Xona xizmati


I. Mehmonxona xo’jaligini boshqarish


Download 365.82 Kb.
bet2/9
Sana13.04.2023
Hajmi365.82 Kb.
#1355593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Usmonov Javlon ATT 71

I. Mehmonxona xo’jaligini boshqarish
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro ta‘sirning murakkab majmuasini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarish.
Menejment sohasining muhim yo’nalishlaridan biri - mehmonxona xo’jaligi menejmentida samarali tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi ko’zga tashlanadi. Shu sababli ham, O’zbekiston Respublikasi hukumati sohasi rivojlantirishga katta ahamiyat berib mehmonxonalarda mehmonlarga mehmonxona xizmatlarini ko’rsatish turlarini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Bu borada respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko’rsatish turlarini tizimli o’rganish.
Bugungi kunda mehmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimi hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va ―nou-xaular ta‘sir ko’rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog’liq ravishda shakllanmoqda.
Mehmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularga yangi informatsion texnologiyalarni o’rgatish, shuningdek chipta sotish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xo’jaligi korxonalari menejmentining yo’nalishlari: turistlarni joylashtirish masalalari, mehnat jarayonlari boshqarish, tashkiliy-boshqaruv tuzilmani takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish, shuningdek, biznesning samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosatiga alohida e‘tibor qaratiladi.

1.1 Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi
Rejalashtirish menejarlar o’z ishida qo’llashi mumkin bo’lgan barcha usullar, taktika va chora-tadbirlardan foydalanishni taqozo etadi. Rejalashtirish ko’rinishlari an‘anaviy usullar ya‘ni budjet usuli, modellashtirish usuli, rejaning har bir bo’limini o’yinlar nazariyasi va ssenariyni loyihalashtirish asosida ishlab chiqish usuli kabilar natijasida doimo o’zgarib turadi.
Bunday texnikadan foydalanish rejalashtirishdagi noaniqliklarni kamaytiradi, istiqbolning to’g’riligini tasdiqlaydi, menejerlarga rejaga tasir qiluvchi omillarni aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi.
Rejalashtirishda qo’llaniladigan vositalarning bir qancha keng tarqalgan turi bu budjet usulidir. Uning yordamida naqd pullar, kapital va boshqa resurslarning oqib kelishi va chiqib ketishini yaqqol tasavvur qilish mumkin.


Download 365.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling