Xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi


Download 0.78 Mb.
bet3/75
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1107127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
UMUMIY KITOB (4)

Buxgalteriya hisobixo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari va manbalarining harakatini aks ettirib, xo'jalik jarayonida sodir bo'ladigan muomalalami yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini o'lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ulami yagona bir o'lchovda, ya’ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qaror- larini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko'rsatkichlami hisoblash, baholash, ulami tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.

    1. Xo'jalik hisobi turlarining qiyosiy tavslfi

Buxgalteriya hisobining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, unda barcha yozuvlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Вu unda hujjatlar maxsus dalillovchi yuridik kuchga ega bo‘lib, mulkning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytiradi va korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati - uning uzluksizligi va xo'jalik muomalalarini yoppasiga qamrab olishidir. Buxgalteriya hisobi barcha xo'jalik muomalalarini yoppasiga qayd qilishni uzluksiz amalga oshira borib, korxonalarda sodir bo'layotgan xo'jalik jarayonlarini to‘Ia tavsiflaydi.
Buxgalteriya hisobi natura va mehnat o'lchovlarini umumlashtirgan holda barcha xo'jalik mablag‘larini va xo‘jalik faoliyati jarayonidagi ularning doiraviy aylanishini pul ifodasida aks ettiradi. Bu buxgalteriya hisobini operativ va statistik hisobdan farq qildirib, undan xo‘jalik faoliyatini so‘m bilan nazorat qilish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Demak, buxgalteriya hisobi faqat pul ifodasida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobining xususiyatlari uni operativ va statistik hisobdan farq qildiradi (1.3-rasm).

1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining о 'ziga xos xususiyatlari.

    1. Buxgalteriya hisobining mohiyati va turlari

Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining yakuniy natijasi - foyda olishga qaratilganligi bilan bog'liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uchta yo'nalishda qayta shakllanmoqda (1.4-rasm).

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling