Xodimlarni innovatsion boshqarish Reja


-rasm. Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarish funktsiyalari tizimi


Download 140.85 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi140.85 Kb.
#1555778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xodimlarni innovatsion boshqarish

1.1-rasm. Xodimlarni innovatsion faolligini boshqarish funktsiyalari tizimi
Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zining aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib, tashkilot maqsadi, bir tomondan, jarayon baholanishi va prognozi natijasi bo‘lib, ikkinchi tomondan, rejalashtirilgan innovatsion tadbirlarga chegara bo‘lib xizmat qiladi. Shu ikki funksiyaga amal qilish uchun innovatsiya maqsadini shakllantirish bir qancha talablarga javob berishi kerak. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi:
1. Xodimlarni innovatsion faolligi maqsadi aniq shaklga ega bo‘lishi va o‘lchana olishi kerak. Ular mohiyati bo‘yicha ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyosiy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin va ular rivojlanishning ishlab chiqarish, moliya, kadr, marketing vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Lekin barcha xodimlarni innovatsion faolligi maqsadlarini shakllantirish hollarida aniq ko‘rinishga ega bo‘lishi, innovatsiya turi tavsifiga mos kelishi va tashkilot
ichki hamda tashqi yo‘nalishlarini aniqlamog‘i lozim.
2. Xodimlarni innovatsion faolligi maqsadlari kerakli natijalarga erishish uchun aniq vaqt bo‘yicha taqsimlanmog‘i lozim. Maqsadlarni vaqt bo‘yicha yo‘nalishi yo‘llarni aniqlashtirishga, ularga erishish usullariga, davrlarga taqsimlashga, tashkilot rivojlanishi to‘xtovsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
3. Xodimlarni innovatsion faolligi maqsadlariga erishish mumkin bo‘lishi kerak. Maqsad unga erishish strategiyasini shakllantirishga va qabul qilingan rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish bo‘yicha rejaviy tadbirlar dasturi tayyorlash uchun ishlab chiqiladi. Shuning uchun innovatsion faoliyat maqsadlari jamoada erishish mumkin bo‘lgan vazifalarni qo‘yishi lozim.
4. Xodimlarni innovatsion faolligining maqsadlari xilma-xilligi bir-biri bilan bog‘liq va bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmasligi kerak. Ma’qul innovatsion tashkilot maqsadlari tizimi shakli bo‘lib, uning maqsadlar daraxtini ko‘rish tushuniladi.


Download 140.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling