Xomashyo va tayyor mahsulotlarning


Ammoniy nitratning yopishqoqligini kamaytirish uchun


Download 0.55 Mb.
bet6/13
Sana17.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1208531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
9-2

Ammoniy nitratning yopishqoqligini kamaytirish uchun:



  1. Mahsulot tarkibida juda oz miqdorda (0,2%) suv qolguncha bug‘latiladi, donadorlanadi va sovutiladi. Bunda 32,3 0C dan quyi haroratda turg‘un, (stabil) bo‘lgan uning 1U-shakli hosil bo‘ladi.

  2. Mahsulot kristallanguncha turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalar sifatida magnezit yoki dolomitni nitrat kislotada parchalash yo‘li bilan olingan magniy nitrat, kalsiy va magniy nitratlari, fosforit yoki apatitni nitrat kislotada parchalash orqali hosil qilingan mahsulotlar, diammoniyfosfat, ammoniy sulfatlardan foydalaniladi. Bunda magniy nitrat Mg(NO3)2 5H2O kristallogidratini hosil qilib, ammoniy nitratning II-shaklini III-ga o‘tishini sekinlashtiradi va II-shaklini IV-ga metastabil o‘tishini va donalar mustaxkamligini ta’minlaydi. Qotmagan mahsulotga erimaydigan moddalarni qo‘shish esa donalarning mayda kristall struktura xolida qotishiga, zichligi oshishi va mustaxkam bo‘lishiga yordam beradi.

  3. Mahsulot donalariga sirtaktiv moddalar bilan ishlov berilib, gidrofob qatlam hosil kilinadi. Buning uchun naftalin-formaldegid (NF) ning 40% li eritmasi ishlatiladi. Mahsulot polietilen yoki qog‘oz qoplarga solinib, og‘zi mahkam tiqiladi.





  1. rasm. NN4NO3 ning suvda eruvchanligi.



Kristallar shakli: I — kubsimon; II — tetragonal; III — rombik-monoklenik; IV — bilromidal rombik; V — tetragonal.


Ammoniy nitrat 110°C haroratdan yuqorida parchalana boshlaydi:


NH4NO3 = NH3(g)+HNO3(g) - 174,4 kj


Bu reaksiya sekin sodir bo‘ladi. Masalan, 1650C haroratda bir sutka davomida massa jixatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Harorat 200-270°C da parchalanish tezligi yanada ortadi:
NH4NO3 = N2O(g) + 2H2O(g) + 36,8 kj


Harorat 400-500°C gacha tez ko‘tarilsa, parchalanish reaksiyasi portlash bilan sodir bo‘ladi:


NN4NO3 = N2 + 2H2O + 0,5O2 + 118 kj


Amalda 3000C, harorat portlashga sabab bo‘ladi. NN4NO3 ning mineral kislotalar va yengil oksidlanuvchi (moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) qo‘shimchalar ishtirokida portlashi tezlashadi. Toza xolatda esa zarbaga chidamli, lekin yopiq muxitda qizdirish natijasida portlashi mumkin. Portlash xususiyatini kamaytirish maqsadida unga karbamid (0,05-0,1%), kalsiy karbonat, magniy karbonat va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin.
Ammoniy nitratdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida ham foydalaniladi. Bunda yog’och kukuni va organik materiallar, ammonallar (alyuminiy kukunli aralashmalari) va boshqalar qo‘shiladi.
Bunday aralashmalar detonator ishtirokida portlatiladi. Davlat standarti buyicha donadorlangan ammiakli selitraning yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1- kategoriyali (1-nav) turlari mavjud. Qishloq xo‘jaligida va sanoatda qo‘llaniladigan ammiakli selitra tarkibida NN4NO3 ning miqdori 98% dan kam emas. B markali ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N bo‘ladi. Suv (namlik) esa sulfat va sulfat-fosfat qo‘shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan ko‘p emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan ko‘p emas).
Suv tutuvchi qo‘shimcha 0,3% bo‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali ammiakli selitra tarkibidagi qo‘shimchalar miqdori: kalsiy va magniy nitrat CaO (Mg0) hisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) P2O5 hisobida 0,5-1,2%, ammoniy sulfat 0,3-0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4-0,6% bo‘ladi. B markali 1-navda esa qo‘shimchalar miqdori meyorlanmaydi. Ammiakli selitra 10% li suvli eritmasining pH muxiti barcha navlarda: sulfat-fosfat qo‘shimchasi bo‘lsa 4,0 va boshqa qo‘shimchasi bo‘lsa 5,0 ga teng bo‘ladi.
Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li donachalar 93% dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% dan kam emas (shuningdek barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan kichik donachalar 4% dan ortiq emas.
Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka uchun 5 N, B marka uchun 7 N va 1-nav uchun 5 N bo‘ladi. Sepiluvchanligi har ikkala marka uchun ham 100% bo‘ladi. Buning uchun 5 qop ammiakli selitra 1 m balandlikdan yerga tashlanadi, teshiklari 5 mm bo‘lgan elakdan 1 minutda to‘la o‘tishi kerak.
Ammiakli selitra yong‘inga xavfli bo‘lib, isitgichlardan xoli bo‘lgan xonalarda saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va bir joydan boshqa joyga tashilmaydi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling