Xodimlarni innovatsion boshqarish Reja


-rasm. Xodimlarni innovatsion boshqarishda investitsuyalarni jalb etish sxemasi


Download 140.85 Kb.
bet10/10
Sana18.06.2023
Hajmi140.85 Kb.
#1555778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xodimlarni innovatsion boshqarish

1.6.-rasm. Xodimlarni innovatsion boshqarishda investitsuyalarni jalb etish sxemasi

Xodimlar innovatsion faolligini boshqarish yakuniy maqsadi bo‘lib, uzoq muddatli IK (investitsion kapital)ni funksiyalashtirishni ta’minlash asosida innovatsion mahsulotni yuqori raqobatbardoshligini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni samarali tashkil etish yotadi. Firmada innovatsion jarayonlarni samarali tashkil etish mezonlari bo‘lib, zamonaviy shartlarda innovatsion mahsulot realizatsiya qilishdan olingan foyda va innovatsion faoliyat xarajatlarini hisoblashga imkon beruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. IK ning foydalilik, daromadliligi maqsad sifatida emas, innovatsion faoliyatni amalga oshirish sharti va natijasi bo‘lib hisoblanadi. Menejment IKning barcha ichki va tashqi elementlarining samaradorligini hamda bir-biri bilan bog‘liqligini ta’minlaydi. Innovatsion tizimning bu holatini uyg‘unlik deb atash qabul qilingan. IK faoliyatida uyg‘unlikka erishuv, innovatsion menejmentning asosiy maqsadli vazifasi bo‘lib hisoblanadi.


Xodimlar innovatsion faolligini boshqarishlarga nisbatan uyg‘unlik vazifasi endogen hamda ekzogenyo‘nalishlarga ajratilgan. Endogen uyg‘unlik deganda IK ning barcha ichki tizim elementlarini, uning subtizimlarini muvofiqlashuvi tushuniladi. Endogen uyg‘unlikni ta’minlash uchun innovatsiyalarni firma ichidagi boshqaruvi maxsus tizimi ishlab chiqilishi lozim. Unda quyidagi vazifalar xal etiladi:
strategik innovatsion tamoyilni ishlab chiqarish;

  • innovatsion loyihalar va dasturlarni shakllantirish va faoliyatning

mavzuviy yo‘nalishlarini aniqlash;

  • tashkilot tizimi hamda innovatsiyalarni boshqarish tizimi ishlab

chiqilishi;

yasini rejalashtirish;

  • kadrlarni tanlash va joylashtirish, IK potensialidan samarali foydalanishni ta’minlash;

  • ishlarni kalendar bo‘yicha taqsimlash va ularni bajarilishini nazorat qilish;

ijod qilish muhitini yaratish va intellektual mehnatning yuqori motivatsiya bilan ta’minlash.
Ekzogen uyg‘unlik Xodimlar innovatsion faolligini boshqarishning tashqi muhit supertizimlari bilan muvofiqligini ta’minlaydi va tashqi muhit cheklashlarini hisobga olgan holda hamda innovatsion faoliyatni maqsadli yo‘naltirilganlik maxsus faoliyati bilan amalga oshiriladi. Innovatsion menejmentda ekzogen uyg‘unlik quyidagi vazifalarni ko‘rib o‘tadi:

  • uzoq va qisqa muddatli innovatsion faoliyat maqsadlarini shakllanishi;

  • marketing tadqiqotlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi;

  • atrof-muhitga ziyon yetkazmaslik ishlarini rejalashtirilish va ekologik

jarayonni hisobga olinishi;

  • raqobatchilarning ilg‘or yutuqlarini va progressiv tajribasini baho-

lash va ulardan foydalanish (benchmarking);

Xodimlar innovatsion faolligini boshqarishning obyektiv g‘oyalari va xaridor talablarini hisobga olish.
Xodimlar innovatsion faolligini boshqarish o‘z mohiyati va vaqt bo‘yicha uyg‘unligi strategik va operativ shakllarga ega. Uyg‘unlikning strategik shakli IKni uzoq muddat yashab qolishiga olib keladi va strategik innovatsion maqsadlar va loyihalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan strategik menejmentni ta’minlaydi. Uyg‘unlikning operativ shakli tanlangan strategiyani rivojlantirish vositasi bo‘lib, u IKdagi operativ menejment tizimi orqali ta’minlanadi.
Xodimlar innovatsion faolligini boshqarish funksiyalari tizimi (1.4-chizma). Innovatsion menejment mohiyati innovatsion tadbirlarni o‘tkazish va tayyorgarlik ko‘rish davrida amalga oshiriladigan boshqaruv jarayonlari va funksiyalari tarkibi bilan aniqlanadi. Menejment funksiyalari deganda oldin ta’kidlab o‘tilganidek, innovatsiyalar ishlab chiqarilganda yechiladigan boshqaruvning umumiy vazifalari tarkibi tushuniladi. Innovatsion jarayonlarning xilma-xilligi ularni boshqarishni turlarga bo‘lishni qiyinlashtiradi.
Download 140.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling