Xodimlarni innovatsion boshqarish Reja
-rasm. Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishda asosiy funktsiyalsri o’rtasida bog’liqlik
Download 140.85 Kb.
|
Xodimlarni innovatsion boshqarish
1.2.-rasm. Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishda asosiy funktsiyalsri o’rtasida bog’liqlik
Maqsadlarni shakllantirish jarayoni xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishning muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi. U innovatsion sohadagi barcha rejaviy hisob-kitoblarning asosiy qismi va birlamchi puntki bo‘lib hisoblanadi. Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishni rejalashtirish. Rejalashtirish innovatsion menejment funksiyasi sifatida rivojlanish maqsadlarini aniqlashni, resurs bilan ta’minlanganlik va bozordagi talablarga innovatsion faoliyat asosiy yo‘nalishlarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Innovatsiyani rejalashtirish mohiyati shundaki, u yerda hisob-kitoblarida quyidagilar bilan ta’minlanadi: IK maqsadlarini qismlash va ularni alohida tizim bo‘limlariga yetkazish; realizatsiya qilinayotgan loyihalar hajmini aniqlash; innovatsion loyiha ishtirokchilari bo‘yicha vazifalarni taqsimlash; har davrga belgilangan vazifalarni bajarishni ta’minlashni va alohida ishlarni realizatsiya qilish muddatlarini hamda ketma-ketlikka rioya qilishni, kerakli resurslar hajmini aniqlash. Innovatsiyalarni rejalashtirish zaruriyati zamonaviy shartlarda tashkilot raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq. Ular innovatsion loyiha ko‘lamini kengayishi; innovatsion jarayonlarning ko‘p variantlik va ehtimollik shakllari; innovatsion sohada kooperatsiyaning kengayishi va maxsuslashganlikni o‘sishi; innovatsion faoliyat natijalari evaziga tashkilotning iqtisodiy majburiyatlari ortishi va xo‘jalik mustaqilligini kengayishi bilan aniqlanadi. Innovatsion faoliyatning hamma sanab o‘tilgan rivojlanish omillari innovatsiyadagi boshqaruv qarorlarini rejaviy ishlab chiqishni talab qiladi. Bu xulosa ham kichik IKlarga ham yirik IKlarga taalluqli. Innovatsion menejmentning bir butun tizimida rejalashtirish quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi: Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishni maqsadlarini tizimlashtirish va ularni alohida ijro etuvchilarga yetkazish; Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishni belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishishni tadbirlar, ilmiy, texnik va ishlab chiqarish vazifasini yechishni ta’minlaydigan dasturlarni shakllantirish; Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishning alohida maqsadlar, tadbirlar va ijro etuvchilar o‘rtasidagi vaqtinchalik bog‘liqlik; Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishning qabul qilingan innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar baholanishi; Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishni innovatsion loyiha bo‘yicha ishlarni bajarilishini nazorat qilish. Rejalashtirilgan vazifalarni hal qilish aniq tashkilot tizimlarini, ularni ijro etuvchilarni jalb qilishni va ularning kelishilgan holdagi faoliyatini tashkil qilishni talab qiladi. Innovatsiyalarni tashkil qilish (1.2-chizma). Tashkil qilish mohiyati funksiyasi qabul qilingan xodimlarni innovatsion faolligini boshqarishni rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish maqsadida belgilangan rejaviy vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. Buning uchun kerakli resurslar hajmini belgilash, masalalarini taqsimlash, ijro etuvchilar vaqtini belgilash, ishtirokchilar kooperatsiyasini aniqlash, nazoratni ta’minlash va boshqa ishlar qilish kerak bo‘ladi. Barcha darajadagi boshqaruvchilar faoliyatining salmoqli qismini egallagan innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil etish qabul qilingan rejaviy qarorlarni samarali bajarish maqsadida innovatsion jarayonning barcha elementlarini vaqt va oraliq bo‘yicha maqsadga muvofiq birligini ta’minlaydi, innovatsiyani tashkil qilishni tizimlashtirilishi va turlanishning muhim belgilari bo‘lib tashkiliy qarorlarni vujudga kelish vazifalari, shakllari va usullari tushuniladi. Download 140.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling