Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi


Bahs mavzusi: O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim sohasidagi hamkorligining ijobi yoki salbiy oqibatlari


Download 0.54 Mb.
bet23/30
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1505689
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
Maxmudov Dilshod

Bahs mavzusi: O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim sohasidagi hamkorligining ijobi yoki salbiy oqibatlari



HA
Javob
Dalil keltiradi

YO’Q
Javob
Dalil keltiradi

HA
Javob
Dalil keltirmok

YO’Q
Javob
Dalil keltiradi

Xulosa qilib aytganda pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida foydalanish o’qish samaradorligini ko’taradi. Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Shunday ekan bu maqsadga erishish uchun biz bu texnologioyalardan foydalanishimiz kerak. Ananaviy darslardan pedagogik texnologiyalarning farqi shundaki, bunda o’qituvchi ma’lumot beruvchanlik rolidan faqat boshqaruvchanlik roliga o’tadi. Talabalar bu texnologiyalar asosida tayyor ma’lumotni olmasdan balki, o’zlari ma’lumot topishga harakat qiladilar hamda mustaqil fikrlash va mustaqil xulosalar berish kabi ko’nikmalarga ega bo’ladilar.



3.2.Mavzu bo`yicha tajriba sinov ishlarini o`tkazish va natijalar tahlili.
Ushbu mavzuni o’qitish uni ta’limning qaysi bosqichida tajriba sinovi tarzida o’tkazish mavzuning asosiy amaliy metodik qismini tashkil etadi. Pedagogik faoliyatda qo’llaniladigan har qanday texnologiyaning ishonchliligi, samaradorligi va uning chin zaruratini aniqlashda tajriba-sinov ishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida amalga oshiriladigan tashkiliy va uslubiy tadbirlar orasida tajriba-sinovlarni tashkil qilish va o’tkazish muhim bosqich hisoblanadi.
Shuning uchun ushbu tajriba-sinovlar xususida qisqacha (muxtasar) ma’lumot berilishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik tajriba-sinovlar o’tkazishning asl mohiyati amaldagi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga olib boradigan tadqiqotlar va ularning farazlariga muvofiq ravishda, aniq maqsad sari yo’naltirilgan yangi yo’nalish, mazmun, usul, vosita va yangi ta’lim-tarbiyaviy muhit yaratishdan iboratdir.
Masalani aniq tasavvur qilish uchun asosiy tushunchalarning ta’riflarini aniqlab olishimiz lozim.
Tajriba-sinov –bu shunday tafakkur metodi bo’lib, uning yordamida tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi, muammolarni hal qilishning yangi vositalari izlanadi va amalda sinab ko’riladi.
Pedagogik tajriba-sinov-bu ilmiy-pedagogik tafakkur metodi bo’lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy yondashuvlar orasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkoniyatini beradigan tadbirlardir.
Nazariy metod-pedagogik texnologiyani modellashtirish, tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish, uning tizimlarini integratsiyalashtirish va ular o’rtasidagi eng muhim qonuniy bog’lanishlarni aniqlashdir.
Empirik metod-tajriba-sinov tadbirlariga oid ma’lum bo’lgan ilmiy-nazariy, o’quv-uslubiy, ilmiy-ommabop, qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish va mavjud g’oyalar, farazlar hamda tajribalarni tahlil qilish evaziga tajriba-sinovga daxldor modellar va bajarilishi kerak bo’lgan ishlar loyihasini yaratish, sinab ko’rish va amaliyotga tatbiq qilish metodidir.
Tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligi va kafolatlanganligi muhim ko’rsatkichdir. Tajriba-sinovlarni amalga oshirish natijasida har xil kutilmagan xulosa va natijalar olinishi mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Buning sababi shundaki, tajriba-sinovlar yakuni hamma vaqt ham kafolatli natijalarni beravermaydi. Tajriba-sinovlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni o’tkazuvchining o`quv va malakasi, metodik mahorati, bilim va tajribasi, respondentlar(tajriba-sinov ishtirokchilari)ning soni va ularning bu tadbirlarga munosabatlariga bog’liq.
Tajriba-sinovlarga kirishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga muvofiq ish metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar, asosan, yuqorida aytilgan nazariy hamda empirik tajribalarga asoslangan ikki asosiy guruhga bo’linadi.
Tajriba-sinovga mavzu qilib olingan muammoga bog’liq barcha me’yoriy va metodik hujjatlar, tavsiyalar, yo’niqnomalarni o’rganib chiqish zarur hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir turli hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuvlar olib borish, og’zaki va yozma so’rovlar o’tkazish, anketa va test savollariga javoblar olish, turli ilg’or tajribalarni o’rganish va umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham pedagogik tajriba-sinovlarga yordam beradi.
Bunday ishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida pedagogik texnologiya asoslariga doir o’quv qo’llanmasini davlat tilida birinchilardan bo’lib yaratgan mualliflar J.G’.Yo’ldoshev va S.A.Usmonov eng asosiy tasniflarni taklif etganlar.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinov dasturini tayyorlash.
2. Dasturni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish:
- tajriba-sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish;
- boshqaruv vazifalarini taqsimlash;
- kadrlarni bu jarayonga maxsus tayyorlashni tashkil qilish.
3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish.
4. Tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagoglarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish.
5. Ilmiy rahbar yoki konsultant izlash, tanlab olish va ularni tajriba-sinov ishlariga jalb etish.
Tajriba-sinov dasturini tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi:

  1. Taklif qilinayotgan pedagogik texnologiyaning dolzarbligini asoslash. Uning asosiy mazmunini bayoni.

  2. Tajriba-sinov ob’ektini aniqlash:

-pedagogik jamoa;
-o’quvchilar;
-tarbiyaviy ish tizimlari va boshqalar.
3. Tajriba-sinov predmeti.
4. Tajriba-sinov maqsadini talqin etish:
-yangi metodika;
-yangicha tabaqalashtirish;
-yangi dastur yoki o’quv rejasi;
-ma’lum texnologiyaning yangicha varianti;
-yangi metodik ishlanma va hokazo.
5. Tajriba-sinov vazifalarini umumiy hamda xususiy maqsadlar bo’yicha aniq belgilash.
6. Tajriba-sinovning aniq metodikalari va metodlarini tanlab olish.
7. Tajriba-sinov muddatini belgilash.
8. Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash.
9. Talab qilinadigan vaqt miqdorini belgilash.
10.Tajriba-sinovning aniq bazasini aniqlash.
11.Tajriba-sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini tanlab olish.
12. Kutilayotgan natijalarni belgilash.
13.Tajriba-sinov dasturini ekspertiza qilish tartibini belgilash.
14.Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish qoidalarini belgilash.
15.Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini baholash uchun uning uzluksiz kuzatilishi-monitoringini tashkil etish lozim.

2. Pedagogik tajriba-sinov ishlari tahlili


Tadqiqot ishi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda bu jarayonning samaradorligini oshiruvchi quyidagi amaliy tamoyillar aniqlandi va joriy qilindi.

    1. Tarix fanini o’qitishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga doir tadqiqotlar o’rganildi va ilmiy tahlil qilindi.

    2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarida tarixiy bilimlarni shakllantirish pedagogik muammo ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslandi.

    3. O’quvchilarda tushunchalarni shakllantirishning pedagogik jihatlari o’rganildi.

    4. O’zbekiston Respublikasida ta’lim madaniyat ravnaqi mavzusini o’qitishda mazmuni ishlab chiqilib, shakl va usullari aniqlandi. O’qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

    5. Tarix fanini o’qitishning ilmiy, metodik asoslarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini shakllantiruvchi samarali vositalari belgilab berildi.

    6. Tarix darslarida o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantiruvchi turli metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va tajriba-sinovdan o’tkazildi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tajriba tadqiqot jarayonida: tarix fanini o’qitishning faol innovatsion metodlari; bilimlarni shakllantirishning psixologik masalalari; bilimlarning hajmi va mazmuni; mavzuni bayoni ta’rifi, uning texnologik tuzilmasi; o’qituvchining yangi mavzuni bayon qilishi, darsga tayyorgarlik ko’rishi; tarix fanidan mustaqil ishlar, ularning turlari va ularga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oluvchi o’quv-uslubiy qo’llanma joriy qilindi.
Tajriba-sinov ishlari 2020-2021 yillar mobaynida biz tadqiq etayotgan mavzu “O’zbekiston Respublikasi va Fransiya o’rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishi” bo’lib ushbu mavzu Xalq ta’lim tizimida Nurafshon shahar 32-umumiy o’ra ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchilari hamda Nurafshon shahar 26--umumiy o’ra ta’lim maktabining 11-A sinf o’zbek tilli guruhlarda “O’zbekiston Respublikasi va Fransiya o’rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishi” mavzusi doirasida tajriba sinovidan o’tkazildi. Mazkur tadqiqot ob’ektlaridan jami 62 nafar o’quvchilar va 2 nafar o’qituvchilar tajriba-sinov ishlariga jalb etildi.
Tadqiqot ishi uch bosqichda amalga oshirildi va uning texnologik tuzilmasi quyidagicha belgilandi:
1. Asoslovchi bosqich. Mazkur bosqichning asosiy vazifalari sifatida tadqiqot muammosi yuzasidan mavjud tarixiy va pedagogik, metodik adabiyotlarni o’rganish, tahlil etish belgilandi. Asosiy tashkiliy chora-tadbirlar sifatida tadqiqotning maqsad va vazifalari, metodlari, ilmiy farazi shakllantirildi. Tajriba ob’ektlari tanlandi, maktab o’quvchilarining bilish imkoniyatlari va mavjud holati diagnostika qilindi. Mazkur bosqichda ilmiy adabiyotlarning nazariy, qiyosiy tahlili, mavjud me’yoriy hujjatlarni, pedagogik tajribani o’rganish, tahlil qilish, kuzatish metodlaridan samarali foydalanildi.
2. Shakllantiruvchi bosqich. Tadqiqot muammosining mavjud holatiga asoslanib mazkur bosqichda unversitet talabalarining bilimlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik, o’quv-metodik shart-sharoitlarini aniqlash, o’quvchi­larining tarix fanidan tayyorgarligini shakllantirish modelini ishlab chiqish va metodikasini belgilash bilan bog’liq amaliy faoliyat tashkil etildi
Mazkur bosqichning asosiy metodlari sifatida quyidagilar belgilandi: anketa, test, faoliyat mahsulini o’rganish, asoslovchi va shakllantiruvchi tajriba, modellashtirish.
3. Yakunlovchi bosqich. Mazkur bosqichda nazariy - eksperimental tadqiqot natijalarini umumlashtirildi va qiyosiy tahlil qilindi, olingan natijalar miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha yoritildi, rasmiylashtirildi, tadqiqotning ilmiy farazi tasdiqlanib, zaruriy ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Pedagogik tajriba-sinov natijalarining miqdor va sifat tahlilini amalga oshirishda tajriba natijalarini qayta ishlashning matematik statistik metodidan samarali foydalanildi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini aniqlash, tizimli monitoring jarayonini yo’lga quyish maqsadida respondentlar nazorat va tajriba guruhlariga ajratib kuzatildi. Bunda respondent “O’zbekiston Respublikasi va Fransiya o’rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishi” mavzusini mazmunini o’zlashtirishning yuqori, o’rta va quyi nisbatlarida baholandi. Tajriba natijalari maktablarning malakali mutaxassislari, uslubchilaridan tuzilgan «mustaqil ekspertlar guruhi» tomonidan kuzatib, zaruriy holatlarda o’zgartirishlar kiritib borildi.
Innovatsion o’qitish metodikasiga asoslanib olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari pedagogika kollejlari o’quvchilarining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish samaradorligining ortishida o’z aksini topdi(2-jadval).
2-jadval
Maktab o’quvchilarni mavzu bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlarni shakllanganlik darajasi

Tajriba bosqichlari

Tajriba guruhi: n=60

Nazorat guruhi: n=60

yuqori

o’rta

Quyi

yuqori

o’rta

Quyi

Asoslovchi bosqich

14

24

24

18

26

18

Yakunlovchi bosqich

28

22

12

21

25

16

TSI asoslovchi va yakunlovchi bosqich natijalari


Natijalardan (2-jadval; 2- rasm) ko’rinib turibdiki, respondent­lardagi kasbiy tayyorgarlikning yuqori darajasi tajriba guruhlarida asoslovchi bosqichda 14 ta (22%), o’rta daraja 24 ta (39%) va quyi daraja 24 ta (39%) ni tashkil etgan bo’lsa, yakunlovchi tajriba natijalariga ko’ra bu ko’rsatkichlarning yuqori daraja nisbati 28 ta (46%), o’rta daraja nisbati 22 ta (35%) va quyi daraja nisbati 12 ta (19%) ni tashkil etgan. Nazorat guruhlarida esa mazkur ko’rsatkichlarning yuqori darajasi asoslovchi bosqichda 18 (29%) yakunlovchi bosqichda 21 (34%)ni, o’rta darajasi 26/25 (42%; 40%), quyi darajasi 18/16(29%; 26%)ni tashkil etdi.
Matematik-statistik tahlil natijalaridan ma’lum bo’ldiki, taklif etilgan zamonaviy texnologiyalarni qo’llashi bo’yicha tashkillashtirilgan tajriba-sinov ishlaridan so’ng samaradorlik darajasi tajriba guruhlarida nazorat guruhlariga nisbatan 1,19 barobarga ortgan. Bu esa o’z navbatida tadqiqot ilmiy farazini amalda o’z isbotini topganligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mavzu bo’yicha dars ishlanma.
MA’R
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling