukm surar, sultonlar chet davlatlar bilan faqatgina o‘zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda munosabatga kirishardi. Qishloq xo‘jaligidagi “tushkunlik” birin-ketin ocharchilik yillarini olib keldi. Ayniqsa, 1873-1875-yillarda Kichik Osiyoning markaziy tumanlarida kuchli ocharchilik bo‘lib, buning natijasida ko‘p odam qirilib ketdi9. Bu jamiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi, albatta. Jamiyatda endi o‘zgacha fikrlaydigan, rivojlanayotgan Yevropa davlatlaridagi farovon hayot va erkinliklar bilan tanish bo‘lgan ma’rifatli insonlar ko‘payib bormoqda edi. Bu ko‘proq markaziy shaharlarda istiqomat qiluvchi zodagonlar va ziyolilar dunyoqarashida namoyon bo‘lar edi. Bu davrga kelib shahar aholisinig ham ahvoli og‘irlashdi. Hunarmandchilik “tushkunlikka” uchradi. Eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko‘pligi mamlakatda iqtisodiyotning taraqqiyotiga to‘siq bo‘ldi. Sulton rejimi o‘zining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun chet eldan qarz ola boshladi. 1870-1874-yillarda 3mlrd frankdan ortiq asoratli qarz olindi. XIX asrning 70-yillarida mamlakat inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Xalqning noroziligi oshdi. Muhojirlikda bo‘lgan “Yangi usmonlilar” faollashdilar. Ular chet elda gazetalar nashr qilib, varaqalar tarqatib, mamlakatda konstitutsiyaviy tuzum va islohotlar o‘tkazishni talab qila boshladilar. Ularning bu g‘oyalarini bir qator liberal kayfiyatdagi amaldorlar va harbiy ofitserlar qo‘llab-quvvatladilar. Bu harakatga bir vaqtlar “Ulug‘ vazir” nomini olgan Midxat posho ham qo‘shildi. “Yangi usmonlilar” va Midhat posho Turkiyaning liberal pomeshchiklari va “tug‘ilib” kelayotgan burjuaziya manfaatlarini ifoda etardilar. Ular sulton rejimiga qarshi kurashdilar. Midxat posho Angliya bilan yaqinlashish tarafdori edi. 1870-1880-yillarda Turkiya iqtisodiy inqiroz ichida qoldi10. Chunki, hukumat o‘tkazgan islohatlar qoloq ishlab chiqarish munosabatlarini o‘zgartirishga qodir emas edi. Yangi boshqaruv doirasida burjuaziya bo‘lgani bilan o‘zining avvalgi huquqlaridan kechmagan edi. Hokimyat faqat davlat xazinasidagi kamomadni to‘ldirish bilan shug‘ullanardi. Viloyatlarda amalparastlik, poraxo‘rlik, soliqlarni o‘g‘irlab, o‘zlashtirish avjiga chiqdi. Qonunsizlik, o‘zboshimchalik xalq ommasini og‘ir ahvolga soldi. Hukumatning soliq siyosati kuchaydi. Qishloq xo‘jaligi mollari suniy narxlarda olinar, dehqon o‘z mehnatidan manfaatdor emas edi. Viloyatlararo boj undirish tartibi ham savdo munosabatlariga to‘siq bo‘ldi. Hukumat buni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Lekin, bu yo‘qotish o‘rnini qoplash uchun shahar solig‘ini 25 foizga oshirib qo‘ydi. Sanoatda ham o‘sish yo‘q edi. Chunki, sanoat uchun qishloq xo‘jaligi xomashyo yetkazib berish qudratiga ega emas edi. Chet el sarmoyasi va tovarlari bozorni egallab olgan edi. 1874-yili chet el sarmoyadorlariga konlarni ishga solishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi11. Davlatning moliyaviy ahvoli halokat yoqasida edi. Tashqi qarz 5.5 milliyard frankga yetdi. 1876-yili turk hukumati o‘zinig moliyaviy inqirozga yuz tutganligini e’lon qildi12. Bir vaqtlar qurol kuchi bilan birlashtirilgan, mustahkam iqtisodiy aloqalari bo‘lmagan, Usmoniylar imperiyasi yildan-yilga zaiflasha boshladi. Ishlab chiqarish past darajada bo‘lgani uchun iqtisodiy o‘sish nihoyatda sekinlashdi. 1875-yilda qarz hisobiga sarflar 570.5 million frank bo‘lgani holda, daromadlar 380 million frank bo‘ldi13. Davlat chet eldan olgan qarzini to‘lashga, odamlarga maosh berishga qodir emas edi. Buning ustiga turk puli o‘z qiymatini 30 foiz yo‘qotib, narx-navo keskin ko‘tarildi. Mamlakatda qo‘zg‘olonlar boshlanib ketdi. Turk sultoni Abdulaziz hukumati mamlakatni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Mamlakatda sulton hokimiyatini tugatish g‘oyasi shakillandi. “Yangi usmonlilar” burjua-demokratik harakati kundan-kunga rivojlana boshladi. Ular tashkil etgan “Ibrat” nomli gazeta ilg‘or demokratik g‘oyalar “tashuvchisi” bo‘ldi14. Bu g‘oyalarni millatparvar ziyolilar qo‘llab quvvatladilar va “Yangi usmonlilar” harakatida alohida o‘rin tutdilar. Yevropada sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, Fransiya inqilobi va Usmonli imperiyasiga ta’sir o‘tkazdi. Usmonlilarning bu vaziyatni anglashi harbiy sohadagi ketma-ket mag‘lubiyatlar edi. Usmonli monarxiyasi bilan asrlar davomida siyosiy fikr sohasida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmadi. Yuqorida qabul qilingan mag‘lubiyatlar bilan Usmonli turk imperiyasi g‘arbdan harbiy sohada orqada qolganini, u o‘zidan ustun bo‘lganini tushundi. Harbiy sohada fan va texnika uni o‘z tarkibiga kiritish uchun g‘arbga eshiklarini ochgan Usmonli turk imperiyasi yangi davr va tanazzulga yuz tutdi. U yangiliklarga eshikni ochdi. Harbiy sohada g‘arblashtirish tashabbuslari armiyani yangilash, yangi harbiy maktablarni ochish, armiya tizimlarini o‘zgartirish, harbiy talabalarni chet elga yuborish boshlandi. Usmonli turk imperiyasi, biroz kech bo‘lsa ham, Yevropaning va o‘zining rivojlanishida ishtirok etdi. U g‘arbning harbiy fani va texnikasiga ega bo‘lishni xohladi va talaba sifatida yoshlarni yubordi. Modernizatsiya-bu ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy yangilanishdir. Usmonli turk imperiyasi dastavval faqat innovatsiyalarga e’tibor qaratdi. Usmonli turk imperiyasi harbiy maktablarni ochdi, ammo boshqaruv butunlay tashkil etilgan yo‘lni chet elliklarga qoldirdi va Usmonlilarga qarshi bir qator tadbirlarni boshladi. Usmonli turk imperiyasi o‘z tarkibiga faqat yangilangan rivojlanishni kiritdi. U modernizatsiya hodisasini to‘liq o‘zlashtirishi va uni barcha sohalarga yo‘naltirishi kerak edi. Usmonli turk imperiyasidagi siyosiy fikr muhiti yuqorida aytib o‘tilgan omillarga asoslanadi u o‘zgarishni boshlaydi. Birinchi qadamda yoshlar chet elga ta’lim olish uchun yuborilgan millatchilik oqimining ta’siri juda ko‘p. Yangi usmonlilar jamiyati bu boradagi birinchi uyushgan faoliyat sifatida ajralib turadi. Yevropada Uyg‘onish harakati natijasida paydo bo‘lgan ba’zi ilmiy va texnik rivojlanishlar Usmonli turk imperiyasi tomonidan ta’qib qilina boshlandi. XVIII asrdan boshlab Yevropadagi ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan tanishish va amaliy tajriba olish uchun delegatsiyalar yuborildi, harbiy sohadagi texnik ishlanmalar olib borildi va amaliyotga joriy qilindi. Yevropa bilan bu almashinuvlar madaniy va ijtimoiy hayotga ham ta’sir ko‘rsatdi. XIX asr oxirlarida Usmonli turk imperiyasining charchoqlari harbiy mag‘lubiyatlar va iqtisodiy inqirozlarni olib keldi. Bu holat jamiyat ziyolilari va boshqa davlat arboblarini sarosimaga tushirdi. Davlat tizimidagi ayrim tub o‘zgarishlar, yangi tuzilmalar birinchi o‘ringa chiqdi. Kun tartibidagi ushbu o'zgarishlar bilan ba’zi islohot harakatlari boshlandi. Dastlab Tanzimat farmoni e’lon qilindi15. Ammo juda keng dunyoqarashga ega bo‘lgan Usmonli ziyolilari Tanzimat bilan boshlangan islohotlar yetarli bo‘lmadi. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi bir necha rivojlangan mamlakatlar qatoridan ortda qoldi. Sultonlik chuqur iqtisodiy tanglik davriga kirgan bo‘lib, hatto 1876-yili imperiya o‘zini rasman bankrot deb e’lon qilgan edi16. Moliyaviy muommolarga milliy etnik nizolar ham qo‘shiladi. Asrlar davomida imperiya tarkibida yashagan xalqlar mamlakatda islohotlar o‘tkazilishini talab qila boshladi. Ularning ham huquqlari tiklanishini talab qila boshladi. Sultonlikdagi og‘ir vaziyat zamonaviy islohotlar o‘tkazilishini talab qilardi. Tez orada saltanatning siyosiy sahnasiga g‘arb demokratiyasi va madaniyatini o‘zlashtirgan “Yosh turklar” kirib keladi17. “Yosh turklar” aholiga demokratik erkinliklar berish, dehqonlarga o‘z yerlariga ega bo‘lish, milliy ozchiliklarga avtonomiya berish va sulton hokimiyatini konstitutsiya bilan cheklash va‘dalarini beradi. Natijada u omma tomonidan katta quvvatlashga erishiladi. “Yangi usmonlilar” bilan hamkorlik qilgan Mithat posho 1876-yilda davlat to‘ntarishini o‘tkazadi18. Hamda Sulton Abdulaziz o‘rniga taxtga Sulton Abdulhamidxon II (21.09.1842-10.02.1918) — Usmoniy sultoni (1876-1909). U 1876-dekabrda “Yangi usmonlilar” jamiyati bilan bogʻliq liberal guruhlar rahbari Midhat Posho boshchiligida oʻtkazilgan saroy toʻntarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida adolatparvarligi bilan nom qozongan. Abdulhamid II dushmanlar hiylalariga qarshi kurashib keldi. U jar yoqasidagi Usmoniylar imperiyasini yana 30 yildan oshiqroq saqlanib qolishida katta xizmat qildi. Mamlakatda sotqinlar koʻpligi, jamiyatning gʻarbga havas qilishi, Sultonning odilona siyosati Gʻarb tomonidan buzib koʻrsatilishi Sultonga nisbatan noto‘g‘ri tushunchani keltirib chiqardi. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham ijobiiy yo‘l tutdi. U doimo xalq manfaatlari uchun kurashdi. 1903-yil Gemaniyada mashhur Bog’dod temir yo‘li qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909 Abdulhamid II ga qarshi bosh koʻtarib, uni taxtdan tushirdilar) o‘tqaziladi. Shu yili Sulton Abdulhamid mamlakatda konstitutsion monarxiya e’lon qiladi va konstitutsiya loyihasiga imzo qo‘yadi. Biroq hokimiyatga kelgach Abdulhamid II monarxiyaga sodiq kuchlar yordamida Mithat poshoni lavozimidan chetlattiradi va Yosh usmonlilarga qarshi qatag‘on boshlaydi. Parlament tarqatib yuborilib mamlakatda monarxiya qayta tiklanadi. Biroq Abdulhamid II har qancha urinmasin Usmonlilar qudratini saqlab qololmaydi. 1877-1878 –yilda bo‘lib o‘tgan rus-turk urishida mag‘lubiyatga uchraydi19. Turkiya Bolqondagi katta hududlardan ayriladi. Sekin asta Turkiyaning Afrikadagi mustamlakalari qo‘ldan keta boshladi. 1881-yil Fransiya Tunisni, 1882-yil Buyuk Britaniya Misrni Turkiyadan tortib oladi. Katta davlatlar sultonlikning ichki ishlariga aralashib, Sultonni teng bo‘lmagan shartnoma imzolashga majbur qiladi. Mamlakatda milliy va diniy nizolar kuchayib boradi. Yosh usmonlilar vorisi sifatida ish boshlagan Yosh turklar saltanatni isloh qilishga qaror qildilar. Harakatning asosiy rahbari bo‘lgan Abdulla Jevdet Qordidog‘ edi20. Ammo u siyosatga aralashmaydi. 1908-yili Yosh zobitlarga tayangan Yosh turklar qo‘zg‘olon ko‘taradi. Bu qo‘zg‘olon Sulton Abdulhamid II ning 1876-yilda o‘zi bekor qilgan konstitutsiyani tiklashga va parlament chaqirishga majbur etadi. 1909-yili Sulton tarafdorlari aksilinqilobiy to‘ntarish o‘tkazishga qaror qiladi. Biroq urinishlar muvaffaqqiyatsiz tugab Abdulhamid II taxtdan tushiriladi. Uning o‘rniga Mahmud V Rishod o‘tqaziladi. Amalda esa hokimiyat Yosh turklarning “Birlik va taraqqiyot” partiyasiga o‘tadi21. Hokimiyatga kelgan Yosh turklar tez orada ularni qo‘llab quvvatlagan imperiya xalqlariga bergan va’dalarini unitadi va mamlakatda yanada qattiq tuzum o‘rnatiladi. Natijada butun saltanatni ozodlik kurashi qamrab oladi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar Yosh turklarning chala islohotlari saltanatning eski qudratini qayta tiklay olmaydi. 1911-yili Italiya Usmonlilarga hujum qiladi va sultonlikning Afrikadagi so‘nggi hududlari Tripolitaniya va Krinaikani bosib oladi22. Shunindek, O‘rta yer dengizidagi Dodakanes orollari ham Italiya qo‘liga o‘tadi. 1912-1913–yillardagi Bolqon urushi Usmonlilar imperiyasining quyoshi yanada botayotganligini ko‘rsatadi23. Qattiq zarbaga uchragan Usmonlilar imperiyasining Yevropa qismida Sharqiy Frakiya, Idirna hududlari qoladi. Shu bilan asrlar davomida kurashlar natijasida qo‘lga kiritilgan Bolqon yarimoroli imperiya tarkibidan ajralib ketadi. Yosh turklarning tashqi siyosatdagi bunday mag‘lubiyatlari mamlakat ichidagi shundoq ham keskin vaziyatni og‘irlashtiradi. Usmonlilar salatanati toboro yemirilmoqda edi. Tinimsiz urushlar uni ancha zaiflashtirib qo‘yadi. Urushlardan tashqari og‘ir iqtisodiy holat sanoat ishlab chiqarishning o‘smasligi mamlakatni ancha toliqtirib qo‘ygandi. Armiyani modernizatsiya qilmoqchi bo‘lgan Yosh turklar nemis muhandislarini chaqirdi. Usmonlilar va Germaniya munosabatlari ancha yaxshi rivojlanib nemislar Usmonlilarning yaqin ittifoqchisiga aylanadi. Urush holati yaqinlashar ekan Germaniya Turkiyani o‘zi tarafida turish uchun harakat qila boshladi. Ammo ichki muammolar girdobida qolgan Usmonlilar uchun urushga kirish halokatga olib kelishi mumkin edi. Ko‘plab amaldorlar ham bunga qarshi chiqadi. Ammo Yosh turklarning hukumatni boshqaruvchi kuchlari a’zosi Anvar Posho urushga kirishga qat’iy qaror qiladi. Shunday qilib Usmonlilar 1914-yil 30-oktabrdan Germaniya tarafidan urushga kiradi. Birinchi jahon urushida “Uchlar ittifoqi” mag‘lubiyatga uchraydi. Bu mag‘lubiyat Usmonlilar kelajagini uzil kesil belgilab berdi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling