Xona xizmati


Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba


Download 365.82 Kb.
bet8/9
Sana13.04.2023
Hajmi365.82 Kb.
#1355593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Usmonov Javlon ATT 71

Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba.
Turistik mehmonxonalarning nomer fondida 2 kishilik xonalarga bo’lgan talab o’sib bormoqda, uning umumiy nomerlari nomerlar sonining 80 - 90 % ini tashkil qiladi. Nomerning ichki tashkil etilishi hordiqning aniq shakliga ko’ra aniqlanadi. Masalan, kurort mehmonxonalarida uxlash joyi yoki dam olish zonasining nafaqat nomerda, balki balkon, lodjiya va ayvonda ham tashkil qilinishi harakterlidir. Oilaviy horgiq mehmonxonalarida esa nomerda dazmollash, quritish moslamalari va kichiq oshxona ham bo’lishi talab qilinadi.
Turistik mehmonxonalardagi nomerlar mehmon kutish va kunduzi muloqot joyi shaklida ham bo’ladi. Nomer kichkina bo’lsa, mebel va yotoq o’rnini kichraytirish mumkin bo’lgan jihozlar egallaydi. Kurort mehmonxonalari tarkibida profilaktik davolanish va cho’milish uchun havza (basseyn) barpo qilinadi. Oilaviy hordiq mehmonxonalarida esa bolalar cho’milish havzalari va bolalar jihozlarining bo’lishi talab etiladi
Xalqaro turizmni tashkil etishda turistik mehmonxonalar yoki turli me‘yordagi mehmonxonalar alohida ahamiyatga ega. Har bir mamlakatda ularning nomlanishi turlicha bo’lishi mumkin, lekin maqsadi bir. Turistik mehmonxona - jihozlangan uy (yoki boshqa xona) bo’lib, turistlarga marshrut dasturiga muvofiq har tomonlama (kompleks) xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan (joylashtirish, yashash, ma‘lumot va maishiy xizmat, ko’ngilli hordiq va boshqalar). U turistik majmua tarkibiga kirishi yoki alohida korxona sifatida ishlashi mumkin. Turistik mehmonxonalar, qoidaga ko’ra, turli marshrutdagi va barcha ijtimoiy guruhlarni qabul qilishga mo’ljallangan.
Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi
Dunyodagi eng yirik otel Tailandning Pataya shahrida joylashgan ―Ambassador City Jomitiendir. U 5100 nomerli bo’lib, 40 gektar atrofidagi maydonni egallaydi. 20 ta eng yirik otellarning 13 tasi Las-Vegasda joylashgan. Zamonaviy Las-Vegas alohida yirikligi bilan farqlanadi. Yaqindagina eng yirik deb hisoblangan (masalan, 1515 o’rinli ―Caesuras Palace) bugun 20 ta eng yirik otellar ro’yxatiga ham kirmay qoldi.
AQSH tajribasi. Mehmonxona biznesini tashkil etishda AQSHdagi havo yo’llari xususiy sektor bo’lib, ularning uchtasi jahondagi eng yirik avialiniyalar hisoblanadi. Turistlarni tashish bilan shug’ullanadigan temir yo’llar davlatga tegishli bo’lib, jahon mamlakatlaridagi bugungi kun yutuqlarining barchasi shular tufayli boshlangan.

Download 365.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling