Xodimlarni innovatsion boshqarish Reja


Xodimlar innovatsion faolligini boshqarishning maqsadlari


Download 140.85 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi140.85 Kb.
#1555778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xodimlarni innovatsion boshqarish

Xodimlar innovatsion faolligini boshqarishning maqsadlari.

Yangiliklar kiritish innovatsion menejmentning obyekti sifatida. Innovatsion menejment O‘zbekistondagi tadbirkorlarga va ilmiy ommaga nisbatan yangi tushunchadir. Aynan shu vaqtda O‘zbekistonda yangiliklar ko‘payib ketmoqda. Iqtisodiyotni boshqarish formalari o‘rniga boshqa yangi uslublar va shakllar paydo bo‘lmoqda. Bunday sharoitda mazkur faoliyat bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar ham kichik biznes shaklida shug‘ullanmoqlari lozim. Maxsus adabiyotlarda va rasmiy hujjatlarda ko‘p hollarda iqtisodiyotning markazdan boshqarishga taalluqli bo‘lgan tushunchalar, ya’ni ilmiy-texnikaviy progresslarni boshqarish, ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishda qo‘llash kabi tushunchalar qo‘llanilar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat korxonalari yuridik va iqtisodiy erkinliklarga ega, shu sababli hech qanday kiritishlar haqida (davlat tomonidan) gap bo‘lishi mumkin emas. Bu prinsip orqali innovatsion menejment oblastidagi alohida tushunchalardagi farqlarni tushunish mumkin.


Innovatsion so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi «innovatsion» so‘zidan olingan bo‘lib, yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. Yangilikni bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. Yangilikning paydo bo‘lishi va uni hayotga tatbiq etilishi oralig‘idagi vaqt innovatsion loyihasi deb ataladi. Kunlik amaliyotda, odatda, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o‘xshatish ko‘p uchraydi, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi.
Bizga ma’lumki, mahsulot sifatini yoki xizmat sifatini o‘zgartirish resurslar sarflanishini (energiya, vaqt moliya va boshqalar) talab qiladi. Yangilikni (novatsiya) kiritish jarayoniga (innovatsiya) o‘tkazish jarayoni ham har xil resurslarni talab qiladi, ulardan muhimi investitsiya va vaqt hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimiga o‘xshash bozor sharoitlarida tovarning xaridi va sotuvi ramkasida shakllanadigan talab, taklif va narxlarda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti sifatida yangilik, innovatsiya – yangilik kiritish namoyon bo‘ladi. Yangiliklar bozorini shakllantiradi, investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish esa bozordagi sof raqobatni shakllantiradi.
Investitsiya keng ma’noda yangi texnologiyalar, turli mahsulotlar va xizmatlar, tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatilishi tushuniladi. Yangilikning tuzilishi, yaratilishi va tarqalishi jarayoni innovatsiyaning hayotiy sikli deyiladi. Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorning asosiy mahsuloti bo‘lib, intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy-natijaviy produkti hisoblanadi.
Unga mualliflik va shunga o‘xshash huquqlar (bu huquqlar xalqaro, respublka, korporativ va boshqa qonuniy, me’yoriy aktlar doirasida bo‘ladi) taalluqlidir. Dunyo tajribasida ilmiy (ilmiy-tadqiqot), ilmiy-texnik faoliyat va shu bilan birga tajribaviy (konstruktorlik ishlari) kashfiyotlar o‘rtasida farq mavjud. Ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat yangi bilimlarni egallash, taqsimlash va qo‘llashga qaratilgandir.

1.4.-rasm. Xodimlarni innovatsion boshqarish sxemasi

Yangiliklar bozori ilmiy tashkilotlar, vaqtinchalik ilmiy jamoalar, ilmiy xodimlarning uyushmalari, tijorat tashkilotlari, mustaqil ilmiy laboratoriyalar va bo‘limlar, milliy va an’anaviy yangilik yaratuvchilarni shakllantiradi.


Yangilik kiritishning sof raqobat bozori.
Sof raqobat bozori sotuvchi va oluvchilarning shunday uyushmasiki, unda yuqoridagilar joriy baholarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat tushunchasidan foydalanish bizni narxli, narxsiz, insofsiz va boshqa xil raqobatlarni ko‘rib chiqishdan ozod qiladi va shu bilan birga ishlab chiqarish munosabatlari subyektlari orasida eng foydali sohaga kapital qo‘yishni taqsimlash bozori, resurslar manbayi, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyatning namunalari kabi sohalarda kurashishini o‘z ichiga oladi.
Oldin aytib o‘tganimizdek, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyati natijasi sifatida yangilik to yangilik kiritililishi va xalq ommasiga yangi tovarlarni, texnologiyalarni, xilma-xil xizmatlarni, yangi uslublarni va boshqalarni tan olinishida bo‘lgan jarayon vaqt va xarajatlar bilan bog‘liq.
Sof raqobat bozori bu jarayonda ikkilamchi pozitsiyada namoyon bo‘ladi, ya’ni ular o‘zlarida birlik va qarama qarshi tomonlarni kurashini ifoda etadi. Tashkilotning yangiliklar bozorida har xil formada qatnashishini aniqlovchi sharti bo‘lib ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat sohasiga va yangilikni kiritish jarayonini qayta tashkil etish yoki o‘qitishga sarflanadigan investitsiya hajmi hisoblanadi.
Kapital bozori. Rivojlanishni xohlamagan tashkilotni topish qiyin. Uy xo‘jaligiga mebel, videojihoz, avtomobil, gilamlar sotib olish yoki yangilash kerak. Korxonaga esa tashqi va ichki bozorlarda raqobat qila oladigan texnologiyalarni sotib olish, o‘zining mahsulotini taqsimlash uchun yangi bozorlarni topish, yangi yetkazib beruvchilar va iste’molchilar topish kerak bo‘ladi. Davlatga esa yangi xil qurol-yaroqlar, ekologik toza energiyalar, resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalar kerak bo‘ladi.
Jahon uyushmalari. Mars va boshqa sayyoralarni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslaridan qanday foydalanishning yo‘llari kerak. Zamonaviy taraqqiy etgan ilmlar va texnikalar bularning hammasiga bugunoq erishishga yo‘l qo‘yadi. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan ehtiyojlarning hammasini asosiy cheklanishi sifatida har xil turdagi (sizdali, aylanma, aksionerli, venchurli, nizomli va boshqa) kapital namoyon bo‘ladi. Kapital bozori rivojlanishining asosiy mezonlarini 1.2-chizmada ko‘rsatib o‘tilgan. Innovatsiya sohasida aniqlovchi rolni uzoq muddatli va o‘rta muddatli investitsiyalar o‘ynaydi. Innovatsion jarayon, odatda, o‘rtacha 3-5 yil va undan yuqori muddatlarda davom etadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat sanoat siyosati konsepsiyasida quyidagi sanoatdagi investitsion siyosati muhim normalarini qonuniy tartibda mustahkamlash ko‘rib chiqiladi:
Respublika budjetidan faqat fundamental ilmiy tadqiqotlar va notijorat xarakterga ega bo‘lgan obyektlar va shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq obyektlar qaytarmaslik sharti bilan moliyalashtirladi.
Boshqa xil markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.



1.5.-rasm. Xodimlarni innovatsion boshqarish sohada kapital bozori

Davlat resurslarini qaytarish sharti bilan berishni foydali shakllari bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yo‘li bilan investitsiyalash yoki chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarga kafolat berish hisoblanadi. Investitsiyalarning umumiy ko‘rinishi o‘zida iqtisodiyotni har xil sohalariga foyda olish maqsadida uzoq muddatli vositalarni qo‘yishni namoyon etadi. Maxsus adabiyotlarda investitsiyaning xilma-xil klassifikatsiyalashgan variantlarini ko‘rish mumkin. Ulardan biri 1.3-chizmada ko‘rsatilgan iqtisodiy mohiyat va investitsiya maqsadiga ko‘ra investitsiyalar real va moliyaviy investitsilarga bo‘linadi. Real investitsiyani tashkilotlar, korxonalar va boshqa xil uy xo‘jalik subyektlari yer, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish jarayonida amalga oshiradi. Moliyaviy investitsiyalar – bu uy xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning har xil elementlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishidir. Berilgan holatda biznesga kapital qimmatli qog‘ozlarga vositalarni investitsiyalash orqali keladi. Innovatsion soha o‘zida yangiliklar yaratuvchilar, investorlar, raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarni namoyon etadi. Mana shu yerda innovatsion jarayon tamom bo‘ladi.






Download 140.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling