Xomidov muxtor maxammadjonovich jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini


 Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.06.2020
Hajmi0.65 Mb.
#120514
1   2   3   4   5
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish (1)


 

2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy  

tayyorgarlik shakllari 

Ma’ruza.  Jismoniy  tarbiya  sohasida  ma’ruzalar  sport  turlari  va  jismoniy 

tarbiyaning  nazariy  asoslari  hamda  jismoniy  tarbiya  uslubiyoti  fanlaridan  olib 

boriladi.  Xususan  jismoniy  tarbiya  va  sportning  tarixi,  jismoniy  tarbiyaning 

nazariy  asoslari  va  jismoniy  tarbiya  uslubiyoti  hamda  sport  trenirovkasi 

jarayonining  qonuniyatlari,  jismoniy  tarbiyada  ta’lim  va  tarbiya,  harakatlarga 

o‘rgatish, umumiy va maxsus tayyorgarlik jarayonlari tahlil etilai. 

Oliy  ta’limda  ma’ruzani  quyidagi  turlaridan  foydalaniladi:  akademik 

ma’ruza,  ma’ruza-hikoya,  ma’ruza-suhbat,  ma’ruza-munozara,  ommaviy 

ma’ruza  va  muammoli  ma’ruza.  Bu  ma’ruzalar  yozma  shaklda  ifoda  etiladi. 


 

 

23 



Buning  uchun  ma’ruzachida  reja  va  bayonnoma  bo‘lishi  lozim.  Ayniqsa, 

ma’ruzada  ishlatiladigan  izohlar,  ko‘chirmalar,  ma’lumotlar,  misollar  uchun 

yozma  ravishda  alohida  kartochkalar  tayyorlangan  bo‘ladi.  O‘qituvchi  ma’ruza 

o‘qir  ekan,  talabalarga  mavjud  materiallarni  etkazish  bilan  birga,  ularga  ba’zi 

vazifalarni berib, kutubxona, laboratoriya va arxivlarda ishlash uchun yo‘llanma 

berishi  ham  kerak.  Talabalarga  ma’ruza  o‘qish  va  amaliy  mashg‘ulotlarni 

o‘tkazishda  Oliy  ta’lim  hayotidagi  tajriba  ham  nazariy,  ham  amaliy  jihatdan 

umumlashtirib borilmoqda.  



Seminarlar  o‘zlashtirilayotgan  yangi  materiallarning  bir  qismi  talabalar 

tomonidan  qanday  o‘zlashtirilishini  tekshirib  ko‘rish  maqsadida  o‘tkaziladigan 

dars  shaklidir.  Seminar  mashg‘ulotlari  ma’ruza  uslubi  orqali  berilgan 

ma’lumotlarni  umumlashtirish  va  mustahkamlash  maqsadida  barcha  ijtimoiy 

fanlar  uchun  tadbiq  etiladi.  Seminar  mashg‘ulotlari,  odatda  ma’sus  mavzuga 

bag‘ishlangan  bo‘lib,  uning  rejai  ilgariroq  e’lon  qilinadi  va  seminar  mavzuiga 

bog‘liq  adabiyotlar    ko‘rsatiladi.  Talabalar  seminar  mashg‘ulotlariga 

tayyorlanayotganlarida  ko‘rsatilgan  adabiyotlarni  olib  o‘qiydilar,  zarur 

xronologik  materiallardagi  qoida-qonunlarni  atroflicha  ishlab  chiqib,  uni  bir 

umumiy bayonnoma holiga keltiradilar. Talabalarga seminar uchun tayyorgarlik 

ko‘rganlarida  ma’ruza  yozish  tavsiya  etiladi.  Bu  ma’ruzada  talaba  mavzu 

bo‘yicha o‘zining shaxsiy mulohazalarini ham aytishi kerak. 



Amaliy  va  tajriba  mashg‘ulotlari  ma’ruza  kursida  olingan  bilimlarni 

amalda tadbiq qilish maqsadida o‘tkaziladigan dars shakllaridan biridir. Bu ikki 

mashg‘ulot  o‘zining  xususiyatiga  ko‘ra  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liqdir. 

Amaliy  va  tajriba  darslarida  talabalar  ikki  guruhga  bo‘linadilar.  Har  bir  kichik 

guruhga alohida o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy 

mashg‘ulotlar  sport  turiga  muvofiq  bo‘lgan  mashqlar  texnikasi  va  taktikasini 

egallashga,  jismoniy  fazilatlarni  rivojlantirishga,  musobaqalar  o‘tkazish  malaka 

va  ko‘nikmalarini  egalashga,  umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  ko‘rishga  yordam 

berishi kerak.[34,95,165] 


 

 

24 



Maslahatlar  oliy  va  o‘rta  maktabda  o‘qitishning  keng  qo‘llaniladigan  bir 

shakli  bo‘lib,  ko‘pincha  ma’lum  kurs  materiallari  o‘tib  bo‘lingach,  undan 

olinadigan  reyting  sinov  va  attesstatsiyalardan  oldin  yoki  o‘zlashtirmovchi 

talabalar bilan yokka holda yoki guruh bo‘lib o‘tkaziladi. Maslahatlarda odatda 

bir  yoki  bir  necha  guruh  talabalari  o‘zlashtirgan  bilimlar  yuzasidan  o‘qituvchi 

yakuniy  suhbat  o‘tkazadi  va  talabalarning  tushunmagan  savollariga  javob 

beradi.  

Kollekviumlar  o‘qitish  jarayonida  keng  qo‘llaniladigan  dars  shakllaridan 

biri  bo‘lib,  ayniqsa,  tabiiy  fanlarni  to‘laroq  o‘zlashtirishda  juda  qulaylik 

tug‘diradi.    Kollekviumda  fanning  bir  bo‘limi  o‘tib  bo‘lgach,  shu  bo‘limni 

talabalar qanday o‘zlashtirganliklari sinab ko‘riladi. Unda o‘qituvchi talabalarga 

vazifalar  beradi.  Talabalar  savollarga  birin-ketin  javob  beradilar.  Javoblar 

o‘qituvchi  tomonidan  yakunlanib,  umumlashtiriladi  va  faol  ishtirok  qilgan 

talabalar rag‘batlantiriladi.  

Kurs  ishlari  oliy  o‘quv  yurtlarida  oxirgi  kurs  talabalarini  ilmiy  tadqiqot 

ishlari  olib  borish  malakasini  hosil  qilishga,  ma’lum  ilmiy  xarakterga  ega 

bo‘lgan  qisqacha  ma’ruza  yozishga  o‘rganishga  chorlaydi.  Odatda,  kurs  ishlari 

yozishda  o‘qituvchi  rahbarligida  mavzu  tanlab  olinadi  va  mavzuga  doir  reja 

tuziladi,  rejaga  asosan  kurs  ishi  yozilib,  taqriz  qilinadi  va  o‘qituvchiga 

topshiriladi.  Kurs  ishini  bajarish  jarayonida  o‘qituvchi  rahbardan  muntazam 

ravishda maslahatlar olib turiladi. Kurs ishlarida talabalar aniq  mavzu bo‘yicha 

mustaqil  ravishda  tegishli  adabiyotlarni  o‘qib  chiqib,  mustaqil  fikr  yuritadi  va 

kichik  muammolarni  echib  berishga  o‘zining  hissasini  qo‘shadi.  Kurs  ishlari 

talabalarning o‘quv-tadqiqot ishlarining asosiy shakllaridan birini tashkil etadi. 



Bitiruv  malakaviy  ishlari  muaxasislik  fanlari  bo‘yicha  barcha  talabalar 

yozish shart bo‘ladi. Talabalar oliy o‘quv yurtini tamomlayotganlarida tanlangan 

maxsus  kurslari  yuzasidan  ilmiy-tadqiqot  olib  boradilar.  Ular  shu  soha  bilan 

bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  adabiyotlarni  ishlab  chiqib,  o‘z  ishlarining  boshqa 

ishlardan  farqini,  uning  ishlab  chiqarishga  keltiradigan  foydasini  ko‘rsata 


 

 

25 



bilishlari kerak. Bitiruv malakaviy ishi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi.  Bitiruv 

malakaviy ishlarining hajmi  fanlar va mavzularga qarab, belgilanadi.   

Talabalar  tomonidan  bajariladigan  bitiruv  malakaviy  ishlari  haqiqiy  ilmiy 

ishlarning boshlanishidir.  Bu  munozarani talab etmaydi.  Bitiruv  malakaviy  ishi 

talabaga  ilmiy  izlanish,  ma’lum  muammolarni    o‘rganish  va  uning  mohiyatini 

tahlil qilishda yordam beradi. Zotan, talabalar o‘qish jarayonida ma’lum doirada 

ilmiy-tekshirish  ishlari  olib  borgan  bo‘ladilar.  Talabalarning  ilmiy  ishlari 

talabalar  ilmiy  jamiyatlari  anjumanida  tinglanadi,  muhokama  qilinadi, 

baholanadi.  Bu jarayon talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab boradi. 

Mutaxassis  bajargan  Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  uning  magistrlik  ishi 

bo‘lib davom ettirilishi mumkin. 

Reyting  nazorati,  maslahat,  yozma  ishlar  nazorati  ham  o‘qitish 

jarayonining  ajralmas  tarkibiy  qismlaridir.  Ularning  har  biri  o‘ziga  xos 

tomonlari bilan ajralib turadi.  

Talabalarga ma’ruza o‘qishda, amaliy tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, 

seminarlar  tashkil  etishda,  fanlar  bo‘yicha  “tayanch  ibora”  yozma  ishlari 

yozishda,  kurs  va  bitiruv  malakaviy  ishlariga  rahbarlik  qilishda  Oliy  ta’lim 

Kadrlar  tayyorlash  Davlat  standartilari  ham  nazariy,  ham  amaliy  jihatdan  to‘la 

amal qilingan holda ish ko‘riladi. 



Jismoniy  tarbiyada  me’riy  hujjatlar:  O‘quv  rejasi  davlat  xujjati  bo‘lib, 

o‘quv  ishlari  tartibi,  mazmuni,  shakllarini  aniq  belgilab  berishda,  shuningdek, 

talabalarning  bilimini  nazorat  qilish  hamda  baholashda  alohida  ahamiyatga 

egadir.  O‘quv  rejasida  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlar,  attesstatsiya 

sessiyalari,  bitiruv  malakaviy  ishlari,  ta’til  singarilarni  olib  borish  va 

o‘tkazishning muddatlari aniq ko‘rsatiladi. O‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich 

kurslarda  ko‘proq  umumiy  fanlar  o‘qitiladi,  yuqori  kurslarda  esa  mutaxassislik 

bo‘yicha  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlar  o‘tkaziladi.  O‘quv  rejalari  hamma 

o‘quv  yurtlari  uchun  bir  hilda  emas,  chunki  ularning  har  biri  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘quv muddatini belgilashda hisobga olinadi. Shunga 



 

 

26 



muvofiq  o‘qiladigan  fanlar,  attesstatsiyalar,  kurs  ishlari  miqdori  semestrlar 

bo‘yicha aniq belgilab chiqiladi. 

Har bir fakultet uchun o‘quv rejalari tuziladi. Mutaxassis va Magistr o‘quv 

rejasida  o‘qiladigan  fanlar  bo‘yicha  ma’ruzalar,  amaliy  mashg‘ulotlar,  maxsus 

kurslar,  maxsus  seminarlar,  kurs  va  bitiruv  malakaviy  ishlari,  pedagogik  va 

ishlab  chiqarish  tajribalari,  attesstatsiya  va  reyting  sinovlar  muntazam  ravishda 

aniqlab  beriladi,  o‘quv  rejasi  tuzib  bo‘lingach,  muhokama  etiladi  va 

tasdiqlanadi.  Tasdiqlangan  o‘quv  reja  uzoq  yillargacha  amalda  qo‘llanib 

boriladi.  Lekin  o‘qish  jarayonida  ba’zi  o‘zgartirishlar  kiritish  mumkin  va  bu 

o‘zgartirishlar  kafedra  va  fakultetning  tavsiyasi  bilan  universitet  ilmiy 

kengashida  tasdiqlangandan  so‘ng  kuchga  kiradi.  O‘quv  rejasidagi  har  bir  fan 

o‘zining o‘quv dasturiga ega bo‘ladi. Dasturlarni olimlar va tajriba o‘tkazuvchi 

o‘qituvchilar tuzishi mumkin. Dasturlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib 

boruvchi  olim-pedagoglar  tomonidan  tayyorlangani  ma’qul.  Chunki  o‘quv 

rejasining  mohiyatini  faqat  auditoriya  bilan  muloqotda  bo‘lgan  mutaxassisgina 

to‘la  ochib  bera  olishi  mumkin.  Dastur  qisqagina  so‘z  bilan  boshlanib,  so‘ngra 

bir  necha  boblaryoki  bo‘limlarga  ajraladi.  Har  bir  bob  yoki  bo‘limda  alohida 

o‘tiladigan  mavzular va kichik  mavzular berilib, oxirida zaruriy va qo‘shimcha 

adabiyotlar  ro‘yxati  keltiriladi.  Dasturda  fanlar  bob,  qism  va  bo‘limlarga 

ajratilib, har bir mavzu bo‘limlarga bo‘linadi, har bir bob, bo‘lim yoki qismdan 

so‘ng  foydalanishi  lozim  bo‘lgan  adabiyotlar  alfavit  tartibida  keltiriladi.  Bu 

o‘qituvchining  ma’ruzalarga  va  amaliy  mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rishini 

osonlashtiradi.  Shuning  uchun  o‘qituvchilar  dasturdagi  adabiyotlarning  bir 

qisminigina talabalarga mustaqil ishlash uchun tavsiya etishlari lozim. 



Jismoniy tarbiya dasturlari: Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini olib 

borish  jismoniy  tarbiya  dasturi  asosida  tashkil  etiladi.  Dastur  bajarilishi  shart 

bo‘lgan  davlat  hujjatidir.  U  o‘qituvchi  yoki  Ta’lim  muassasalari  rahbarlar 

tomonidan  Ta’lim  muassasalari  ìoddiy  texnika  bazasi  imkoniyatlariga  muvofiq 

o‘zgartirilishi  mumkin.  Jismoniy  madaniyat  bo‘yicha  dasturlar  hozirgi  zamon 

ilmiy ma’lumotlar va o‘qituvchilarning amaliy tajribalari asosida ishlab chiqilib, 



 

 

27 



Ta’lim  muassasalari  talabalarining  jismoniy  tarbiyasida  nazariya  va 

amaliyotning  birligini  aks  ettiradi.  Dastur  mazmuni  jismoniy  tarbiyaning 

sog‘lomlashtiruvchi,  tarbiyaviy  va  ilmiy  masalalarini  hal  etadigan  turli  xil 

jismoniy  mashq  turlarining  birligidan  iborat.  Sog‘lomlashtirish  va  tarbiyaviy 

masalalar xar qanday dars va mashg‘ulotlar uchun umumiy hisoblanadi. 

Nazariy ma’lumotlar bo‘limiga talabalarni harakat tartibi, gigienik qoidalar, 

jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida qomatni to‘g‘ri tutish va to‘g‘ri nafas olish bilan 

tanishtirish kiradi. Shuningdek, bu bo‘lim  chiniqish,  darsdan  tashqari vaqtlarda 

faol  dam  olish,  Ta’lim  muassasalarida  va  uyda  jismoniy  madaniyat  bilan 

shug‘ullanish qoidalarini ham o‘z ichiga oladi.  

Hàrakatli  o‘yinlar  bo‘limida  umuman  rivojlantiruvchi  mashqlar,  yugurish, 

joyida va joyidan turib balandlikka, yugurib kelib uzunlikka sakrashlar, uzoqqa 

va  mo‘ljalga  uloqtirish  malakalari  beriladi.  Shuningdek  harakatli  o‘yinlardan 

taqlidiy, estafeta, musobaqa va guruh o‘éinlari xamda ashula va she’r jo‘rligida 

o‘ynaladigan o‘yinlar qoidalari va talablari bayon etiladi. 

Engil  atletika  va  kross  tayyorgarligi  bo‘limiga  yurish,  yugurish,  joydan 

turib  va  yugurib  kelib  uzunlikka  sakrash,  yugurib  kelib  balandlikka  sakrash, 

uzoqqa  va  mo‘ljalga  uloqtirish  hamda  qisqa  va  uzoq  masofaga  yugurishlar  va 

almashlab yurishlar kiradi. 

Sport  o‘yinlari  bo‘limida  sport  o‘yinlaridan  basketbol,  futbol,  gandbol, 

voleybol  bo‘yicha  jismoniy  harakatlar  malaka  va  ko‘nikmalari  mashqlar 

texnikasi o‘rgatiladi. Sport o‘yinlari turiga muvofiq to‘p olib yurish to‘pni qabul 

qilish uzatish jarima to‘plari chiqarish malaka va ko‘nikmalari o‘rgatiladi. 

Gimnastika  bo‘limida  osilish  va  tayanish,  akrobatika,  tirmashib  chiqish, 

“muvozanat 

saqlash 


mashqlari”, 

tayanib 


sakrash, 

saf 


mashqlari, 

umumrivojlantiruvchi  mashqlar,  buyumlar  bilan  mashqlar  kabi  jismoniy 

mashqlar texnikasi o‘rgatiladi.  

SHuningdek  suzish,  kurash  va  musiqiy  ritmik  tarbiya  bo‘yicha  amaliy  va 

nazariy bilimlar ham dasturda aks ettiriladi.  


 

 

28 



Hàr  xil  iqlimiy  sharoitlar  tufayli  Ta’lim  muassasalaridagi  o‘quv  ishlarini 

olib  borish  sharoiti  ham  bir  xil  emas,  shuning  uchun  bir  o‘quv  materialni 

boshqasi  bilan  almashtirishga  yo‘l  qo‘yiladi. qaerda suzishga  imkoniyat  bo‘lsa, 

o‘sha joyda dasturning ayrim bo‘limlarini qisqartirish hisobiga suzish darslariga 

soat ajratiladi. Xar bir turdagi mashg‘ulot organizmga, harakat ko‘nikmalarining 

shakllanishiga, 

harakat 

sifatlarini, 

avvalo 

tezkorlik 



va 

chaqqonlikni 

tarbiyalashda  o‘ziga  xos  ta’sir  ko‘rsatadi,  ma’naviy  va  irodaviy  xislatlarni 

tarbiyalashda yordam beradi. 

Ta’lim  muassasalari  jismoniy  tarbiya  dasturi  asosida  jismoniy  tarbiya 

o‘qituvchilari  jamoasi  jismoniy  tarbiya  darslarining  yillik  rejasini  ishlab 

chiqadilar.  Jismoniy  tarbiya  darslari  yillik  rejasi  har  bir  ta’lim  bosqichi  uchun 

alohida tuziladi. Boshlang‘ich sinflar uchun alohida, o‘rta sinflar uchun alohida 

va  yuqori  sinflar  uchun  alohida  reja  tuzilib,  reja  mazmunini  talabalar  yoshi  va 

jismoniy  rivojlanishi  hamda  qiziqishlariga  muvofiq  sport  turlari  tashkil  etadi. 

Boshlang‘ich  sinflarda  asosan  harakatli  o‘yinlar  va  gimnastika  mashg‘ulotlari 

bo‘lsa, o‘rta sinflarda sport o‘yinlari va engil atletika mashqlardan foydalaniladi, 

yuqori  sinflarda  esa  sport  o‘yinlari  bilan  birga  kurash  va  suzish  mashg‘ulotlari 

qo‘llaniladi.  Yillik  rejaga  asosan  chorak  rejalari  tuzilib,  chorak  rejalar 

mazmunini  shu  chorakda  o‘tiladigan  o‘quv  materiallari  tashkil  etadi.  Chorak 

rejalarga  muvofiq  dars  rejalari  tuzilib,  har  bir  darsda  o‘òiladigan  o‘quv 

mashg‘ulotlari  mazmuni  yoritiladi.  Dars  rejalariga  muvofiq  dars  bayonlari 

yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o‘quv materiallari keng yoritiladi va 

uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi.   

Jismoniy  tarbiya  dasturida  talabalarni  yosh  xususiyatlari  hamda  jins 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  jismoniy  tayyorgarlik  va  jismoniy 

rivojlanish darajalarini nazorat qilish me’yorlari beriladi, nazorat darslari xar bir 

chorak  so‘ngida  o‘tkaziladi.  Ta’lim  muassasalari  jismoniy  tarbiya  dasturida 

jismoniy  tarbiyadan  talabalar  kun  tartibidagi  jismoniy  tarbiya  tadbirlari  hamda 

sinfdan tashqari ishlarda jismoniy madaniyat, umumiy jismoniy tayyorgarlik va 


 

 

29 



sport  to‘garaklari  ish  faoliyati  maqsadi  va  vazifasi  hamda  mazmuni  ham  keng 

yoritiladi. 

Jismoniy  tarbiya  nazariy  ma’lumotlarning  vazifasi  talabalarga  jismoniy 

madaniyat  va  sport  soxasida  zarur  bilimlarni  berish,  jismoniy  mashqlar 

ahamiyatini  tushuntirish,  gigienik  qoidalarni  o‘rgatish  va  ularni  qo‘llay  olish 

malakasini  berish.  Ta’lim  muassasalari  talabalarning  harakat  rejimi  bolalarning 

sog‘ligini  saqlash  va  mustahkamlashda,  xar  tomonlama  jismoniy  rivojlanishda 

faol  harakat  rejimi  asosiy  omillardan  biri  hisoblanadi.  Jismoniy  mashqlardan 

oqilona  foydalanish  ta’sirida  inson  muskullari  kuchli,  chaqqon,  aniq  harakatli 

bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi. 

Bolaning  yoshiga  xos  tabiiy  harakat  ehtiyojini,  katta  harakat  faolligini 

rag‘batlantirish  va  to‘g‘ri  yo‘lga  solish,  harakat  tartibini  yaratishi  lozim. 

Jismoniy mashg‘ulotlarning gigienik qoidalari - har qanday jismoniy mashg‘ulot 

sanitariya-gigiena  talablariga  rioya  qilingan  holda  o‘tkazishi  kerak.  Bu  talablar 

quyidagilar:  mashg‘ulotlar  joyining  gigienik  jihatdan  mos  bo‘lishi,  tegishli 

jihozlar, inventar, maxsus ust-bosh va oyoq kiyimning mavjudligi. 



 

2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini 

tashkil etish 

Hozirgi vaqtda Oliy ta’lim tizimida muhim tarixiy vazifani amalda to‘laroq 

hal  etish-mamlakatimiz  xalq  xo‘jaligiga  yuqori  malakali  va  bilimdon 

mutaxassislar  etkazib  berish  masalasi  hal  etilmoqda.  bu  sohada  mutaxassislar 

tayyorlashni rejalashtirishda yaxshi tajribalar orttirilgan, hozir xalq xo‘jaligining 

hamma sohalarini fan, madaniyat va san’at mutaxassislari bilan ta’minlash rejali 

ravishda  amalga  oshirilmoqda.  Oliy  ta’lim  va  xalq  xo‘jaligining  o‘sib 

borayotgan  talabini  va  kelajagini  hisobga  olib  ish  ko‘rmoqda.  Buning  uchun 

Oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari tarkibi ta’limining to‘rt shartiga; 

o‘z fanini a’lo darajada bilish, o‘z kasbini jonu-dilidan sevish va talabalarda ham 

shu  fanga  muhabbat  uyg‘otish,  sinab  ko‘rish  va  amaliy  ishlarni  hozirgi  davr 


 

 

30 



talablari  asosida  uyushtirish,  chuqur  bilimga  ega  bo‘lishga  rioya  qilib 

kelmoqdalar. 

Endigi  asosiy  vazifa  tayyorlanayotgan  mutaxassislarning‘  sifatini  yanada 

yaxshilashga,  ularni  ijodiy  fikrlovchi  va  tashabbuskor  mutaxassislar  qilib 

tarbiyalashga erishishdan iboratdir. Bu o‘z navbatida talabalarni ta’lim berishni 

talab qiladi.  

Talabalar  oliy  o‘quv  yurti  dargohiga  qadam  qo‘yishlari  bilan  o‘zlari 

tanlagan  sohalari,  mutaxassisliklari  bo‘yicha  fanlarning  sirlarini  sabr-toqat  va 

matonat  bilan  o‘zlashtiradilar.  Bunda  auditoriyalarda  o‘tiladigan  ma’ruza  va 

amaliy  mashg‘ulotlarda  faollik  ko‘rsatish  hamda  mustaqil  ishlashni  to‘g‘ri 

uyushtira olish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Talaba uchun har bir daqiqa 

g‘animatdir. 

Oliy  o‘quv  yurtlarining  o‘quv-tarbiya  ishlaridagi  asosiy  kamchilik  sifatida 

ulgurmovchilik  ko‘zga  tashlanadi.    CHunki  ayrim  talabalar  o‘z  qobiliyatlariga 

mos keluvchi kasbni to‘g‘ri tanlay olmasdan tasodifiy ravishda Oliy ta’limlarga 

joylashib qolib, so‘ngra o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘ladilar yoki uni bir 

amallab  bitiradilar.    So‘ngra  ular  belgilangan  joyga  ishga  bormasdan  engil  va 

oson ish axtaradilar.  

Bunda  ayrim  abiturientlar  Oliy  ta’limga  kirganlaridan  keyin  o‘qituvchilar, 

yaxshi  o‘qiydigan  talabalar  yordamiga  tayanib,  ter  to‘kib  o‘qimasalar,  u  holda 

o‘zi  o‘qib  turgan  oliy  dargoh  bilan  xayrlashib  qolishi  muqarrar  ekanligi  qayd 

etib  o‘tiladi.    Bunday  holda  bir  kishidan  emas,  balki  ikki  kishidan  ajralib 

qolinadi:  noo‘rin  kirib  qolib,  birinchi  qiyinchiliklar  yuz  berishi  bilan  haydalib 

ketgan  talaba  va  attesstatsiyalarni  muvaffaqiyatli  topshirib,  ba’zi  sabablarga 

ko‘ra konkursdan o‘ta olmay qolgan abiturient. 

Demak, o‘rta maktabda ham, Oliy ta’limda ham fanlarni to‘la o‘zlashtirish 

zamon  talabi  bo‘lib  qolmoqda.  Buning  uchun  hamma  ishlarni  ilmiy  asosda 

tashkil  etish  zarur.  Hozirgi  vaqtda  professor-o‘qituvchilar,  va  o‘quvchi  va 

talabalarning  o‘quv  jarayonini  jadallashtirish  borasida  katta  ishlar  amalga 


 

 

31 



oshirilmoqda.  Lekin  bular  qayta  qurish  bobidagi  muhim  ishlarning 

boshlanishidir, xolos. 

Hamma ishni, jumladan o‘quv jarayoni bo‘lib, ishlab chiqarish, madaniyat, 

san’at va ularning kelajak taraqqiyoti bilan bevosita qiziqish, o‘quv-uslubiy va 

texnika  vositalaridan  foydalanishni  takomillashtirib  borish,  o‘quv  jarayonini 

to‘g‘ri  rejalashtirish,    ilmiy  ishlarni  rivojlantirib  borish,  ilmiy  pedagogik 

mutaxassislarning 

malakasini 

oshirib 

borish, 


mutaxassislardan 

o‘rinli 


foydalanish,  talabalarning  ish  sharoiti,  dam  olish  va  har  xil  jamoat  ishlariga 

ishtirokini mukammallashtirib borish kabilarni o‘z ichiga oladi. 

Unda  boshqa  qator  muhim  masalalar  bilan  bir  qatorda,  tajribaxona  asbob-

uskunalari,  ko‘rgazmali  qurollar  va  ta’limning  texnik  vositalaridan  keng 

foydalanib  ish  ko‘rish,  barcha  jabhalarda  kompyuter,  mikrokompyuterdan 

foydalanish va ilmiy tadqiqotlarga joriy etishni qisqa vaqt ichida yo‘lga qo‘yish 

alohida qayd etib o‘tilgan. 

Bu amaldagi mavjud an’anaviy o‘qish usullari va shakllaridan voz kechish 

kerak,  degan  ma’noni  bermaydi.  Aksincha,  oliy  o‘quv  yurtlaridagi  va  ayrim 

tajribali  olimlarning  ishlariga  tayangan  holda,  o‘quv  jarayonida  ilmiy  hayot  va 

jamoat  ishlarini  boshqarish  sohalaridagi  tadbirlarini  takomillashtirib  va 

mukammallashtirib  borishni  ko‘zda  tutadi.  O‘quv  jarayonini  boshqarishning 

samaradorligi  uning  qanchalik  to‘g‘ri  va  oqilona  rejalashtirilganligi  bilan 

o‘lchanadi.  Buni  to‘g‘ri  hal  etishda  o‘qish  jarayonining  grafik  jadvallari  bir 

muncha engillik tug‘dirishi  mumkin. 

O‘quv  jarayonini  muvaffaqiyatli  va  serunum  tashkil  etishda  o‘qituvi  va 

talabalarning mehnat faoliyatlarini chuqur o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.  

O‘quv  jarayonini  ilmiy  asosda  tashkil  etishda  uning  psixologik-fiziologik 

tomonini  tahlil  qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  ma’ruza  va  amaliy 

mashg‘ulotlarni  o‘zlashtirishda  talabalarning  eshitish,  ko‘rish,  fikrlash 

xususiyatlarining qay darajada ekanligi, bunga muvofiq ravishda sarf bo‘ladigan 

mehnat alohida hisobga olinishi kerak. Shuning uchun o‘quv rejasini tuzishda va 

ulardagi  fanlarni  dars  jadvallariga  joylashtirishda  har  tomonlama  o‘ylab  ish 


 

 

32 



yuritish  maqsadga  muvofiqdir.    O‘qitish  jarayonining  fiziologik  asosi  sifatida 

reflekslar va signallar tizimlari haqidagi, oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotlar 

foydalaniladi.  Oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  ta’limotga  ko‘ra,  kishida  ruhiy 

o‘zgarish va taassurot tashqi muhit natijasida yuz beradi va ichki faoliyat bilan 

o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Fiziologik va ruhiy jihatdan o‘qitish nazariyasining asosi 

Oliy  ta’limda  o‘qitish  jarayoni  uchun  ham  asos  qilib  olinadi  hamda  refleks  va 

signallarga oid yangi tekshirishlar asosida to‘ldirib boriladi.  

Reflekslar shartli va shartsiz deb ikki turga bo‘linadi. Shartli refleks odam 

va hayvonlarga xosdir. Ularda doimiy ravishda ta’sir va javob reaksiyasi mavjud 

bo‘ladi.  Shartli  refleks  tashqi  muhit  ta’siri  bilan  yuz  bergan  o‘zgarishlarga 

moslashish asosida paydo bo‘ladi.  

Signal  tizimlari  ikki  qismdan  iboratdir:  birinchi  signal  tizimi  kishining 

ko‘rish, eshitish, sezish, idrok etish va boshqa shartli qabul qilish a’zolarida aks 

etadi.  Kishining  ruhiy  faoliyatida  ikkinchi  signal  tizim  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Chunki  u  nutq  va  yozuv  bilan  bog‘liqdir.  Ikkinchi  signal  tizimi  birinchi  signal 

tizimi bilan chambarchas bog‘liq va undan kelib chiqadi. Birinchi signal tizimi 

borliqning  kishi  organlariga  ta’siri  orqali  hosil  bo‘ladi.  Masalan,  ko‘rish  va 

eshitish natijasida miyamizda hosil bo‘luvchi obrazlar birinchi signal tizimidir. 

O‘qish  jarayonini  tashkiliy  va  uslubiy  shakllardangina  iborat  bo‘lib 

qolmasdan,  u  keng  va  ko‘p  qirralidir:  o‘quv  rejalari,  o‘quv  dasturlari,  dars 

jadvallari,  reyting  sinovlar,  maslahatlar,  attesstatsiyalar,  turli  xil  tajriba  va 

boshqa  shu  kabilari  ham  qamrab  oladi.  Uning  har  bir  bo‘lagi  o‘z  mazmuni  va 

yo‘nalishiga  egadir.  Hozirgi  vaqtda  Oliy  ta’lim  oldida  shakl  va  mazmuni  birga 

qo‘shib borishning samarali yo‘llarini izlab topish va uni o‘qish jarayoniga joriy 

qilish  vazifasi  turibdi.  Ana  shunday  imkoniyatlardan  biri  o‘qitish  jarayonini 

ilmiy asosda tashkil etishdan iborat bo‘lib, u g‘oyaviy jihatdan mustahkam, har 

tomonlama  taraqqiy  etgan,  mustaqil  fikr  yurita  oladigan  yuqori  malakali 

mutaxassislarni tayyorlab etkazish uchun xizmat qilishi lozim. 

O‘quv rejasi davlat xujjati bo‘lib, o‘quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllarini 

aniq belgilab berishda,  shuningdek, talabalarning  bilimini nazorat qilish  hamda 



 

 

33 



baholashda  alohida  ahamiyatga  egadir.  O‘quv  rejasida  ma’ruza  va  amaliy 

mashg‘ulotlar,  attesstatsiya  sessiyalari,  bitiruv  malakaviy  ishlari,  ta’til 

singarilarni  olib  borish  va  o‘tkazishning  muddatlari  aniq  ko‘rsatiladi.  O‘quv 

rejasiga  muvofiq  boshlang‘ich  kurslarda  ko‘proq  umumiy  fanlar  o‘qitiladi, 

yuqori  kurslarda  esa  mutaxassislik  bo‘yicha  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlar 

o‘tkaziladi. 

Masalan, 

filologiya 

fakultetlarida 

boshlang‘ich 

kurslarda 

tilshunoslikka  kirish,  ruhshunoslik,  pedagogika,  mantiq,  chet  tillari, 

mutaxassislikka  kirish,  adabiyotshunoslikka  kirish  singari  fanlar  o‘tilsa,  yuqori 

kurslarda o‘quv dasturidan til va adabiyotga bevosita taalluqli sintaksis, o‘zbek 

adabiy  tilining  amaliy  stalistika,  adabiyot  nazariyasi,  maxsus  kurslar  va 

seminarlar, pedagogik va ishlab chiqarish jarayonlari ko‘proq o‘rin oladi.  

O‘quv rejalari hamma o‘quv yurtlari uchun bir hilda emas, chunki ularning 

har  biri  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  o‘quv  muddatini  belgilashda 

hisobga  olinadi.  Shunga  muvofiq  o‘qiladigan  fanlar,  attesstatsiyalar,  sinflar  va 

kurs ishlari miqdori semestrlar bo‘yicha aniq belgilab chiqiladi. 

Har  bir  student  uchun  darsxona  o‘tiladigan  bir  kunlik  ma’ruza,  amaliy 

mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar uchun 10 soat vaqt mezon hisoblanadi. Shanba 

kuni bundan kamroq bo‘lishi mumkin. Demak, bir hafta o‘rtacha 50-56 soat vaqt 

sarf  etilish  lozim.  I-II  kurslarda  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlarga  5  soat, 

mustaqil  tayyorlanishga  5  soat,  yuqori  kurslarda  esa  4-6  soatga  to‘g‘ri  kelishi 

tabiiy  xoldir.  Bir  kunda  o‘tilgan  darslarning  dastlabki  soatlari  serunum, 

sermahsul o‘quv soatlari hisoblanadi.  

Hozirgi  vaqtda  amalda  qo‘llanib  kelayotgan  o‘quv  rejalari,  politexnik 

mutaxassislik  bo‘yicha  umumiy  o‘quv  soatlari  quyidagicha  ajratiladi,  nazariy 

ilmiy  darslarga-54%,  ishlab  chiqarishga  moslab  tayyorlashga-6%,  ta’tillarga 

(mehnat semestrlari bilan birgalikda)-10%. 

Har bir fakultet uchun o‘quv rejalari tuziladi. Mutaxassis va Magistr o‘quv 

rejasida  o‘qiladigan  fanlar  bo‘yicha  ma’ruzalar,  amaliy  mashg‘ulotlar,  maxsus 

kurslar,  maxsus  seminarlar,  kurs  va  bitiruv  malakaviy  ishlari,  pedagogik  va 

ishlab  chiqarish  tajribalari,  attesstatsiya  va  reyting  sinovlar  muntazam  ravishda 


 

 

34 



aniqlab  beriladi,  o‘quv  rejasi  tuzib  bo‘lingach,  muhokama  etiladi  va 

tasdiqlanadi.  Tasdiqlangan  o‘quv  reja  uzoq  yillargacha  amalda  qo‘llanib 

boriladi.  Lekin  o‘qish  jarayonida  ba’zi  o‘zgartirishlar  kiritish  mumkin  va  bu 

o‘zgartirishlar  kafedra  va  fakultetning  tavsiyasi  bilan  universitet  ilmiy 

kengashida tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi. 

Jumladan,  yangi  o‘quv  rejalari  va  dasturlarini  qayta  ko‘rib  chiqish,  ularni 

davr talabiga moslab qayta tuzib chiqish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

O‘quv  rejasidagi  har  bir  fan  o‘zining  o‘quv  dasturiga  ega  bo‘ladi. 

Dasturlarni  olimlar  va  tajriba  o‘tkazuvchi  o‘qituvchilar  tuzishi  mumkin. 

Dasturlar  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlarni  olib  boruvchi  olim-pedagoglar 

tomonidan  tayyorlangani  ma’qul.  Chunki  o‘quv  rejasining  mohiyatini  faqat 

auditoriya  bilan  muloqotda  bo‘lgan  mutaxassisgina  to‘la  ochib  bera  olishi 

mumkin.  Dastur  qisqagina  so‘z  bilan  boshlanib,  so‘ngra  bir  necha  boblaryoki 

bo‘limlarga ajraladi. Har bir bob yoki bo‘limda alohida o‘tiladigan mavzular va 

kichik  mavzular  berilib,  oxirida  zaruriy  va  qo‘shimcha  adabiyotlar  ro‘yxati 

keltiriladi. 

Dasturda  fanlar  bob,  qism  va  bo‘limlarga  ajratilib,  har  bir  mavzu 

bo‘limlarga  bo‘linadi,  har  bir  bob,  bo‘lim  yoki  qismdan  so‘ng  foydalanishi 

lozim  bo‘lgan  adabiyotlar  alfavit  tartibida  keltiriladi.  Bu  o‘qituvchining 

ma’ruzalarga  va  amaliy  mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rishini  osonlashtiradi. 

Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  dasturda  beriladigan  adabiyotlar  ham 

o‘qituvchi,  ham  talabaga  mo‘ljallangan.  “Mutaxassislikka  kirish”,  “Hozirgi 

o‘zbek  adabiy  tili”,  “O‘zbek  dialektologiyasi”,  “O‘zbekiston  tarixi”,  “Siyosiy 

iqtisod”  kabilar  shular  jumlasidandir.  Shuning  uchun  o‘qituvchilar  dasturdagi 

adabiyotlarning  bir  qisminigina  talabalarga  mustaqil  ishlash  uchun  tavsiya 

etishlari  lozim.Ma’ruza  va  ayrim  amaliy  mashg‘ulotlar  jadvali  bir  semestrda 

o‘tiladigan  fanlar  yuzasidan  tuziladi.  Unda  yarim  yillik  soatlar  hisobga  olinib, 

haftalarga  bo‘linadi.  Shuning  uchun,  har  bir  semestr  bo‘yicha  o‘tilishi  lozim 

bo‘lgan  soatlarni  muntazam  ravishda  jadvalga  joylatirish  va  o‘tish  tabiiy  xol 

hisoblanadi.  



 

 

35 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling