Xona xizmati


II. Mehmonxona xo’jaligini boshqarish tizimida axborot texnologiyalari


Download 365.82 Kb.
bet5/9
Sana13.04.2023
Hajmi365.82 Kb.
#1355593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Usmonov Javlon ATT 71

II. Mehmonxona xo’jaligini boshqarish tizimida axborot texnologiyalari.
Mehmonxonalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari nomerlarni rezervlash, doimiy mijozlar, mehmonlarning talablari va ular to’lashi lozim bo’lgan haq haqidagi ma‘lumotlarni kiritish, saqlash va zarur holda tez qidirib topishga yordam beradi. Muayyan sanada tashrif buyurgan mehmonlar ro’yxatini kompyuter xotirasidan topish hech qanday muammo tug’dirmaydi. Rezervlash stoli fayllari avtomatlashtirilgan axborot tizimining muhim tarkibiy qismi bo’lib, ular ushbu ish uchun mas‘ul bo’lgan ma‘mur (administrator) yordamchisiga bronlashtirilmagan nomerlar miqdori va ularning tafsilotlari: xonalari soni, derazadan ochiladigan manzara, narxi haqida axborot olish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi mehmonxona faoliyatiga joriy etilgunga qadar rezervlash bilan shug’ullanuvchi xodim bunday axborotni yig’ishi va undan foydalanishi ancha og’ir ish bo’lib, juda ko’p vaqtni olar edi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kompyuter dasturlari to’plamidan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish ofislari va yordamchi bo’limlar ishi uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan axborotni yig’ish va undan foydalanish mumkin. Bu to’plam tarkibida to’rt dastur ayniqsa muhimdir, chunki ular ma‘murlarni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kerakli axborot bilan ta‘minlaydi:

Boshqaruvda axborot xavfsizligini ta’minlash
Firma kompyuter tizimlarini axborot xavfsizligini xavfini amalga oshishi juda murakkab va xavfli oqibatlar bilan bog’langan bo’ladi.
Ularga quyidagilar tegishlidir:
Fizik butunlikni buzish – axborot sifatini buzishga yoki uni to’liq yo’q qilishga yo’naltirilgan, ayniqsa axborotni uzatish tizimlarida va telekommunikatsiyalarning kompyuter tarmoqlarida;
Ruxsat etilmagan o’zgartirish – shu bilan tavsiflikni, u turli xil hujjatlarda, hisobotlarda va ma‘lumotlar bazalarida berilganlarni qalbakilashishiga yoki halaqitlarga uchrashiga olib kelishi mumkin;
Ruxsat etilmagan olish – maxfiy axborotni bevosita kompyuter tizimlaridan va tarmoqlaridan ularga ulanish yo’li bilan o’g’rilash, yoki axborot tashuvchilarni va x.k. o’g’rilash bilan tavsiflidir;
Ruxsat etilmagan ko’paytirish – dasturlarni va berilganlarni nushalashga yo’naltirgan. Shunga o’xshash xavflardan va ularning oqibatlarini himoyalanish uchun oldindan ularni amalga oshirish yo’llarini topib olish kerak va keyin esa axborotni himoya qilishni mos tizimini ishga tushirish kerak.
Quyidagi jadvalda kompyuter tizimlari va tarmoqlarini xavfsizligi xavflarini, ularni tashkil etuvchilariga ta‘sir etilganda, amalga oshirishni asosiy yo’llari ko’rsatilgan.



Download 365.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling