Xomidov muxtor maxammadjonovich jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish (1)
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKUL’TETI «JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI» KAFEDRASI
XOMIDOV MUXTOR MAXAMMADJONOVICH JISMONIY TARBIYA VA SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISHDA MURABBIYLAR KASBIY FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH 5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo`yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan
2 MUNDARIJA
1
maqsadi va vazifasi 3
1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari 5
1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish uslublari 6
2.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik jarayonlari 9
2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik shakllari 19
2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etish 26
3.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining mazmuni 32
3.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini asoslari 35
3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini oshirish talablari 40
Xulosa 53
Foydalanilgan adabiyotlar
55
3 Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish
I. Kirish II. Asosiy qism 1.Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining maqsadi va vazifasi 1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari 1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish uslublari 2.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik jarayonlari 2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik shakllari 2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etish 3.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining mazmuni 3.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini asoslari 3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini oshirish talablari III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
4 Kirish Mamlakatimizda yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxasisilari tayyorlash tizimi zamonaviy talabalarga to‘liq javob bera oladi, shu bilan birga bu tizim xalqaro standartlar asosida takomillashib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida mamlakatimizda etishib chiqayotgan ko‘plab yuqori malakali sportchilarni, xalqaro musobaqalar va olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini misol keltirishimiz mumkin. Xalqimiz sog‘ligi darajasi yildan yilga ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng ommaviylashib borishida deb xulosa qilishimiz mumkin. Shunga qaramay jismoniy tarbiya mutaxasislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni zamon talablariga muvofiq kasbiy malaka va tajribalarini ortirib borish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.[1.19]
jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining roli katta bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklari hamda tajribalari jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘quvchi va talabalarni jismonan barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi: Bitiruv malakaviy ishda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkitl etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faoliyatlari hamda ularning tarbiyaviy va ta’limiy xususiyatlari keng tahlil etildi. O‘quvchi va talabalarrning ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini asosiy shakllari va ularni tashkil etish uslublari va talablari ham o‘rganildi. Bitiruv malakaviy ishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash jarayonlari va ularga qo‘yiladigan talablar, ularning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, tajriba hamda malakalarini ortirish jarayonlarining shakllari ham o‘rganildi.
5 Tadqiqot predmeti va ob’ekti; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4- sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida litseyda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan.
ishida ilmiy tadqiqotning adabiyotlar tahlili, pedagogik nazorat, eksperiment, natijalarini matematik statistik tahlil etish, tibbiy-biologik hamda psixologik nazorat uslublaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda mamlakatimiz va horijning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarining jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan tajriba va malakalari hamda INTERNET materiallari o‘rganildi.
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish keng o‘rin tutadi.
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga bu jarayonni samaradorligini orttirishda o‘quv soatlari hamda mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq.
6 1.Bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINING MAQSADI VA VAZIFASI Jismoniy tarbiya tarbiyani bir qismi bo‘lib, bu tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy, estetik hamda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
1. Mamlakat aholisini sog‘lomlashtirish. 2. Har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash. 3. Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash. Bu maqsadga erishishda aholining yoshi, jinsi, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi hamda qiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar belgilanadi. Bu bilan jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari shakllanadi. Tarbiyachi, murabbiylar oldida faqatgina sportda oliy natijalarga erishish emas balki, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasi turish kerak. Bu vazifani nazariy va amaliy jihatdan etuk bo‘lgan hamda o‘z kasbini sevadigan mutaxassislar amalga
oshiradilar. Sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni kamol toptirish va harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish masalalarini amalga oshirishda shug‘ullanuvchilar tarkibi xususiyatlarga muvofiq yondashiladi. Bolalar jismoniy tarbiyasi ularni har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlash va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etsa, ayollar jismoniy tarbiyasi ularni kelgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. O‘smirlar va kasb tayyorgarligi talab etuvchi mutaxassislar jismoniy tayyorgarligi jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, sportda texnik va taktik tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarliklarni ta’minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. [12.22]
1. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari va funksiyalarini uyg‘un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog‘ligini mustahkamlash, uzoq umr ko‘rishini ta’minlash. 2. Harakat malaka va ko‘nikmalarini hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mahsus bilimlarni shakllantirish.
7 3. Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik bilan bir qatorda shaxsning ma’naviy, irodaviy va estetik sifatlarini tarbiyalash. Aqliy, intellektual kamolotga etkazish. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda bosh omil murabbiylar hamda tashkilotchilar hisoblanadi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog‘ligi hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasini amalga oshirish ko‘zlanmasa, tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar vazifalari quydagilardan iborat: Sog‘liqni mustahkamlash, talabalarni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Talabalarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigienik bilim va ko‘nikmalarni singdirish. Talabalarda harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o‘rgatish. Jismoniy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy mashqlar, mehnat, tegishli kun tartibi va tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish Ta’lim muassasalari ¸shidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Ta’lim muassasalarida tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustaxkamlash uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.[8.4]
8 1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari Jismoniy tarbiya nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari: jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya tizimi, jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat. Shu tushunchalar orqali jismoniy tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari o‘rganiladi. Ular doimo o‘zgarib kengayib va chuqur mazmun aks ettirib keladi.
va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon organizm va uning yashash muhiti tuzilishi, o‘zgarishi hamda miqdor va sifat o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida jismoniy xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy xayotiy kuchlar va organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Lekin jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat turmush sharoitlari va tarbiyaga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish-jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir. Jismoniy tarbiya - aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini o‘zgarishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya-pedagogik jarayon, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyat xayot sharoitlari, ov jismoniy tarbiya vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lgan. Insonning ibtidoiy jamoa davridanoq yashash uchun kurashga, jamoada o‘z o‘rnini topishga hamda ov qilishda jismoniy harakatlar qo‘l kelgan. Ongsiz ravishda bo‘lsa ham odamlar o‘zlarining jismoniy sifatlari tezkorlik, kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar.
tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush sharoitlariga moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini ta’minlaydi.
9 Jismoniy barkamollik tushunchasini yana shunday izohlash mumkinki, bu insonni har qanday sharoitda ham og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish qobiliyati bilan birga o‘zida ahloqiy sifatlar, insonparvarlik, onglilik hamda jamoatchilik xislatlarini o‘zida mujassam bo‘lishidir. Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Millatning jismoniy madaniyat va sport sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa aholini hamma qatlamini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari, jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi. Sport – inson jismoniy barkamolligini ta’minlovchi vosita bo‘lib, bir xil shakldagi jismoniy mashqlar va xarakatlar majmu’idir. Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport vositasida amalga oshiriladigan jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini tayyorlash” termin ham qo‘llaniladi. Bularning tushunchasi bir-biriga juda yaqin, biroq bir xil emas. Sportchini tayyorlash-kengroq tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lish va buni oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.[9.33] 1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish uslublari Jismoniy tarbiya jarayoni boshqa tarbiyalardan farqli o‘laroq
shug‘ullanuvchilar organizmini sog‘lomlashtirish hamda jismoniy rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan. Jismoniy tarbiya amaliyotida ta’limning ko‘plab turli uslublari va uslubiy shakllari qo‘llaniladi. Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
10 a) og‘zaki; b) ko‘rgazmali; v) amaliy. Uslublar va uslubiy shakllar o‘zaro chambarchas aloqadadir. O‘qituvchi ularni turli ko‘rinishlarda qo‘llab, jismoniy tarbiyaning to‘la qonli jarayonini ta’minlaydi. Og‘zaki uslub shakllari: Tushuntirish uslubi Ta’lim muassasalariíing barcha sinflarida qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda qo‘llaniladi.
yordamida materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda o‘z fikrlarini aytish istagini qo‘zg‘aydi. Buyruq va qaror. Talabalar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o‘tish jarayonida o‘qituvchi rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi.
bajarishda qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga yoki bir talabaãa tegishli bo‘lishi mumkin.[10.26]
eng tushunarlisi ko‘rsatish uslubi hisoblanadi. Ko‘rgazmali uslublarda mashqlarni ko‘rsatish etakchi o‘rinni egallaydi. Umuman ko‘rgazmalilikni qo‘llanish, xususan ko‘rsatish kichik yoshdagi talabalarni o‘qitishda zarurdir. Ko‘rsatish juda samarali bo‘lish uchun bolalarni yaxshi uyushtirish va ular kuzatishlari uchun sharoit yaratilishi lozim. Mashqlar barcha talabalarga yaxshi ko‘rinadigan joydan turib namoyish etilishi kerak. Ko‘rsatish va tushuntirish turli variantlarda birga qo‘shib olib boriladi: 1) dastlab mashq namoyish etiladi, so‘ng tushuntiriladi; 2) dastlab mashq tushuntiriladi, so‘ng namoyish qilinadi; 3) namoyish tushuntirish bilan birga olib boriladi.
hosil qildirish uchun ko‘pincha ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi.
11 Ko‘rgazmali qurollar suratlar, jadvallar, rasmlar, fotosuratlar bo‘lishi mumkin. Ularni darsda o‘qituvchi rahbarligida yoki, agar ular sinfda yoki zalda osib qo‘yilsa, darsdan tashqari vaqtda mustaqil ravishda ko‘rib chiqish mumkin.
bajaradilar, ko‘rsatadilar, takrorlaydilar. Ta’limning asosiy vazifasi shug‘ullanuvchilarda mustahkam harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun o‘rganiladigan harakatlarni ko‘p martalab takrorlash zarur. O‘rganiladigan harakatlarni rejali ravishda mashq qilish bolalarga jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori natijalariga erishishlarda yordam beradi, ularni sog‘lom qiladi, bilimini oshiradi. Musobaqa takomillashtirish uslubi sifatida talabalarda bir qadar malaka hosil bo‘lganidan keyingina qo‘llaniladi. Musobaqada o‘quv materialini o‘tish davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim talabalar aniqlanadi.
o‘qituvchilarning o‘z talabalari individual xususiyatlarini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega, chunki, har bir sinfda zukko va parishonxotir, faol va sust: jismoniy madaniyat va sportga qiziquvchi va qiziqmaydigan talabalar bo‘ladi. O‘qituvchi har bir talabaíing sog‘ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini yaxshi bilish kerak. Har bir sinfda o‘z sinfdoshlaridan jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra yaqqol ajralib turadigan talabalari bor. Ulardan ba’zilari mashqlarni bajara olmaydilar, boshqalari esa, aksincha, jismoniy mashqlarni bajarishda yuqori natijalar ko‘rsatadilar. Shuningdek yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan bolalar ham o‘zlariga individual yondoshishga ehtiyoj sezadilar. Bolalarga individual yondoshishda ularning sog‘ligini, yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling