Xona xizmati


Rejalashtirishning natijasi turistlik tasavvurning grafigi


Download 365.82 Kb.
bet3/9
Sana13.04.2023
Hajmi365.82 Kb.
#1355593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Usmonov Javlon ATT 71

Rejalashtirishning natijasi turistlik tasavvurning grafigi


1.2 Mehmonxona xizmatlari sifati va uni boshqarish
«Xizmatning sifati – xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta‘minlovchi xususiyatlari majmui».
Xizmatning muayyan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta‘minlovchi eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

Ishonarlilik deganda xodimlarning va‘da qilingan xizmatni aniq ko’rsatish qobiliyati tushuniladi. Sifatli xizmat ko’rsatish dasturini ishlab chiqish ishonarlilikni ta‘minlashdan boshlanishi lozim. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar kasbiy layoqati darajasining yuqoriligi ishonarlilikni ta‘minlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xodimlarning layoqatsizligi natijasida mehmonxona obro’siga etgan puturni mehmonxona binosini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashga sarflangan katta xarajatlar ham, mijozga do’stona va xushmuomala munosabat ham silliqlay olmaydi.
Ishonchlilik – xodimlarning o’ziga nisbatan ishonch uyg’ota olish qobiliyati. O’zaro ishonch munosabatlari yuzaga kelishi uchun iste‘molchilar ko’proq ishonadigan tashqi belgilarga e‘tibor berish juda muhimdir. Mehmonxona holli, nomerlari, restoranining yaxshi tashkil etilgan intereri, xonalar, yo’laklarning tozaligi, seriltifot xizmatchilarning orasta ko’rinishi – bularning barchasi xizmat ko’rsatish sifatining tashqi mezonlari bo’lib, mijozlar muayyan korxonada hamma narsa joyidaligi va unga ishonish mumkinligi haqida shularga qarab xulosa chiqaradi.
Seriltifotlik – mijozga alohida e‘tibor berish va unga individual xizmat ko’rsatish. Har bir mijozning o’z muayyan ehtiyojlari bo’ladi. Mijoz korxonaga sodiq qolishini ta‘minlash uchun xizmatlar ko’rsatish chog’ida muayyan mijoz korxona uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi, uning individual ehtiyojlari hisobga olinishini ko’rsatish lozim.
Tezkorlik – xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan aloqa bog’lashning osonligi. Misol uchun, agar mehmon nomerga choparni chaqirgan bo’lsa, u bir necha soat ichida emas, balki sanoqli daqiqalarda etib kelishi lozim.

Download 365.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling