Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Rastr ma’lumot tiniqligi. Rastr ma’lumotdagi katakchalar (cell) berilgan
rastr ma’lumot modelining tiniqligini koʻrsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga koʻra,
tiniqlik 10 metrga teng boʻlsa, u holda katakcha yuzasini 100 m2 (10mx10m) deb
qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumot berilsa, unda har
bir katakcha joydagi 900 m2 joyni tasvirlagan boʻladi. Shuning uchun katakcha


birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni
10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha
ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan
ma’lumot bizga joy haqida yanada aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega boʻlgan
piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi. Agar kichik
masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq koʻrinadi (3-rasm) va uni kattalashtirib
borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni koʻrish mumkin (4-rasm).
3-rasm. Tiniqligi boʻyicha yuqoridan olingan kosmik tasvir
4-rasm. Kosmik tasvir yaqinlashtirilganda koʻrinadigan kvadratlar
Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, har bir katakcha oʻzida
ma’lum bir oʻlchamni va oʻz navbatida, ma’lumotni saqlaydi. Bu esa kompyuter
xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda tiniqlik
tuchunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishdan maqsad – faqat tiniqligi yuqori boʻlgan
tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi
masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi tahliliy ishlarni olib
borishda bizga tiniqligi pastroq boʻlgan ma’lumotlar zarur boʻladi. Masalan, Google


Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori boʻlgan ma’lumot turiga kiritishimiz
mumkin, chunki bunda tiniqlik oʻlchami 1 metrgacha borishi mumkin. Bu esa 1 m2
joyni koʻrishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi ma’lumotlarda tiniqlik
oʻlchami 250 metr boʻladi. Ammo 1 metrli tiniqlikdagi ma’lumotni oladigan
boʻlsak, unda bizga kompyuter xotirasidan katta joy va uni qayta ishlash jarayonida
koʻp vaqt talab etiladi (har bir katakchaga soʻrov amalga oshiriladi) hamda bu', oʻz
navbatida, resurs va vaqt taqchilligiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, bizga
faqatgina regional masshtabdagi (masalan, Markaziy Osiyo) tahliliy ma’lumotlar
zarur boʻladi. Shunday holatlarda tiniqligi past boʻlgan (250 m, 1 km) ma’lumotlar
bilan ishlash bizga qulay boʻladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling