Xix asr oxiri XX asr boshlarida aqsh
Download 45.87 Kb.
|
XIX - XX ASR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.AQSH NING AMERIKA QIT`ASI VA TINCH OKEANDA HUKMRONLIK QILISH UCHUN KURASHI.
Izoh talab so`zlar.
1.Burjuaziya - fr - mulkdorlar, savdogarlar. 2.Korporatsiya lot - birlashma, uyushma. 3.Okko`patsiya lot -bosib olish, ishg’ol qilish. 4.Terror lot - dahshat, qo`rqituv. 5.Trest ing - kapitalistik monapoliyalarning bir turi. 6.Strategiya yunon-yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san`ati. 7.Zabastovka rus - ish tashlash. 8.Protektorat lot-kuchsiz davlatlarni bo`ysundirish, mustamlakachilik shakllaridan biri. 9.Monopoliya yunon - biror narsa ishlab chiqarish, davlatning tanho o`zida bo`lgan imtiyozli huquq. 10.Kapital lot-sarmoya, qo’shimcha qiymat yig’indisi. 11.Konventsiya lot - bitim, shartnoma. 12.Departament lot - prezident va kongress bilan birgalikda davlatni tashqi siyosat yo`lini belgilab oladi. 13.Agressiya lot - tajovuz. 14.Burjua fr-feodalizm davrida o`rta tabaqa vakili. 15.Anarxist lot-hokimiyat va rahbarlarga bo`ysunuvchi kishi. 16.Prezident lot - oldinda o`tiruvchi. 17.Parlament ing - kapitalistik davlatlarda butunlay yoki qisman saylov asosida qonun chiqaruvchi oliy davlat organi. 18.SHtat nem - ma`lum darajada o`z-o`zini idora etuvchi davlat hududiy birlik. 3.AQSH NING AMERIKA QIT`ASI VA TINCH OKEANDA HUKMRONLIK QILISH UCHUN KURASHI. O`z mamlakatining juda katta resursalarini va Rossiyadan sotib olgan Alyaskani (1867 yil Aleksandr II 7,2 mln. dollorga sotgan) o`zlashtirish bilan band bo`lgan AQSH sarmayadorlari mustamlakalar va o`z ta`sir doiralarini qo`lga kiritishga boshqa Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdilar. Ularning e`tibori Kariib havzasi va Tinch okean mamlakatlarga qaratildi. Bu yo`ldagi birinchi qadam Tinch okeaninging Markaziy Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo`lgan dengiz yo`llari kesishgan joydagi Gavayi orllarini 1898 yilda bosib olinishi bo`ldi. AQSH ning Tinch okeanda hukmronlik kurashi XIX asrning 60 yillarida, aniqrog`i fuqarolar urushidan so`ng boshlandi. 1866, 1867, 1871 yillarda Koreyaga bir necha marta hujum qildi. Nihoyat 1882 yilda u bilan tengsiz shartnoma tuzdi, bu shartnomaga muvofiq Koreya 3 ta portini AQSH savdosi uchun ochib qo`ydi, diplomatik vakillarini qabul qildi va Koreya AQSH fuqarolari uchun daxlsizligini tan oldi. Shunday qilib bu yerga Amerika maslahatchilari, missionerlar, o`qituvchilari va albatta kapitali kirib kela boshladi. AQSH Samoa orollarini 1889 yilda (Sharqiy Samoani) bosib oldi. Gavaya orollari uchun uzoq kurash olib bordi. U bilan 1875 yil savdo shartnomasi tuzildi. Ammo inglizlar va fransuzlar ham bu strategik qulay joyga ega bo`lishga intildilar. AQSH faol harakat qilib, Gavaya bu shartnomada o`z yeriga uchinchi bir davlarni kiritmaslik majburiyatini oldi. Bu orolda qand ishlab chiqarilardi. Amerikalik qand zavodlari egalik qilib oldi. AQSH bu muhim joyni batamom qo`lga kiritishga qaror qildi. 1893 yil Gavayaga “Dengiz peyodalari” tushurildi, monarxiya ag`darib tashlandi, “amerikacha inqilob” g`alaba qildi, respublika e`lon qilindi va hukumat tuzildi. AQSH shu tarzda va Gavayani zab etdi. 1898 yili Gavaya arxenelogi anneksiya qilindi. Qishloq xo`jaligida asosiy tarmoq 1 mln. ga ekin maydoni bor. Shakarqamish (1 mln. tonna qand), ananas, banan, kofe, gulchilik, sholi, chorvachilik rivojlangan. XIX asr oxiriga borib AQSH kapitalislari Meksika va Markazi Amerika mamlakatlaridan ancha manfaatdor bo`lib qolgan edilar. AQSH Lotin Amerikasidagi siyosati asosida “Hamma Amerika manfaatlari bitta” degan g`oya yotar edi. 1889 yilda AQSH davlat Departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda Panamerika konferensiyasi bo`ldi. Lotin Amerikasi mamlakatlari delegatlari AQSH dan qo`rqqanlgi va unga ishinchsizlik ko`zi bilan qaraganligi, AQSH ning Amerika davlatlari bojxona bitimini tuzishga qaratilgan harakatini yo`qqa chiqardi. O`zaro qulaylik tug`dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan –bir aniq natijasi xalqaro Amerika Respublikalari se`zdi degan asotsiasiya tuzishdan iborat bo`ldi. AQSH ning g`arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan bosqinchilik siyosati shu tariqa paydo bo`lgan. 80 yillarda Venesuelda bilan Britaniya Gveniyasi o`rtasidagi ziddiyat juda kuchayib ketganda, AQSH “Monro doktrina”siga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o`z vositachilik qilmoqchi bo`lganligini Amerikaga taklif qiladi. Janubiy Amerika xususidagi Angliya – Germaniya ziddiyati, Uzoq Sharq Angliya –Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi Angliyani AQSH ga yaqinlashtirdi. 1899 yil Venesuella masalasi hal qilindi. 6 XIX asr oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Hokimiyat tepasida mahkam o`rnashib olgan guruhlar mamlakatda hukmronlik qilish bilan qanoatlanmay qoldilar. AQSH jahonni hududiy jihatdan bo`lib olishdan ancha kechikkanligi sababli putuxdan ketgan Ispaniya monarxiyasida mustamlakalarni tortib olishni mo`ljalladi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroliAmerika kapitalistlarining havasini keltiradi, chunki AQSH ning iqtisodiyotiga ancha kapital sarlagan edi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasida Kuba sohillariga 1898 yil 15-fevral kechasi Amerika “Meyn” kreseri harbiy kemasi yuborildi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma`lum sababga ko`ra portlab ketdi. Natijada 260 kishi halok bo`ldi. 100 ga yaqin yarador bo`ldi. AQSH hukumati bo`lgan hodisa aybini Ispanlarga qo`ydi va 1898 yil aprel oyida Ispaniyaga urush e`lon qildi. Bu dunyoni qaytadan bo`lib olish boshlagan birinchi urush edi. Urush atiga 3 oy davom etdi va mag`lub bo`lgan Ispaniya monarxiyasining ichidan chiriganligini ko`rsatdi. 1898 yil 10-dekabrda Parijda imzolangan sulh shartnomasiga ko`ra Filippin orollarini AQSH Puerto-Riko, Guvam orollarini oldi. Kuba AQSH ga qaram bo`lib qoldi. Pilippin uchun 20 million dollor pul berdi. 1901 yilda AQSH Angliyani bu hududda egallaganini tan olganligi haqida shartnoma tuzishga majbur bo`ldi. Kanal qurilishidan shug`ullanayotgan fransuzlar bankrotga uchradi va AQSH Fransuz aksionerlik jamiyatining kanalini qurish bo`yicha barcha aksiyalarni sotib oldi. Shu yo` bilan AQSH kanal qazish, foydalanish va boshqarish huquqiga ega bo`ldi. Biroq bu hudud Kolumbiyaga tegishli bo`lib, Kolumbiya senati AQSH ni bu yerdan chiqib ketishini talab qildi va shartnomani ratifikatsiya qilmadi. Shundan AQSH Panamada isyon uyushtirdi va isyonchilarga yordam berish uchun Panama sohiliga harbiy kreyser yubordi. Kolumbiya qo`shinlarining yo`li kesildi. Panama “mustaqil” deb e`lon qilindi, AQSH esa uni darhol tan oldi. Panama hukumati AQSh bilan shartnoma tuzib, kanal va boshqa inshoatlar qurish huquqini unga topshirdi. Buning evaziga 10 million dollor pul oldi va yiliga 250 ming dollor renta olib tiradigan bo`ldi. Kanal qurilishi 10 yil (1904-1914 y.y) davom etdi. 1914-yil 15 – avgustda birinchi ishchi kema so`zib o`tdi. 1920-yil 12- iyunda kanal rasman ochildi. Kanal uzunligi 81.6 km. Kema kanalni 4-8 soatda suzib o`tadi. 1 sutkada 36 tacha kema o`tadi. AQSH XX asr boshlarida jahonda ekspanseya siyosatini kuchaytirib yubordi. 1899 yil sentabrida AQSh davlat kotibi Xeyni Angliya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Fransiyaga yuborildi. U “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosatini targ`ib qila boshladi. “Dollor diplomatiyasi” AQSH ning Lotin Amerikasini asoratga solishga qaratilgan siyosati. “Yordam berish” “Katta to`qmoq” “G`arbiy yarim sharning politsiyasi” AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarida tanho hukmronligini o`rgatish uchun kurash olib bordi. Bunda u Monro doktrinasiga tayanib ish ko`rdi. AQSH Prezidenti Teador Ruzvelt (1901 -1909) “Katta to`qmoq” siyosatini ishlab chiqdi va uni o`tkazdi. BU yo`lga muvofiq kongresda “Amerika mamlakatlaridan birida tartibsizliklar ro`y bersa xalqaro politsiya rolini bajarish AQSH ning burchidir” degan so`zlarga amal qildi. Shu bilan AQSH moliya va sanoat kapitalining Lotin Amerikasi mamlakatlariga bostirib kirishiga yo`l ochib berdi. 1907 yilda San-Damengoni tengsiz shartnoma tuzishga majbur qildi. Unga muvofiq bojxona va moliya nazorati AQSH ga o`tdi. Huddi shu tartib 1911 yil Meksikada joriy etildi. Shu yil oxirida AQSH ning Meksikaga sarflangan kapitali 1,5 milliard dollorga yetdi. Gvatemala, Kosta –Reka, Naharagua asoratli zayonlar bedi. Ularning ichki ishlariga aralasha boshladi. AQSH iqtisodiy –moliyaviy diplamatik va harbiy tazyiq o`tkazish usullarini sekin –asta ishlata borib, Markaziy Amerika mamlakatlarini yarim mustamlakaga aylantirdi, ular AQSH ga hom-ashyo yetkazib beradigan agrav mamlakatga aylandilar. “Ochiq eshiklar” siyosati kabilar XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi AQSH diplomatsiyasi siyosatini asosini tashkil etdi. XX asr boshlariga kelib xalqaro maydonda kuchlar joylashishida yangicha o`zgarishlar bo`ldi. Ilgari iqtisodiy jihatdan ilg`or bo`lgan Angliya, Fransiya bir muncha yosh davlatlar Germaniya, AQSH, Yaponiya tomonidan asta –sekin qisib qo`yila boshladi. Rosiya bilan Yaponiya o`rtasida Manjuriya masalasida tortishuv kelib chiqdi. Yaponiya bu masalada Angliya bilan bitim tuzmoqchi bo`ladi. Angliya bilan Yaponiya har qanday sharoitda bir –biriga yordam berishga kelishib oldilar. Rossiya –Yaponiya o`rtasida 1903 yil 30-iyunda Tokioda muzokarolar boshlandi. Ruslarning murosa tomon intilishini hisobga olmay, Yaponiya 1904 yil 24-yanvarda muzokaralar to`xtatib, urush e`lon qilmasdan urush boshladi. Urush Xitoy va Koreya hududida avj olib ketdi. Birinchi zarbani Port –Arturga berdilar. Yaponiya –AQSH, Angliya –Yaponiya yordamida urushga yaxshi tayyorgarlik ko`rdi. 1904 yil 20-dekabrda Port –Artur yaponlarga taslim bo`ldi. Qal`ada 17 ming kishi o`ldirildi. 1905 yil Rus floti Sutsima yonida mag`lubiyatga uchradi. Chorizm siyosiy jihatdan zaiflashganligi va harbiy muvofaqiyatsizliklarga uchraganligi tufayli Rossiya –Fransiya ittifoqi Fransiya uchun ahamiyatini bir muncha yo`qotdi. Ana shunday bir vaziyatda Fransiya bilan Angliya “til topishdi”lar. 1904 yil 8-aprelda ular o`rtasida bitim tuzildi. 1907 yil ularga Rossiya qo`shildi. Shunday qilib “Uchlar bitimi” – Antanta degan bitim imzolandi. 1905 yil 23-avgustda AQSH ning Port-Smut shahrida Yaponiya bilan Rossiya o`rtasida sulh tuzildi. XX asr boshlariga kelib, monopolistik rejalar tashkil topishi jarayoni ko`paydi, bu birlashmalar xalq xo`jaligining eng muhim tarmoqlarini o`z ichiga oladi va mamlakat AQSH prezidenti T.Ruzvelt vositachiligida AQSH ning Port-Smut shahrida sulh muzokaralari bo`ldi. Rossiyadan Soxalin orolining bir qismini Yaponiyaga berishga va Yaponiyaga 1,2 mlrd. ien tovon to`lash talab qilindi. Lekin rus qo`mondonligi bunga ko`nmadi. Faqat Saxolinni bir qismini Yaponiyaga berishga rozi bo`ldi. Bitimga ko`ra Koreya Yaponiyaga o`tdi. Port Artur Yaponiya ijaraga berildi. 1910 yil Yaponiya Koreyani to`la istilo qilib oladi. Yaponiya Birinchi jahon urushiga tayyorlana boshladi. Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeyslar va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda Christopher Columbus tomonidan kashf etilgandan keyin XVI asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya va Shvetsiya Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya XVIII asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775-83-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4-iyulda federal davlat — AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. George Washington Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi prezidenti etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803-yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819-yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836-yilda Meksikadan Texas tortib olindi. XIX asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko va Nevada shtatlarinin hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. XIX asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratlar partiyasi bilan Respublikachilar partiyasi galma-gal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861—65-yillarda fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident Abraham Lincoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867-yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; XIX asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914—1918)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929—1933) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yilda 17 million ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida Franklin D. Roosevelt (1933—1945-yillarda AQSh prezidenti) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya Amerikaning Pearl Harbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh Ikkinchi jahon urushiga qoʻshildi va Adolf Hitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943-yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil Qrim, 1945-yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6-iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda Harry S. Truman (1945—1953-yillarda AQSh prezidenti) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950—1953-yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956—1975-yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan AQSh — BMT, shuningdek, Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi.7 Atlantika okeanining AQSh qirgʻogʻida koʻrfaz va qoʻltiqlar juda koʻp, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim orol — Florida. Mamlakat relyefi uch turga boʻlinadi. Gʻarbdagi Kordilyera togʻ tizmasi AQSh hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland togʻlar (Alyaska tizmasida AQSh va butun — 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli choʻqqisi joylashgan; bundan tashqari Qirgʻoqboʻyi tizmalari va Kaskadli togʻlar, Syerra-Nevada togʻlari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali togʻ tizmalari egallagan. Mazkur ikkala togʻli mintaqa oraligʻida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza choʻl yassi togʻliklarini chuqur daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland boʻlmagan Appalachi togʻlari (balandligi 2037 m gacha, Mitchell togʻi) boʻlib, uni torgina Atlantika boʻyi pasttekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilyera bilan Appalachi oʻrtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy platosi) va Meksikaboʻyi tekisliklarini oʻz ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. AQSh — foydali qazilma zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri. Koʻmir, neft, gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqa minerallar ham bor. AQSh hududining deyarli hammasi moʻ`tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska — subarktika, Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina taʼsir oʻtkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga koʻra shimoliy va janubiy mintaqalar oʻrtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez oʻzgarib turadi. AQSh ichki mintaqalarining iqlimi — kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental. Bismark shahrida (Shimoliy Dakota shtati) yanvarning oʻrtacha harorati −19’, iyulda 21°, Chikago shahrida yanvarda −3,7° va iyulda 32, G. Meksikaboʻyi pasttekisligi va Atlantika boʻyi pasttekisligining janubiy qismida subtropik iqlim. Yangi Orlean shahrida yanvarning oʻrtacha harorati 12°, iyulda 27,4°. Atlantika boʻyi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean boʻyi sohilining shimoliy qismida — dengiz iqlimi. NyuYorkda yanvarning oʻrtacha harorati −0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining janubida Oʻrta dengizga oʻxshash iqlim, Kordilyera janubiy qismining ichki tumanlarida juda issiq va qurgʻoqchil. Havoning eng past harorati (-64° gacha) Yukon yassi togʻligi (Alyaska)da, eng yuqori harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan. Katta Kanyon Oʻrtacha yillik yogʻin Alyaskaning janubi-sharqida va Vashington shtatining gʻarbida — 3000-4000 mm, mamlakatning janubi-sharqida — 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1 500 mmdan gʻarbda 3 000 mm gacha. AQShning koʻp daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi oqib oʻtadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va boshqalar) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmogʻi siyrakroq. Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib oʻtadi. Mamlakat shimolida, Kanada chegarasida Buyuk koʻllar (Yuqori koʻl, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza togʻida Katta Shoʻr koʻl, Floridada koʻpdan-koʻp sayoz koʻl va qoʻltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil boʻlgan tektonik koʻllar, jumladan, Iliamna koʻli bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv taʼminoti, kema qatnovi, sugʻorish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. Tuproq qoplami xilma-xil. Shimoli-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qoʻngʻir oʻrmon tuproq, janubi-sharqda qizgʻish va sargʻish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va toʻq sur, Kordilyeraning togʻ oraligʻi platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari. Mamlakat shimoli-sharqida aralash va qaragʻay oʻrmonlari, janubida keng bargli, Tinch okean sohili va Kordilyera yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning gʻarbidagi ayrim joylarda oʻtsimon preriy oʻsimlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning oʻsimliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi togʻligining qurgʻoqchil qismini yarim choʻl va choʻllar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat obyektlari orasida Iyellouston milliy bogʻi, Yosemit milliy bogʻi, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bogʻlari, Mamont va Karlsbad gʻorlari bor.8 XULOSA Ishchilar noroziligi ko'payib bordi . 1877 yilda AQSH temir yo'lchilari ish tashladi va u 17 shtatga tarqaldi . Ularga qarshi armlya , politsiya tashlandi . Amalda bu « kichik « fuqarolar urushiga aylandi . Pitsburgda ishchilar hukumat qoʻshinlarini yengib , 7 kun shaharga ega bo'ldilar . Sent – Luistda ham ishchilar ikki hafta hukumron bo'ldilar . Nyu York , Ogayo , Indiana , lilinoys shtatlarida qurolli qo'zg'alonlar bo'ldi . 1886 yil 1 – mayda Chekako ishchilaridan 350 mingtasi ish tashladi . Ular 8 soatlik ish kuni talab qildilar . 3 – mayda ular Senno maydoniga mitingga to plandilar , ammo politsiya namoyishchilarni otaqa turdi . Bu hunuzlik ommaviy mitinglar namoyishlarni yanada kuchaytirdi . Hukumat ko`plab ishchilarni qamoqqa oldi . 1987 yil 11 – noyabrda Ishchi rahbarlaridan 4 kishi Parsons , Fisher , Engel , Shpis dorga osildi . Shpls so'ng soʻzida : « Bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham dahshatli bo'ladi « degan edi . AQSH ning Amerika qit'asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun kurashi . O'z mamlakatning juda katta resursalarini va Rossiyadan sotib olgan Alyaskanl ( 1867 yil Aleksand u 7,2 mln . dollarga sotgan ) oʻzlashtirish bilan band bo'lgan AQSH sarmayadorlari mustamlakalar va o'z ta'sir doiralarini qo'lga kiritishga boshqa Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdilar . Ularning e'tibori Kariib havzasi va Tinch okean mamlakatlarga qaratildi . Bu yo'ldagi birinchi qadam Tinch okeaninging Markaziy Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo'lgan dengiz yo'llari kesishgan joydag ! Gavaylorlarini 1898 yilda bosib olinishi boʻldi . AQShning Tinch okeanda hukmronlik kurashl XIX asrning 60 yillarida , aniqrog'i fuqarolar urushidan so'ng boshlandi . 1866 , 1867 , 1871 yillarda Koreyaga bir necha marta hujum qildi . Nihoyat 1882 yilda u bilan tengsiz shartnoma tuzdi , bu shartnomaga muvofiq Koreya 3 ta portini AQSH savdosi uchun ochib qo'ydi , diplomatik vakillarini qabul qildi va Koreya AQSH fuqarolari uchun daxlsizligini tal oldi . Shunday qilib bu yerga Amerika maslahatchilari , missionerlar , o'qituvchilari va albatta kapitali kirib a boshladi . AQSH Samoa orollarini 1889 yilda ( Sharqiy Samoani ) bosib oldi . Gavaya orollari uchun uzoq kurash olib bordi . U bilan 1875 yil savdo shartnomasi tuzildi . Ammo inglizlar va fransuzlar ham bu strategik qulay joyga ega bo'lishga intildilar . AQSH faol harakat qilib , Gavaya bu shartnomada o'z yeriga uchinchi bir davlarni kiritmaslik majburiyatini oldi . Bu prolda cand ishlab chiqarilardi . ADABIYOTLAR RO'YXATI: Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. .Soroko-Tsyupa O.S., Soroko-Tsyupa A.O. Umumiy tarix. Yaqin tarix, 9-sinf. - M.: Ta'lim, 2010. .Sergeev E.Yu. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf - M.: Ta'lim, 2011 yil. Saydaliyevich, U. S., & Sardorbek, S. (2022). FIGHT AGAINST OFFENSES. RESPONSIBILITY OF MILITARY SERVICES. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 11(1), 359-366. Tojimatovich, A. A., & Saydalievich, U. S. (2022). Abduganiyev Jamhurbek Isroil ogli.". Life of the Faculty of Military Education." Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 8, 6- 9. Tojimatovich, A. A., Saydalievich, U. S., & Isroil ogli, A. J. (2022). Life of the Faculty of Military Education. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 8, 6-9. Saydaliyevich, U. S. (2022). Struggle of the peoples of Central Asia against the Achaemenids Tomaris, Shirak. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 6, 64-67. Kuyoshbek, Y., Nurmukhammad, K., Arabboy, Y., Sardorbek, S., & Saydaliyevich, U. S. (2022). THE CONQUEST OF CENTRAL ASIA BY THE ARABS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 1, No. 4, pp. 130-134). Tojimatovich, A. A., & Saydaliyevich, U. S. (2021). Formation Of Science as A Value and Classification of Values. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 3, 172- 178. Международныйнаучныйжурнал№8(100), часть2 «Новостиобразования: исследованиев XXI веке» март, 2023г 418 Saydalievich, U. S. (2021). Abdulhakimov Shahzodbek Abdurashid ogli, and Xofizov Javohirbek Qurbonboy ogli.". UNDERSTANDING AND CONCEPTING BALLS IN THE SPIRIT OF MILITARY PATRIOTISM." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9, 924-929. Khalilovich, M. S., Saydaliyevich, U. S., & Ogli, A. O. M. (2022). Education of young people in the spirit of military and patriotism. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(2), 572-574 1 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 2 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 3 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 4 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 5 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 6 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 7 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. 8 Shubin A.V. Umumiy tarix. Yaqin tarix. 9-sinf: darslik. Umumiy ta'lim uchun muassasalar. - M.: Moskva darsliklari, 2010. Download 45.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling