Xix asr oxiri -XX asr boshlarida usmonli turk imperiyasida yosh turklar harakati


Dissertatsiya mavzusi boʻyicha adabiyotlar tahlili


Download 1.53 Mb.
bet4/16
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1744637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Isomov Hasan ishi Yosh turklar

Dissertatsiya mavzusi boʻyicha adabiyotlar tahlili. Mavzu o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan qisman o‘rganilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada qilingan ilmiy ishlar va yozilgan kitoblar asosan turk va ingliz, rus tilida qilingan. Dissertatsiya ishini yozishda ko‘proq turk va ingliz tilida yozilgan ishlardan foydalanildi. Mavzuni o‘rganishda Ernest Edmendson Ramsour kitobidan, Leskovikli Mehmet Rauf, Kazim Karabekir5, Şukru Hanioğlu6, Kayalı Hasan 7 Mardin Şukruning tadqiqotlaridan8 keng foydalanildi. Bundan tashqari Ziyo Go‘kalpning “Türk Ahlakı, Türk Kültür Yayınları, İstanbul, Türkleşmek İslâmlaşmak Muasırlaşmak, Ankara Kültür Bakanlığı Yayınları” Aykuz Y. “Atatürk İlkeleri ve İnklap tarihi, Atatürkçülük”. Hasan C.G. “Genel Türk Tarihi”, Heyd Urielning “Ziya Gökalp’in Hayatı ve Eserleri, Sebil Yayınları İstanbul”, Mehmed Emin Erisilgilning “Bir Fikir Adamının Romanı, İstanbul, İnkılâp Kitabevi”, Ergün A. “Türkıye Cumhuriyeti Tarihi I”, Bernardning “Modern Türkiyenin Doğuşu” Akşin S. “Jön Türkler ve İttihat ve Terakki”. Aydınning “İki İttihat-Terakki: İki Ayrı Zihniyet, İki Ayrı” va boshqa adabiyotlardan foydalanildi.
Dissertatsiya mavzusida qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotning metodikasi asosini tarixiylik prinsiplari tashkil etadi. Uning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u aniq va muhim materiallarga qatʼiy bogʻlanganligi, tahlil qilinayotgan mavzuning xronologik ketma-ketlikda boʻlishi, jarayonlar va hodisalarni tizimli oʻrganilishi bilan ajralib turadi. Tarixiy-genetik metoddan foydalanish oʻrganilayotgan jarayon va hodisalarni rivojlanish bosqichida koʻrib chiqish imkonini beradi. Mazkur tadqiqot ishida bir qator umumiy va xususiy ilmiy metodlardan foydalanildi. Qiyosiy tahlil, mantiqiy tahlil va umumlashtirish shular jumlasidandir. Shuningdek, emperik tadqiqot metodlari asosida tarixiy manbalarning tanqidiy tahlili oʻtkazildi, ularning obyektivligi umumiy va maxsus tadqiqot usullari, shu jumladan tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tavsif, tushuntirish, umumlashtirish; bundan tashqari zamonaviy tadqiqotlarda keng qoʻllaniladigan tarixiy tizimli, qiyosiy tarixiy tahlillar qoʻllanilgan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling