Xomidov muxtor maxammadjonovich jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ish xulosalari
- Foydalanilgan adabiyotlar
56 Xulosa Bitiruv malakaviy ishimizda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarining kasbiy faoliyati shakllari va turlari tahlil etildi. Jismoniy tarbiya
mutaxassislari oliy va
o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tayyorlanadilar. Ularning ta’lim tarbiya jarayoni nazariy bilimlar va amaliy malaka va ko‘nikmalar egallash shakllaridan iborat bo‘ladi. Nazariy bilimlar ma’ruza, seminar va tajriba mashg‘ulotlari davomida berib boriladi va o‘zlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda sport turlari va jismoniy harakatlarning texnik va taktik shakllari o‘rganiladi xamda jismoniy fazilatlar takomillashtirilib boriladi. Shuningdek sport turlari bo‘yicha mutaxassislik mashg‘ulotlarida texnik va taktik xamda jismoniy tayyorgarlikdan ega bo‘lgan sport tayyorgarligi malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. To‘liq mutaxassislikka ega bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari faoliyati ta’lim muassasalari xamda yashash joylarida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish va boshqarishdan iborat bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya darslari, dars davomidagi fikult daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli o‘yinlar, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar, kun tartibidagi sayrlar va sayyohlik yurishlaridan iborat bo‘ladi. Bolalar bilan yashash joylarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlari, musobaqalar, bellashuvlar va bayramlar shaklida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari bolalar va aholi bilan jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini nazariy mashg‘ulotlar, amaliy mashg‘ulotlar shakllarida tashkil etadilar. Nazariy bilimlar jismoniy mashqlar va sport turlarining maqsadi va vazifasi, shakllari xamda ularning organizmga ta’siri kabi masalalarni o‘rgatadi. Amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Sport turlari harakatlarining texnika va taktikasi egallanadi xamda jismoniy fazilatlar rivojlantiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda
57 shug‘ullanuvchilar harakatlarni amalda bajarib malaka va ko‘nikma xosil qiladi. Buning uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mashqlarni amalda bajarib ko‘rsatadilar. Bu murabbiylarni amaliy tayyorgarliklari yuqori bo‘lishligini talab etadi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislarining barcha faoliyat turlari bolalarni va aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kasbiy tajribalarini ortirib borish keng tashkil etilgan. Kasb hunar kollejlari jismoniy tarbiya mutaxasssilarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish maqsadida har uch yilda kasbiy malaka oshirish va qayta tayyorlash tashkil etiladi. Kasbiy malakalarni oshirishda va qayta tayyorlash jarayonlarida tinlovchilarga jismoniy tarbiya va sport sohasining etuk mutaxassislari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib tinglovchilarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilimlari bilan birga iqtisodiy va xaquqiy bilimlari, horijiy tillarni o‘rganish darajalari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish malakalari ortirib boriladi. Bitiruv malakaviy ish xulosalari: 1.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lib hisoblanadilar. 2.
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shakllarida tashkil etiladi. 3. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etish malakalarini ortirish uchun ular reja asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida qatnashadilar.
58 Foydalanilgan adabiyotlar 1. И.Каримов. Ватан ва халқ мангу қолади. Тошкент. 2010 2. И.Каримов. Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак. Тошкент. 2013 3. В.М.Видрин. Мутахассислик асослари. М., 1974. 4. В.М.Видрин. Введение в спецальность. М.”ФИС” 1980. 5. Б.А.Ашмарин. Теория и методика физического воспитания. М. 1990. 6. Матвеев Л. П. Теория и методика физической культуры. Москва. 1991
7. Черник Е. С. Наглядность в работе учителья физической культуры Москва. 1991 8. Ю.М.Юнусова. Спорт фаолиятнинг назарий асослари. Тошкент. 1994.
9. Хужаев Ф. Ўзбекистонда жисмоний тарбия қўлланма. Тошкент. 1997 10. Нормуродов А.А. Жисмоний тарбия дарслик Тошкент 1998 11. Э. А. Сейтхалилов Педагогик илмий тадқиқот муаммолари Қўлланма Тошкент 1999 12. Абдуллаев А. , Хонкелдиев Ш. Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. Тошкент. 2000 й. 13. Ахматов М. С. Узлуксиз таълим тизимида оммавий спорт- соғломлаштириш ишларини самарали бошқариш. Тошкент. 2001й. 14. Саломов Р.С., Керимов Ф.А. Жисмоний тарбияда педагогик технологиялар. Тошкент. 2002 й. 15. Усмонходжаев Т.С. Болалар ва ўсмирлар спорти машғулотлари назарияси ва услубиятлари. Тошкент. 2005 й. 16. Саломов Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари – Тошкент., Ўзбекистон Давлат жисмоний тарбия институти, 2005 йил - 238 б. 17. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилятларини ривожлантириш Тошкент., Ўзбекистон Давлат жисмоний тарбия институти 2005 йил - 171 б.
59 18. А.Н.Бородиев, И.Б.Голдштейн, Н.Б.Самойлов. Учебное пособия под.ред. Русский рукопашный бой. Москва 2001 19. К.Борисов. Практика рукопашного боя. Учебное пособия под/рек. 2003 г
20. С.Иванов – Катанский. Джиу джицу Москва 1996 г. 21. С.А. Лапшин. Карате – до Донецк Москва 1991г. 22. Илхамов И.Р. Пособие по защите и обезоруживанию при ударах ножом. Тошкент 1998 23. Методическое руководство для первого года обучения. Узбекистон. 1998 г. 24. Наставление по физической подготовке Вооружённых Сил Республики Узбекистана. Тошкент 1999 25. А.А.Абсатаров. А.А.Истомин. Дзюдо кураши. Тошкент Иқтисод- Молия 1993 йил. 26. Ўзбекистон Республикаси Президенти, вазирлар маҳкамаси ҳамда жисмоний тарбия ва спорт ишлари бошқармалари тамонидан чиқарилган қарор, қонун, фармонлар. Тошкент 1991-2007. 27. Обидов Т. Ўзбек полвонлари. Тошкент. 1979 28. Махачкала, Абдуллаев И. “Националное видо спорта” 1982. 29. Исақов Р. Т. Фарғонача кураш. 1994. 30. Азизов Н. Белбоғли Туркистон кураши. Тошкент. 1998 31. Керимов Ф. Спорт кураш назарияси ва усулияти. Тошкент. 2005. 32. Rambler: ru., Google., Yandex. Провайдерларидан Интернет материаллари. 2015-2016 Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling