Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Vektorlash. Vektor model koordinatali geometriya yordamida aniqlanadigan
alohida nuqtalar, chiziqlar va maydonlardan tashkil topgan. Vektorlar bu grafik
obyektlar hisoblanadi va aniq yoʻnalish, uzunlik hamda shakl boʻladi. Vektor
formatdagi shakllarning eng sodda koʻrinishi sifatida koordinataga ega boʻlgan ikki
(boshi va oxirgi) nuqtadan tashkil topgan chiziqni olishimiz mumkin. Agar ushbu
chiziqlar bir nechta boʻlib, ketma-ket joylashgan uzilmas chiziqlar toʻplamidan
iborat boʻlsa, unda bu shakl barchamizga ma’lum boʻlgan poligon koʻrinishda
boʻladi. Bunda shaklni tashkil qiluvchi birinchi va oxirgi nuqtalar bir-biriga tengdir,
ya’ni bu ikki nuqta bir-biriga oʻzaro ustma-ust tushadi.


GEOFAZOVIY TAHLIL
Geofazoviy ma’lumotlar tahlili
GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri
boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining
joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar
jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy
tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy
ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik
suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi
mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka,
geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida
olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay
yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu
ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa,
oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va
umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model
natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan
raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy
tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish
kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham
geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil
qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish
va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun
ham geofazoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan mantiqiy model tahlillariga
boʻlinadi.
Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining
mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillardan biridir.
Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsa-da, tahliliy


ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil
natijalari keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib, foydalanuvchiga
yetkaziladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling